Velellavelella - g’aroyib va o’ziga xos yagona mavjudot
Velellavelella - g’aroyib va o’ziga xos yagona mavjudot
Velellavelella (lat.) — gidroidlarning kolonial vakili okean pelagik turi. Shu turning yagona vakili. Velellavelella mustaqil organizm emas, gidroidlar koloniyasidir.

Koloniyaning ichida qobiq bilan qoplangan vaxitindan bo’lgan yassi, havoga to’ldirilgan kamera shakllanadi.

Mana shu butun koloniyani suv o’z yuzasida ushlab turadi. Koloniyaning asosi xitin qurilmalari bilan mustahkamlangan ovalni tashkil qiladi. Turning o’ziga xos jihati  - havo kamerasining diagonali bo’ylab joylashgan ingichka yarim dumaloq kurakchasidir. Asos ustida asimetrik joylashgan va “S” harfi shaklida bukilgan yelkan o’rnatilgan. 

Shu kurakchatufayli bu hayvon o’z nomiga ega bo’lgan (lotincha “velum” — yelkan). Buo’simta hayvonlarga suv yuzasi uzra to’g’ri emas, deyarli 180 gradusga burilib, shamolga nisbatan ma’lum bir burchak ostida harakatlanishga imkon yaratadi. Koloniyaning kattaligi odatda 7 santimetrga teng bo’ladi, ammo 10 santimetrgacha ham yetishi mumkin. Paypaslagichlar ipsimon, nisbatan kalta,havo kamerasidan osilib turadi. Ularning miqdori 8 ta va undan ko’proq bo’lishi mumkin.

Koloniyanitashkil etadigan poliplar turli shakllar va vazifalarga ega. Vazifasi ozuqa tutish va uni hazm qilish bo’lgan gatrozooid, ya’ni katta o’lchamdagi markaziy polip mavjud. U gastro-gonozooidlar (oziqlanish va ko’payish vazifalariga ixtisoslashgan poliplar) va daktilozooidlar (himoya vazifasiga ixtisoslashganpoliplar) bilan o’ralgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook