TOP 25: Dunyodagi eng keng tarqalgan familiyalar
TOP 25: Dunyodagi eng keng tarqalgan familiyalar
Ko'pchilik, ehtimol AQSh va boshqa ingliz tilida so'zlashadigan mamlakatlarda eng keng tarqalgan familiya Smit ekanligini allaqachon biladi. Ammo Ispaniyada qaysi familiya yetakchi ekanligini bilasizmi? Xitoydachi?

25. Smit

Ushbu familiya kelib chiqishi britan bo'lib, asta-sekin boshqa ko'plab ingliz tilida so'zlashadigan mamlakatlarga tarqaldi. AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya,Shotlandiya, Avstraliya va Yangi Zelandiyada eng keng tarqalgan familiya sanaladi.

24. Garsiya

Garsiya -Ispaniyada eng keng tarqalgan familiya, Kubada ikkinchi o’rinda eng mashhur va Meksikada uchinchi o'rinda. Ispanlarning ommaviy immigratsiyasi tufayli u Qo'shma Shtatlarda juda ko'p ishlatilgan familiya bo'lib, hozirgi kunda Shtatlarda eng ko'p tarqalgan sakkizinchi o'rindagi familiyadir.

23. Martin

Fransiyada ushbu familiya deyarli 235 ming kishida, shuning uchun uni bu yerda tez-tez ushbu familiyaga duch kelishingiz mumkin. Aslida, bu Martinus lotin familiyasining qisqartirilgan shakli. Bundan tashqari, Martin boshqa ko'plab mamlakatlarda ham keng tarqalgan ismdir. 

22. Rossi

Rossi Italiyada eng keng tarqalgan familiya. Diaspora tufayli, bu Argentina,Avstraliya, Avstriya, Braziliya, Kanada, Chili, Fransiya, Meksika, Peru, AQSh va Urugvay kabi boshqa mamlakatlarda ham keng tarqalgan.

21. Novak

"Yangi odam", "yangi kelgan" yoki "begona" degan ma'noni anglatuvchi ushbu familiya slavyan xalqlari guruhida tez-tez uchraydi (ham ism, ham familiya sifatida). U Chexiya, Polsha va Sloveniyada eng yuqori pog'onada, shuningdek Xorvatiya, Serbiya va Ruminiyada ham keng tarqalgan.

20. Fernandes

"Fernandoning o'g'li" degani. Bu juda keng tarqalgan ispan familiyasi. Bu eng mashhur ismlar bo’yicha Argentinada to'rtinchi, Ispaniyada sakkizinchi, Paragvayda o'ninchi va Meksikada 13-o'rinda turadi.

19. Smirnov

Smirnov yoki Smirnova - Rossiyada eng keng tarqalgan familiya. Bu "tinch",”bosiq”, "yumshoq" degan ma'noni anglatadi.

18. Silva

Braziliya aholisining deyarli 10% ushbu familiyani olib yuradi. Lotin tilidagi "silva" so'zidan olingan bo'lib, o'rmon degan ma'noni anglatadi va shuningdek Portugaliya, Afrika, Osiyodagi mintaqalarida, shu jumladan Hindiston hamda Shri-Lankada ham mashhurdir.

17. Muhammad

Ushbu familiya birinchi navbatda Islom dinining payg'ambari bilan bog'liq. Familiya va ism sifatida Muhammad musulmon dunyosidagi boshqa barcha familiyalarga qaraganda keng tarqalgan.

16. Kumar

Kumar familiyasining kelib chiqishi Induizmning Hindistondagi eng qadimgi kelib chiqishi bilan izohlanishi mumkin. Bu Hindistonda eng mashhur va dunyoda eng keng tarqalgan sakkizinchi o'rindagi familiyadir.

15. Gonsales

Ko'pincha Lotin Amerikasida tez-tez uchraydigan juda mashhur ispan familiyasi. Bu Ispaniyada ikkinchi, Argentina, Chili, Meksika, Paragvay va Venesuelada eng tez-tez uchraydigan beshta familiyadan biridir.

14. Myuller

Ushbu nemischa so'z tegirmonchi degan ma'noni anglatadi. Germaniyada eng keng tarqalgan familiya. Myuller shuningdek, Avstriyada eng ko'p tarqalgan familiyalar orasida beshinchi o'rinni egallaydi.

13. Koen

Yaxudiy so'z "ruhoniy" degan ma'noni anglatadi. Va, albatta, bu familiya Isroilda juda keng tarqalgan. Ko'plab yahudiylar bo'lgan mamlakatlarda ham tez-tez uchraydi.

12. Nguen

Bu Vetnamdagi eng keng tarqalgan familiya bo'lib, u yerda aholining deyarli 40 foizi ushbu familiyada yuradi. 

11. Xon

Bu mo'g'ul kelib chiqishi familiyasi va unvoni, shu bilan birga Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarida, asosan musulmonlar orasida eng keng tarqalgan familiyadir. Ko'pincha Xon familiyasini Pokiston, Afg'oniston, Ummon, Turkiya va boshqa ba'zi mamlakatlarda topish mumkin.

10. Rodrigez

Ispaniya, Lotin Amerikasi va AQShda keng tarqalgan Rodriges familiyasi "Rodrigoning o'g'li" degan ma'noni anglatadi. Ko'pincha u Kolumbiyda, keyin Argentinada uchraydi va Braziliyada to'qqizinchi o'rinda turadi.

9. Vong

Xitoyda ushbu familiya mashhurligi bo'yicha Li va Tsang singari tez-tez uchraydigan familiyalardan yetakchi tarzda 100 millionga yaqin fuqarolarga tegishli.

8. Anderson

"Andersning o'g'li" degan otaning ismidan kelib chiqqan holda, bu familiya Britaniya orollari va Skandinaviya mamlakatlari o'rtasidagi mintaqaga xosdir. Bu Shvetsiyadagi eng mashhur, Norvegiya va Daniyada juda yaxshi tanish bo'lgan familiyadir.

7. Yilmaz

"Yengilmas" yoki "jasur" deb tarjima qilinadi. Ba'zan bu familiya, ba'zan esa ism shaklida bo’ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, u Turkiyada eng keng tarqalgan ismlardan biri. Ushbu mamlakatda odamlar 1934 yilgacha maxsus familiya qonuni joriy qilinishidan oldin familiyalarga ega emas edilar. Turkiyada Kaya, Demir yoki Sahin kabi familiyalar ham juda mashhur, ammo ular Yilmazdan o'zib ketolmaydi.

6. Traor

Bu familiya G'arbiy Afrikaning bir qator mamlakatlarida, masalan, Mali, Senegal va Gvineyada keng tarqalgan. Xuddi shu mintaqadagi ingliz tilida so'zlashadigan mamlakatlarda ushbu familiya ko'pincha "Trauolli" deb talaffuz qilinadi.

5. Ivanov

Bu Belorussiyada eng mashhur familiya, shuningdek, Rossiya va Bolgariyada juda keng tarqalgan. Ivan ismidan kelib chiqqan.

4. Ahmad

Musulmon mamlakatlarida, xususan Misr, Sudan, Suriya va Bangladeshda keng tarqalgan juda mashhur arabcha ism.

3. Lopes

Lotin lupusidan (bo'ri) olingan, Lopez juda mashhur ispan familiyasi. Ba'zi mamlakatlarda analoglari mavjud. Shunday qilib, Portugaliyada bu Lopes, Italiyada- Lupo, Fransiyada - Lup va Ruminiyada - Lupu yoki Lupesku. Bu nafaqat Lotin Amerikasida juda mashhur, balki Buyuk Britaniyada yashovchi ispanlar orasida keng tarqalgan familiya hamdir.

2. Kim

Koreya yarim orolidagi (Shimoliy va Janubiy Koreyada) eng mashhur familiyalardan biri Kim aholining deyarli 22 foizining pasportlarida qayd etilgan. Kim "metall", "temir", "oltin" deb tarjima qilinadi.

1.Papadopulos

Yunonlar ko'pincha ushbu familiyada bo’lishadi. AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Skandinaviyadagi yunon diasporalarining vakillari ko'p hollarda aynan shu familiya bilan tanilgan. Ulardan tashqari, kiprliklar ham ko'pincha Papadopulus familiyasiga ega bo’lishadi. Ushbu ism "ruhoniyning o'g'li" deb tarjima qilinadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook