просмотров
Har qanday xonaga kirib birinchi bo'lib sezadigan narsangiz hid bo’ladi. Aynan shu narsa uy va uy egalari haqidagi birinchi taasurotni ifodalaydi. Yoqimli , xushbo'y narsalar shinam va qulay atmosferani yaratadi, tinchlantiradi va o'ziga jalb qiladi. Zax va o'tkir hidlar darhol xonada tonusni pasaytirib, kayfiyatini tushiradi.
Agar yoqimsiz hid manbai kanalizatsiya quvirlarida deb o’ylasangiz, buni tekshirish yo’li juda oson. Atigi bir choy qoshiq qalampirdan foydalaning, shunda yoqimsiz hid manbai aniqlanadi. Qalampirni kanalizatsiya ichiga to’kib tashlang. Muammoli joydan yalpizning hidi taralib turadi. Agar muammoni o’zingiz hal eta olmasangiz, mutahassislarni chaqirishingizni maslaxat beramiz.
Agar yoqimsiz hid uy hayvonlari tufayli yuzaga kelayotgan bo’lsa, demak hayvonlar doimiy parvarishga muhtoj. Egalar esa o’z uy hayvonini qay yo’sinda toza saqlashni yaxshi bilishadi. Aynan ularning ahlatini tozalash jarayonida uyning hidi buziladi. Odatda bu kabi hidlar juda uzoq saqlanib qoladi. Hidni bartaraf qilish uchun esa shunchaki soda yordam beradi. Yoqimtoy uy hayvoningiz gilamdagi “bajarib” qo’ygan joyiga soda seping. Ushbu mahsulot turli hil hidlarni olishi bilan mashxur. Jarayondan so’ng sepilgan sodani changyutkich bilan tozalab oling. Yoqimsiz hid yo’qolganiga guvoh bo’lasiz. Tozalash ishlarida boshqa tozalovchi vositalar ham halaqit bermaydi: gel, dog’ ketkazgichlar va neytrolizatorlar.
Agar xonada sigaret tutunining doimiy hidi bo'lsa, hech bo'lmaganda bitta chekuvchi yashaydigan uyda o'tkir tamaki hidi har doim hukmronlik qiladi. Bu hid ko’pchilik uchun yoqimsiz. Vaziyatni sirka bilan osonlikcha tuzating. Sirka eritmasini (1: 5) barcha xonalarga joylashtiring va bu suyuqlik barcha yomon hidlarni tezda o’ziga oladi. Bundan tashqari tamaki tutuni o’rnashib qo’lgan narsalarni shamollatish ham zarar qilmaydi.
Xonadan hushbo’y hid anqib turishi uchun mavjud bo’lgan har qanday vositalardan foydalansangiz bo’ladi: atirlar, sprey, sham, diffuzerlar. Chiqindi to’planib ketishidan saqlaning, hushbo’y atmasferani buzuvchi barcha narsalardan forig’ bo’ling. Shunday usullar bilan uyingiz nafaqat mehmonlar balki butun oila azolaringiz uchun ham yoqimli bo’ladi.
Сообщения из Facebook