просмотров
1. Yostiq jildi
Agar tongda sochlaringiz ajoyib ko’rinishda bo’lishi, chigallashib ketmasligini istasangiz, yostiq jildi sifatida shoyi yoki satin matolarini tanlang. Ular soch tolalaridagi namlikni o’ziga tortib olmaydi, shu sababli ham zulfingizni chigal qilib yubormaydi.
2. Baland turmak
Agar tez fursat ichida chiroyli turmak yaratmoqchi bo’lsangiz, nam sochlarni boshning yuqori qismiga yig’ing. Buni yumshoq rezinka yordamida amalga oshirgan ma’qul. Ushbu ko’rinishda uhlagandan keyin sochlaringiz aynan shu shaklni olib quriydi va tongda chingalak sochlar bilan uyg’onasiz.
3. Shpilkadan foydalaning
Mayda jingalak sochlarning shaydosi bo’lsangiz kimyoviy chingalakdan ajoyibroq usul bor. Uyqu oldidan tolalarga maxsus losyon surting. Keyin ularni ingicha tolalarga bo’lib chiqqancha, har birini shpilka atrofiga o’rang.
4. Ro’mol o’rab oling
Agar sochlaringizning haddan tashqari hajmdor ekanligi sizga ma’qul bo’lmasa, tunda ularni ployka bilan turmaklab, shoyi ro’mol o’rab oling. Tongda esa sochlaringiz mayin va yumshoq tusga kiradi.
5. Antiqa turmak
Sochlarga biror yog’dan surtib, ularni ikkita tomonga yig’ing. Tongda esa hosil bo’lgan jingalaklar ustidan lak sepib olasiz.
6. Qattiq aksessuarlardan voz keching
Qattiq bigudilar o’rniga oddiy mato bo’lagidan foydalanib ko’ring. Buning uchun sochlarni 5 sm qalinligidagi tolalarga bo’lib olgach, har birini mato bilan o’rab chiqasiz va ipning uchlarini tugib qo’yasiz.
7. Jgut
Sochlaringiz tartibli bo’lishini istasangiz, ularni jgut holiga keltirib, keyin uhlashga yoting.
Сообщения из Facebook