просмотров
Leningrad qamali
Leningrad qamali paytida boshqa ko’plab hodisalardan farqli ravishda yirik ochlik, dahshatli epidemiyalar sodir bo’lmagan. Garchi shahardagi gigiena holati me’yor tushunchalaridan anchagina past, vodoprovod suvi, kanalizatsiya va isitish tizimi mutlaqo ishlamagan bo’lsa ham!
Texnikaning ta’mirlanishi
Kareliya fronti urush paytida harbiy texnika vositalari va qurollar mamlakat ortiga ta’mirlashishlari uchun jo’natilmagan yagona front hududi sanalgan. Ta’mirlash jarayoni maxsus qismlarda, shuningdek Kareliya va Murmansk oblasti korxonalarida olib borilgan.
"Barbarossa" rejasi
1941 yilning 4 iyul kunidayoq Gitler shunday degan : “Men hamisha o’zimni dushman o’rniga qo’yib ko’rishga harakat qilaman. U urushni deyarli bor berib bo’ldi”.
Kareliya fronti
Faqatgina mana shu frontda yuklarni tashish uchun bug’ular va itlar qo’shilgan arava kabi transport vositalaridan foydalanilgan.
Moskva uchun jang
“Sovet maxsus bo’linmasi”ning bobosi bo’lgan I. G. Starinovning hotirlashicha, Stalinning Moskva viloyatini qor sahrosiga aylantirish haqidagi buyrug’i bo’lgan. Dushman bu yerga kelib haqiqiy qahratonga duchor bo’lishi kerak edi. Ushbu matn millionlab nusxalaкda alohida partizan rayonlariga tarqatib chiqilgan. U yerda shunday deb yozilgandi: “Nemisni ayozga qarab hayda!”
Dunyo yetakchilari Stalingrad jangi haqida
Buyuk Britaniya qiroli Stalingrad fuqarolariga tuhfa qilichi yuborib, uning qin qismiga rus va ingliz tilida quyidagi so’zlarni o’yib yozdirgan:
“Stanlingradning po’lat kabi mustahkam fuqarolariga qirol Georg VI dan britan halqining chuqur tahsinlari belgisi sifatida”.
“Amerika Qo’shma Shtatlari nomidan Stalingrad shahriga ushbu yorliqni yorqin himoyachilarning mardligi, jasurlik kuchi va fidokorligi uchun tahsin aytib berar ekanmiz, 1942 yilning 13 sentyabridan 1943 yilning 31yanvar sanasigacha bo’lgan qamaldagi jonbozlik barcha ozod insonlar qalbini ilhomlantiradi. Ularning dongdor g’alabalari bosqin to’lqinlarini to’xtata oldi va agressiya kuchiga nisbatan millatlar uyushmasining inqilobiy urush punktiga aylandi. FranklinD. Ruzvelt. 17 may, 1944 yil. Vashington”.
Sapyor kuchuk Julbars
I. V. Stalinning shaxsiy buyrug’iga ko’ra uning kiteliga maxsus xizmatdagi sapyor kuchuk Julbars olib kelingan bo’lib, u 7 mingdan ortiq minava 150 ta snaryadni aniqlagan va urush tugaguniga qadar jarohatlangan. Qarib qolganjonivor Markaziy maktabga eltib qo’yilgan. U erda jonivorni juda qadrlagandar. G’alaba paradida esa minasizlantirish 37-batalon komandiri mayor Aleksandr Mazover shahdam qadamlar bilan kuchukni Oliy qo’mondon tribunasi yonidan ko’tarib olib o’tgan.
Piyoda askar ikkita ofitserni chopib tashlagan va 21 ta dushman askarini portlatgan
1941 yilning 13 iyulkuni Moldaviyaning Beltsy shahrida qurollarni o’z rotasiga yetkazish payti piyoda askar 389 o’qchilar polki, 176-o’qchilar diviziyasi, 9 janubiy frontarmiya jangchisi D. R. Ovcharenko tasodifan dushmanning 50 nafar askar va ofitserlaridan iborat guruhi bilan to’qnash kelib qoladi. Bunda dushman tomon uning vintovkasini olib ham qo’yadi.Ammo askar o’zini yo’qotmasdan boltani qo’liga olib ofitserni chopib tashlaydi, keyin askarlar tomonga 3 ta granata uloqtirib 21 ta dushman jangchisini portlatib yuboradi. Qolganlar dahshatichida atrofga qarab qochadilar. Yigit ikkinchi ofitserga ham yetib olancha uning ham boshini tanasidan judo qiladi. Uchinchi ofitser esa askardan qochib qutuladi. Kurashdan so’ng kelib chiqishi xarkovlik bo’lgan yigit halok bo’lganlarning hujjatlari va kartalarini yig’ib yuk bilan o’z rotasiga olib borgan.
Asl qahramonlar qishlog’i
Chanlibel qishlog’i Ulug’ Vatan urushi qahramonlari sifatida tarixga muhrlangan. Qishloqdan bo’lgan yigitlarning 1250 nafari urushga ketgan bo’lsa, ularning teng yarmi orden va medallar bilan taqdirlangan, 2 tasi marshal (Amazasp Babadjanyan va Ivan Bagramyan), 12 tasi general, 7 tasi Sovet ittifoqi qahramonlari nomiga erishgan.
Okkupatsiyani boshdan kechirgan buyuk Novgorod
1944 yilning 20 yanvar kuni Buyuk Novgorodni ozod qilgan sovet askarlarni bugunlay vayron bo’lgan va kimsasiz shaharda duch keldilar. Bu yerdagi 2500 ta uydan faqat 40 tasigina omon qolgan. Barcha arxitektura yodgorliklari, jumladan Sofiya cherkovi,“Rossiyaning ming yilligi” yodgorligi ham vayron bo’lgan. Ozod bo’lgan paytda shaharda 30 ta fuqaro bo’lgan, qolganlari yoki Germaniyaga haydab ketilgan yoki okkupatsiya harbiylari tomonidan o’ldirilgan.
Yong’in
General leytenant Xoyzingerning buyrug’i bilan1943 yilning 1-2 mart kunlari Koryukovka yo’q qilindi (1390 ta uy yoqib yuborildi, 7000 dan ortiq mahalliy aholi vakillari jon berdi). Bu Ikkinchi jahon urushi paytida tinch aholi vakillariga nisbatan sodir etilgan eng katta shavqatsizlik hodisasi edi. Okkupatlar urush payti umumiy hisobda Ukrainadagi 334 ta aholi punktlarini yoqib yuborishgan.
Xizmatdagi tuyalar
Ulug’ Vatan urushi paytida qurollarni tashish uchun armiya tarkibida tuyalar xizmatidan foydalanilgan. Bu holat Stalingrad ostidagi janglar payti Astraxanda shakllangan edi: Mashinalar va otlar yetishmovchiligi sabab yovvoyi sharoitlarda tuyalar ishlay boshlaganlar. 350 nafar jonivorning aksariyat qismi jang pallasidagi kurashlarda halok bo’lgan bo’lsa omon qolganlarni xo’jalikqismlari yoki hayvonot bog’lariga olib ketishgan.
Ommaviy qotillik
1941 yilning oktyabr oyida Odessada yerlarida yahudiylarga nisbatan ommaviy qirg’in bo’lib ketdi. Shu yilning 17-25 sentyabr kunlari 25-34 ming Odessalik otib tashlangan yoki tiriklayin yoqib yuborilgan. Bu Ruminiya va Germaniya askarlari tomonidan amalga oshirildi. Tarixda ushbu palla “Odessa yahudiylarining o’ldirishi” nomi bilan muhrlangan.
Partizanlik harakati
Umumiy hisobda 1941—1944 yillar davomida SSSR hududida 200 ta partizanlar otryadlari va birlashmalari bo’lgan, ularning soni esa 1 million kishiga ketgan. 128 000 tadan ortiq partizan va podpolechilar SSSRning orden va medallari bilan taqdirlanishgan.
Leningraddagi ochlik
872 kunlik Leningrad qamalida 1 500 000 inson vafot etdi. Ushbu maqolani o’qib chiqquningizga ketgan vaqt oralig’i nisbiyligida o’sha paytlar shaharda 3 ta odam ochlik, kasallik va portlash sabab vafot etardi.
Сообщения из Facebook