Ushbu kuz-qish mavsumida qanday paltolar urfda bo’ladi? Trendlar qatorida bo’ling!
Ushbu kuz-qish mavsumida qanday paltolar urfda bo’ladi? Trendlar qatorida bo’ling!
Sovuq kunlar boshlanishi bilan odamlarning issiq kiyimlarga ehtiyoji oshib boradi. Issiq ustki kiyimlar tanlar ekanmiz, ko’rinishimiz zamon talabiga javob berishi uchun avvalam bor uning uslubi va rusumiga e’tibor beramiz. Quyida so’nggi rusumdagi ustki kiyimlar va paltolarning trendlari haqidagi ma’lumotlar o’rin olgan, marhamat tanishing!

Trendlar: bu yilgi kuzda nimalar kiyiladi

Hech kimga sir emaski, trendlarni dizaynerlar va qimmatbaho brendlar belgilaydi. Biroq zamon bilan hamnafas kiyim kiyish uchun ko’p pul sarflash shart emas. Bugungi kunda mashhur brendlar tomonidan yaratilgan kiymlarning arzon nusxalari talaygina. 2000 yillardan farqli o’laroq ularni kiyish bugungi kunda uyat sanalmaydi, aksincha bu sizning didingiz va topqirligingizdan dalolat beradi. Xo’sh, ushbu mavsumda nimalar urf bo’lar ekan?

Tabiiy mo’ynadan voz kechish

Gucci brendining tabiiy mo’ynadan voz kechishi haqiqiy sensatsiyaga aylandi. Top dizaynerlar ham birin-ketin uning ketidan ergashtilar. Shunday ekan, agar sizga mo’ynali kiyim yoqsa, o’ylab o’tirmay sun’iysini tanlayvering. Bu har taraflama foydali – tabiatga zarar bermaysiz, trend qatoridan joy ham olasiz.

Qirollik nikoh marosimi

Megan Markl va shahzoda Garrining butun dunyoga ovoza bo’lgan nikoh marosimidan so’ng – barcha qirollik liboslari trendda! 

Inglizlarning klassik uslubi – tvid va shoyi matodan tayyorlangan bosh kiyimlar moda sahnasidan tushmay yurdi! Qirollik xonadonining yangi a’zosi Megan esa modaparast ayollar uchun yaqqol namuna. Qirollik etiketidagi to’siqlarni yengib o’tish har kimning ham qo’lidan kelavermaydi.

Bir necha qavatli kiyimlar

Reglan, pidjak va ustidan palto – bu hali hammasi emas. Ko’p qavatli kiyimlar ham ommaboplikning cho’qqisini zabt etgan. Kiyimning qavati qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik yaxshi! Tabiiyki, ko’p qavatlilik issiq kiyimlarga xos xususiyatdir, shunday ekan ushbu trenddan bemalol foydalanavering!

Boxo uslubi

Feminizm, ekoharakatlar – bularning barchasiga yaqin bo’lsangiz, unda boxo uslubi aynan siz uchun qaytganini e’lon qilamiz! To’qilgan libos, uzunlik, kenglik, trikotaj hamda son-sanoqsiz zeb-ziynatlar – qay biri ko’nglingizga yoqsa, cho’chimay ilib olavering.

Ranglar jilosi

Kuz-qish mavsumiga kiyim tanlar ekansiz, uning faqatgina uslubi va matosiga emas, ranggiga ham yaxshilab e’tibor bering. Sovuq kunlarda bizni 150 xil sovuq ranglar o’rab turadi. Hayotingizni hech bo’lmasa so’nggi rusumdagi paltoingizning rangi bilan bezashga harakat qiling!

Kolor bloking

Qora tusdagi paltolarni unuting! Hozir kunda kolor bloking urfda. Ikki, uch, to’rt – bir necha rangdan iborat bo’lgan palto kayfiyatingizni ko’tarishi turgan gap. Bunday rusumdagi kiyimda siz bee’tibor qolmaysiz. Jur’atsizlikni chetga surib, ko’nglingizga yoqqan obrazingizni tanlayvering. 

Animalistik print (tasvir)

Leopard, ilon, zebra – endi shahar junglisida! Sun’iy mo’yna + “hayvon” tasviri – ushbu mavsumning yangi xitiga aylandi! Leopard tasviri losinalarga o’tirmasligi mumkin, biroq midi-paltolarga juda yaxshi tushadi.

Yangi qora – jigarrang

Qora rangdan charchasangiz, biroq kolor blokingni ham sinab ko’rishni istamasangiz, biz sizga yangi yechimni taqdim etamiz: jigarrang tus. Ranglar doirasini ochib, ushbu tus jamlanmasining xilma-xilligidan bahramand bo’ling! Jigarrang tus – siz uchun ayni muddao – u universal, qiziqarli va jozibador, istalgan kiyim hamda sharf bilan uyg’unlasha oladi.

Gullar tasviri

Mana necha yildirki, gullar tasviri moda olamining cho’qqisini zabt etib kelmoqda! Gullar tasviri har qanday kiyimga mos tushadi, shu jumladan paltolarga ham. Bulutli kunlarda kiyilgan gul tasviri tushirilgan palto bahor tarovatini olib keladi.

Kataklar yoki o’rdak panjasi

Katakli tasvir yoki boshqacha qilib aytganda, o’rdak panjasi ham moda olamining shohsupasidan tushmay kelmoqda. So’nggi urfda kiyinishni yoqtiradigan ayollar ayni shu uslubga qiziqib kelmoqdalar. U vazminlik, sipolik bilan bir qatorda modadan xabardor ekanligingizni  bildirib turadi. 

Issiq ushlaydigan matolar

Sovuq kuz-qish mavsumiga kashemir to’g’ri keladi. Biroq narxi qimmatlik qilsa, o’rniga sherst mato ham bo’laveradi. Bu hamyonbop va qulay variant. Biroq sintetika matoli paltolarni xarid qilishdan saqlaning! Bunday paltolar issiq ushlamaydi, sovuq kunlarda esa nafaqat tashqi ko’rinish, balki sog’liq haqida ham qayg’urish kerak. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook