просмотров
Biz bilan zamondosh gerontologlar (umrni uzaytirish bilan bog’liq fan mutahassislari) bildirayotgan fikrlarga ko’ra, yaqin kelajakda insonlar 200 yil, hatto 300 yillab umr ko’radilar. Ularning aytishlariga qaraganda ushbu fikrni tasdiqlovchi dalillar mavjud.
AQShdagi qarilikni o’rganish Milliy instituti olimlari tomonidan ochlik bilan umrni uzaytirish ustida olib borilgan tadqiqotlar natijalari e’lon qilinganda, buni keng jamoatchilik katta qiziqish bilan qarshi oldi. Yarim yil mobaynida 48 nafar odam iste’mol qiladigan oziq-ovqatining odatdagi me’yoridan to’rtdan bir qisminigina tanovul qilish bilan cheklandi. Natijalar esa ularning a’zolarida qarishni to’xtatish jarayoni keskin kuchayganini ko’rsatdi.
Gerentologlar fikricha, sayyoramizda eng uzoq umr ko’ruvchilar Abxaziya, Pokistondagi Xunza viloyati va Ekvadoragi Vilkabambe qishlog’i aholisi hisoblanadi. Har uchala hudud ham tog’li joylar bo’lib, u yerlarda istiqomat qiluvchilar bir asr umrko’rsalar-da, ruhan va jismonan tetikligi bilan ajralib turadilar. Olimlar ularning hayot tarzini o’rganishda, bu yerlik aholining bolalikdan boshlab to’yib ovqatlanmasligi va ko’pincha och yurishga ko’nikkani ma’lum bo’ldi.Shuningdek, ular iste’mol qiladigan oziq-ovqatlarning aksariyat qismini ho’l meva va sabzavotlar tashkil qilib, asosiy vaqti esa toza xavoda jismoniy mehnat qilish bilan o’tishi aniqlangan.
Ma’lumotlarga ko’ra, Yaponiyada ham 100 yoshga kirganlar soni soat sayin o’sib bormoqda.1963-yili bu yerda 153 nafar 100 yoshga kirgan odam ro’yhatga olingan bo’lsa, hozirda ularning soni 36 ming nafardan ortiqni tashkil etadi.
Uzoq umr ko’ruvchilarning hayot tarzlarida ayrim o’xshashliklar mujassam. Masalan, ularning hech biri ortiqcha vazndan aziyat chekmaydi. Ma’lumki, organizmdagi to’plangan yog’lar yurak faoliyatiga salbiy ta’sir o’tkazib, qon-tomir sklerozi xastaligini keltirib chiqarishi mumkin. Shu boisdan ham uzoq umr ko’rishning garovi parxezdir. Uzoq yashashning yana bir shartiga ko’ra, hech qachon jismoniy harakat qilishdan erinmaslik kerak.
Сообщения из Facebook