просмотров
Varanasi: Hayot va o‘lim
Olimlar esa shahar yoshini 3000 yilga tenglashtiradilar. Eng qizig‘i. shahar bugungi kunga qadar mavjud bo‘lib kelmoqda. Varanasi - yetarlicha katta shahar, odatda bu yerga sayyohlar tashrif buyurishadi.
Shahar Ganga daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, hindlar uni aynan shu sababli ham dunyo markazi deb tan olishadi. Aytishlaricha, mazkur shahar qayta tug‘ilish jarayonining oxirgi nuqtasi emish. Afsonalarda keltirilishicha, Varanasida o‘lgan odamlar hayot bilan butunlay xayrlashadilar.Bu yerda vafot etgan insonlar hindlar tushunchasiga ko‘ra qayta tug‘ilmas emishlar. Aynan mana shu narsa shaharga minglab hindlarning ko‘chib kelishlari uchun sabab bo‘lgan.
Shahardagi krematoriylar soni shunchalar ko‘pki, bu narsa sayyohlarni hayratga tushirib qo‘yadi. Ular daryo qirg‘og‘i bo‘ylab joylashgan. Vafot etgan hindlar jasadi aynan shu yerda kuydiriladi, hoki esa Gangaga oqizib yuboriladi.
Ayrim afsonalarda bu yerda ilk marta Shiva ilohining gulhan yoqqani aytiladi, qolgan gulhanlar esa u yoqqan olovdan hosil bo‘lganmish.
O‘lim mavzusi -Varanasi muhitining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Shaharda "o‘lim shaydolari" yashaydigan butun boshli tuman ham mavjud. Ular Kali va boshqa turdagi mahzunlik ilohlariga sig‘ingancha zohidona hayot kechirishadi. Sayyohlar ushbu tumanga kelishni istamaydilar, bu yerda haddan tashqari tushkun kayfiyat hukmron.
Eng qizig‘i, aksariyat ko‘chalarda yuzlarini turli ranglarga bo‘yagan o‘lim kohinlari o‘tirib olgancha atrofdagilarni hayratga solishadi. Ularning yonlariga esa inson suyaklaridan yasalgan maxsus buyumlar qo‘yilgan bo‘ladi. Ayrim kohinlar inson suyaklaridan yasalgan nay ham chalishadi. Aytishlaricha, bu shaharga kelish yetarlicha xavfli: ularni aldab-suldab, ilohlarga qurbonlik qilib yuborishlari ham mumkin ekan.
Ganga daryosining qirg‘oqlarida ko‘p sonli ibodatxonalar joylashgan. Ularning soni mingdan ortadi. Ayrim ibodatxonalar bugungi kunga qadar ishlab turgan bo‘lsa, ayrimlari tashlandiq holatga kelib qolgan.
Сообщения из Facebook