просмотров
Dietolog shifokorlarning ta’kidlashlaricha, katta odam kuniga 1000 mg, qariyalar esa 1200 mg kaltsiy iste’mol qlishlari lozim.
Biroq iste’mol qilish bilan singish bitta narsa emas.Kaltsiyning metabolizmi boshqa nutrientlar ishtirokida sodir bo’ladi: oqsil hamda vitamin D. Bularsiz siz qancha kaltsiy qabul qilishingizdan qat’iy nazar, qabul bo’lmaydi.
Kaltsiy qanday o’zlashtiriladi
Kaltsiy ichaklarda singadi: hujayralarga tushadi, ular orqali o’tib, qonga tushadi. Bu ishda unga kaltsitrol – ya’ni vitamin D ning faol formasi yordam beradi. Kaltsitrolning faoliyati uchun esa oqsil zarur bo’ladi.Demak kaltsiyga ehtiyoji bo’lgan odam u bilan birga yetarli miqdorda oqsil iste’mol qilishi hamda quyoshda ko’proq yurishi yoki tarkibida vitamin D bo’lgan mahsulotlarni tanlashi lozim.
Ko’pchilik kaltsiy asosan tvorogda ko’p bo’ladi, deb o’ylashadi. Yo’q, bu noto’g’ri. Quyida tvorogdan ham ko’proq kaltsiyga boy mahsulotlar bilan tanishtirib o’tamiz.
1.Tuxum p’ochog’i
Bir dona tuxum po’chog’i 2 g kaltsiyga ega. Uning tarkibidagi oqsil sababli kaltsiy tanaga osongina singadi.
2.Parmezan va boshqa turdagi pishloqlar
Barcha sutli mahsulotlar ichida eng ko’p kaltsiyga ega– bu parmezan pishlog’idir. 100 gr mahsulotda 1184 mg kaltsiy mavjud – bu bir kunlik normadan ham ko’proqdir. Shu bilan birga u oqsil (38 gr) va vitamin D (0,95 mg) ga ham boy.
Boshqa pishlqlarda ham yetarli darajada kaltsiy bor. Shunday qilib, kuniga 100 gr pishloq yegan odam kaltsiyga bo’lgan ehtiyojini butunlay qondirar ekan.
3.Kunjut
O’simlik manbalari orasida kaltsiyga boy – bu kunjutdir. 100 gr don mahsulotida 975 mg Ca va 17,7 gr oqsil bor.
4.Sardina balig’i
Konservalangan sardinalar qiltanog’i bilan birga yeyiladi, shuning uchun u kaltsiyga boydir. 100 gr mahsulotda 382 mg Ca, 24,6 gr oqsil va 6,8 mg vitamin D bor. Sardinalar tarkibidagi Ca kunjutdagidan kam bo’lgani bilan, tarkibidagi vitamin D sababli tanaga yaxshiroq singadi.
5.Bodom
Bu mahsulot tarkibidagi fitin kislotasi Ca ning singishiga to’sqinlik qilisi mumkin, shuning uchun bodomni yeyishdan oldin ozgina suvda bo’ktirib olish lozim.
6. Sarimsoqpiyoz
Sarimsoqpiyoz Ca ga boy bo’lishdan tashqari yurakqon-tomir kasalliklarining oldini oladi, o’simtalarga qarshi kurashish hamda antimikrob xususiyatlarga ega, qondagi qand miqdorini me’yorlashtiradi.
7.Petrushka
Bu ko’kat Ca dan tashqari vitamin C ga ham boy. Ovqatlarda ko’proq ishlatish tavsiya etiladi.
8.Sut
Bu mahsulot tarkibida shuningdek laktoza bor, u kaltsiyning ichaklarda yaxshiroq so’rilishiga yordam beradi.
9.Funduk
Kaltsiyga boy bu yong’oqning 100 grammi 628 kkalga ega, shuning uchun uni ko’p yeyish tavsiya etilmaydi, agar semirib ketishni xohlamasangiz.
10.Soya
Kaltsiyga boy bu mahsulot ham uning so’rilishiga to’sqinlik qiluvchi fitin kislotasiga ega, shuning uchun uni iste’mol qilishdan oldin kechasi suvga bo’ktirib qo’yish zarur.
Сообщения из Facebook