Turli mamlakatlarda namoyishi taqiqlangan multfilmlar
Turli mamlakatlarda namoyishi taqiqlangan multfilmlar
Multfilmlarni bolalar va kattalar birdek yaxshi ko’radilar. Ularning ko’pi bizga bolalik chog’lamizdan qadrli bo’lib kelgan. Biroq ba’zi mashhur multfilmlar namoyishi ko’pgina mamlakarlarda taqiqqa uchragan ekan. Nima sababdan bunday bo’lganligini ushbu maqoladan bilib olishingiz mumkin.

15. Vinni-Pux

15. Vinni-Pux

Taqiqlangan mamlakat: Xitoy; 

Sababi: bosh qahramonning mamlakat rahbariga o’xshashligi; 

Ko’rilgan chora: multfilm va multserialning mamlakatdagi namoyishi taqiqlangan.

Hammasi internetdagi hazil memlardan boshlandi, unga ko’ra, multfilmdagi Vinni ayiqchasini Xitoy prezidenti Si Tzinpinga o’xshatishgan. Ushbu yoqimtoy asalxo’r ayiqcha uning fotosuratiga juda o’xshab ketishini internetdagi xitoylik foydalanuvchilarning o’zlari ham aytib o’tganlar. Ularning hattoki fe’l-atvorlari ham o’xshash, deya ta'kidlaganlar.

14.Peppa cho’chqachasi

14.Peppa cho’chqachasi

Taqiqlangan mamlakat: Avstraliya; 

Sababi: xavfli hasharotlar bilan do’stlashishga chorlaydi; 

Ko’rilgan choralar: mamlakatdagi namoyishi taqiqlangan.

Bolajonlarning ushbu sevimli multfilmining seriyalaridan birida cho’chqachalar oilasining yangi a’zosi sifatida Ingichka Oyoq o’rgimchakning paydo bo’lishi bilan uning Avstraliyadagi namoyishi toxtatildi. Boshqa mamlakatdagi tomoshabinlar uchun bu seriya odamlar va hasharotlar o’rtasidagi do’stlikni targ’ib qilgan. Biroq sayyoramizning eng janubiy hududi bo’lmish Avstraliya qit’asida 10 000 dan ortiq o’rgimchaklar turi bo’lib, ularning orasida zaxarlilari ham talaygina. Shuning uchun ham avstraliyaliklar bu sakkizoyoqli hasharotlar bilan iliq munosabatlarga qarshilar.

13.Pokemon

13.Pokemon

Taqiqlangan mamlakatlar: Yaponiya,Turkiya, Arab davlatlari; 

Sababi: bolalar sog’lig’iga zarar yetishi; 

Ko’rilgan choralar: seriyaning efirda taqiqlanishi.

Ushbu bolalar animesining seriyalaridan birida mualliflar portlashni noodatiy tarzda namoyish etdilar: qizil va ko’k ranglarning taxminan 12 Gts chastota bilan ekrandagi lipilladi. Shundan keyin mamlakatlarning turli burchaklaridagi kichkintoylar ota-onalariga ahvollari yomonlashayotganligi haqida shikoyat qilganlar, ba’zi hollarda bolalarda qisman ko’rish qobiliyati yomonlashgan, xushidan ketish va tutqanoq holatlari kuzatilgan. 600 dan ortiq bolalar kasalxonalarga tushganlar. Animening ushbu seriyasi efirdan olib tashlangan va unga “Pokemon”dan karaxtlik” nomi berilgan.

12.Spanch Bob

12.Spanch Bob

Taqiqlangan mamlakatlar: AQSH, Rossiya, Yevropa, Avstraliya, keyinchalik miltfilmning qisman namoyishi 120 dan ortiq mamlakatlarda taqiqlangan. 

Sabablari: zo’ravonlik va so’kinish.                   

Ko’rilgan choralar: ko’pgina mamlakatlarda namoyishi taqiqlangan, o’z joniga qasd qiladigan seriyasi efirdan olib  tashlangan. 

Aslida multfilmlar ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, shaxsning ijobiy tomonlarini targ’ib qilishi kerak. Bikini-Bottomda har bir qahramon shaxsiy salbiy xususiyatga ega. Buning ustiga personajlar qilgan ishlari, o’y-hayollari va hatti-harakatlari uchun javobgarlikni his qilmaydilar: ko’ngilga kelgan ishni qilaveradilar. Ko’pgina mamlakatlar kelajak avvlodlarini bunday ahloqsiz bo’lishini xohlamasa kerak, albatta. 

11.Samodagi mo’jizalar

11.Samodagi mo’jizalar

Taqiqlangan mamlakat: Avvaliga AQSH va Yaponiya, keyinchalik butun dunyoda. 

Sababi: qonunlar haqida noto’g’ri tasavvur, Osiyo mamlakatlari haqida bir xil stepeotipdagi tafakkur.                                

Ko’rilgan choralar: seriyaning butun dunyo bo’ylab taqiqlanishi, 2- qism Yaponiyada taqiqlangan va AQS hududida vaqtinchalik to’xtatilgan.

Baxs va munozaralarga sabab bo’lgan hamda vaqtinchalik efirdan olib tashlangan 2-qism “Gorizont ortidagi shahar”, deb nomlanardi. Syujet bo’yicha, jangovar pandalar keyingi hujumni uyushtirish uchun berkitilgan maxfiy shaharni topish maqsadida Baludan foydalanadilar. Ko’pchilik bu yerda ba’zi real hayotiy voqealar bilan o’xshashlikni topganlar.

10. Tom va Jerri

10. Tom va Jerri

Taqiqlangan mamalakat: butun dunyo.

Sababi: chekish, alkogol va zararli moddalarni iste’mol qilish, zo'ravonlik.

Ko'rilgan choralar: ba'zi epizodlarni qisman taqiqlash, sahnalarni o'chirish, qahramonlarni almashtirish.

Yarim asrlik translyatsiya davomida haqoratli deb hisoblangan ko'plab sahnalar kesib olib tashlandi, qayta ovoz berildi yoki butunlay efirdan olib tashlandi, chunki ularda Amerikaning 40-yillarga xos hayoti namoyish etilar edi.

Ammo, ko'pchilikning fikriga ko'ra, multfilmning asosiy muammosi – jazosiz zo'ravonlik. Agar vaqti-vaqti bilan mushuk Tom o'zining qilgan ishlari uchun jazosini olsa, Jerri mushukni to’xtovsiz xo’rlayveradi va bu narsa tomoshabinlar tomonidan qoralanmaydi, chunki u dastlab ijobiy qahramon, deb hisoblanadi.

9.Simpsonlar

9.Simpsonlar

Taqiqlangan mamlakat: avval AQSh, Braziliya, keyinchalik dunyoning qolgan qismi.

Sababi: zo'ravonlik, oilaviy qadriyatlarga putur yetkazish, bezorilik, jamoat arboblari va mamlakatlarni haqorat qilish.

Ko'rilgan choralar: bir necha epizodlar turli mamlakatlarda efirdan olib tashlangan.

AQSH da ushbu provokatsion multserial bobida turli xil baxslar mavjud, uning negizidagi voqealar oilaviy qadriyarlarning parchalanishi hamda bolalardagi noto’g’ri hatti-harakatlarni oqlashga targ’ib qiladi.

Rio Turizm Departamenti bitta epizodni juda haqoratli deb topdi va mualliflarni sud bilan qo'rqitdi. Syujetga ko'ra, qahramonlar Braziliya shaharlaridan biriga tushadilar, u maymunlar sakrab o'tayotgan o'rmon shaklida tasvirlangan. Ushbu seriya Braziliyada namoyish etilmagan.

Fikr bildirish erkinligiga chanqoq bo'lishiga qaramay, serial mualliflari alohida mamlakatlardagi an’ana va odatlarining hurmatini joyiga qo’yganlar. Masalan, BAAdagi efirda Gomer pivo ichmaydi va bekon yemaydi. Vatikan animatsion seriyani "haqiqiy va aqlli" deb tan oladi, buning yordamida kattalar yana multfilmlarni tomosha qilishlari mumkin.

8. Bivis va Battxed

8. Bivis va Battxed

Taqiqlangan mamlakat: butun dunyo.

Sababi: bezorilik, multfilm ta’sirida sog'liqqa og'ir shikast yetkazish.

Ko'rilgan choralar: Seriya butun dunyoda taqiqlangan.

Ushbu animatsion seriya unchalik foydali emas edi, ammo seriyalardan birining salbiy ta'sirining oqibatida ko'p yomon hodisalar ro'y berdi. "Komediyachilar" deb nomlangan epizodda ular olov bilan o'yin-kulgu qilishadi. Bu AQShda 5 yoshli bolaga ta'sir qildi: qahramonlarning maroqlarini takrorlashga uringanda, bola uyini singlisi bilan qo'shib yondirib yubordi.

7. Luni Tunz

7. Luni Tunz

Taqiqlangan mamlakat: butun dunyo.  

Sababi: alkogol istemol qilish.

Ko'rilgan choralar: ijodkorlar tomonidan efirdan olingan.

Gap allaqachon taniqli "One Beer" seriyasi haqida. Ushbu epizod qahramonlari ota-onalar muzlatgichidan bir shisha pivoni o'g'irlash va bo'shatish niyatida. Bu seriya orqali mualliflar kichkina bolalarga nimalarni o’rgatmoqchi bo’lganlari noma’limligicha qolmoqda. Biroq, seriyani namoyish qilish taqiqlangan, ammo DVD-da saqlanib qolingan.

6. Gravity Falls

6. Gravity Falls

Taqiqlangan mamlakat: Rossiya.

Sababi: yomon odatlarni targ'ib qilish, zo'ravonlik.

Ko'rilgan choralar: odobsiz sahnalarni olib tashlash, so'z va gaplarni qisman almashtirish.

Multfilmni Rossiya televizorlari ekranlarida ko'rish mumkin, ammo u to'liq ko'rinishda emas. Hazillarning darajasi kamaygan, sahnalar kesilgan va yosh chegarasi 12+ ga ko’tarilgan. Shunday qilib, masalan, 2-qismda, Dipper tasodifan Vendining ich kiymini bosib oladi (15 yoshli qahramon). Ushbu parcha tomoshabinlar uchun noto'g'ri, deb tan olindi. Ammo uning olib tashlanishi syujetga ta'sir ko'rsatmadi.

5. Lolo sarguzashtlari

5. Lolo sarguzashtlari

Taqiqlangan mamlakat: AQSh

Sababi: personajlar va syujet tomoshabin mentalitetiga nomuvofiqligi.

Ko'rilgan choralar: sahnalarni yo'q qilish, xarakter reaktsiyalarini almashtirish, qisman replikalarni almashtirish, syujetni o'zgartirish.

Ko'pchilik uchun sevimli bo'lgan multfilm Amerika tomoshabinlari uchun ham mavjud. Faqat ba’zi muhim o'zgartirishlar bilan. To'liq uchta seriyadan amerikalik animatorlar juda mantiqsiz syujetli bitta multfilmni yig'ishdi.

Multfilmdan barcha yoqimsiz va qayg'uli lahzalar o'chirildi, hatto Lolo otasining o'limi ham, bu xarakterning o'ziga xos xususiyatini aks ettirar edi, lekin multiplikatorlar olib tashlashga qaror qilishdi. Pingvin o'qituvchisi o'zining "sinfi" oldida yiqilib tushgan sahnada talabalarning xotirjam munosabati kulgiga o'zgartirildi.

4. Donald Duck ishtirokidagi multfilmlar

4. Donald Duck ishtirokidagi multfilmlar

Taqiqlangan mamlakat: Finlandiya

Sababi: soxta qadriyatlarni targ'ib qilish.

Ko'rilgan choralar: O'rdak ishtrok etgan barcha multfilmlarni mamlakatda namoyish qilish taqiqlangan.

O'tgan asrning 70-yillarida Finlyandiya do'konlaridan kulgili Disney o'rdagi haqidagi komiks g'oyib bo'ldi – buning sababi Donaldning ishton kiyishdan bosh tortgani. Xelsinki Yoshlar ishlari bo'yicha qo'mitasi bu multfilmlar oilaviy qadriyatlarni buzadi, axloqqa tahdid soladi va pulga nosog'lom istakni targ'ib qiladi, deb hisoblaydi.

3.Bremenlik musiqachilar

3.Bremenlik musiqachilar

Taqiqlangan mamlakat: Rossiya

Sababi: daydilikning targ’iboti

Ko’rilgan choralar: 6:00 dan 23:00 gacha bo’lgan vaqt davomida namoyishi taqiqlangan.

Multfilmni butkul efirdan olib tashlashni hech kim rejalashtirmagan,albatta. Hattoki eng kuchli baxs va munozaralar, tekshiruv va ekspertizalardan keyin ham. Kattalar bu myuzikldagi qo’shiqdagi birgina qarama-qarshilikka e’tibor berdilar: “Bizning boshpanamiz – moviy osmon”. Ularning fikricha, bu jumlalar yoshlarni daydi hayot tarziga targ’ib qiladi. Ko’pgina ruhshunos va ekspertlarning ta’kidlashlaricha, kichkintoylarning ruhiyati bunday xulosa chiqarmaydi.

2.Cheburashka

2.Cheburashka

Taqiqlangan mamlakat: Rossiya

Sababi: daydilikka, chekishga va bezorilikka targ’ibot.

Ko’rilgan choralar: soat 6:00 dan 23:00 gacha davr mobaynida namoyishi taqiqlangan.

Hammaga sevimli bo’lgan Cheburashkaning boshiga ham yuqoridagi musiqachilarning qismati yozilgan ekan. Bir kechani telefon budkasida o’tkazgani uchun u tayinli turar joyi bo’lmagan shaxs, deb topildi. Ko’ngli ochiq timsohning ham trubka chekishi kichkintoylar uchun emas. Mualliflari Timsoh Genaning trubkasidan shunchaki sovun ko’piklari chiqayotganligini ta’kidlashlariga qaramay, multfilm namoyish vaqti bo’yicha taqiqqa uchragan.

1.Seni mi, shoshmaytur! (Nu, pogodi!)

1.Seni mi, shoshmaytur! (Nu, pogodi!)

Taqiqlangan mamlakat: Rossiya.

Sababi: chekish, spirtli ichimliklar ichish, bezorilikka targ’ibot.

Ko’rilgan choralar: soat 6:00 dan boshlab 23:00 gacha vaqt oralig’ida namoyishi taqiqlangan.

“Tom va Jerri” multfilmining analogi bo’lgan ushbu multfilm ham haddan tashqari zo’ravonlik, bezorilik, alkogol iste’molida ayblangan, ba’zi sinchkov ekspertlar esa ikki qahramon o’rtasida noodatiy munosabatlar borligini ham payqagan emishlar. 

Ushbu omillar bolaning ruhiyatiga salbiy ko’rsatishi sababli, multfilmni Rossiya telekanallarida faqatgina 23:00 dan keyingina ko’rish mumkin bo’ladi. Kunduz kuni esa mulrfilmning faqatgina salbiy sahnalari bo’lmagan qismlarigina namoyish etiladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook