просмотров
Tozalik vasvasasi
Qo’lni hech qanday sabab bo’lmaganda ham bir necha bor yuvish kasallik qo’zg’atuvchi mikroblarga nisbatan patologik qo’rquv tufayli yuzaga kelishi mumkin. Mazkur kasallik fanda verminofobiya deya nom olgan bo’lib, uning alomatlari kuniga yuz martadan qo’lni yuvish, jamoat joylaridagi turfa predmetlar (zina dastasi,metro tutqichlari va hokazo)ga tegib ketmaslikka urinish orali namoyon bo’ladi.
Ruhiy jaroxatlanish
Amerikalik ruxshunos Stenli Rahmonning fikriga ko’ra, qo’lni yuvishga mukkasidan ketish emotsional jaroxatlanish oqibatida kelib chiqadi. Verminofobiya odatda turli yoqimsiz holatlar: kamsitilish, yaqin kishilar tomonidan amalga oshirilgan sotqinlik va shu kabi vaziyatlarni boshdan kechirish orqali yuzaga kelishi ehtimoldan holi emas. Inson psixologik jarohatga sabab bo’lgan kishini yodga olishi bilan qo’l yuvishga kirishib ketadi. Bu ma’lum ma’noda hotirani tozalashga urunish holati bo’lib, mazkur hodisa butkul g’ayriixtiyoriy tarzda ro’y beradi. Shuningdek, qo’lni yuz martalab yuvish qandaydir yoqimsiz hodisani unitilishi haqidagi istakdan darak bo’lishi mumkin. Shekspirning “Makbet” asari bosh qahramoni Makbet xonim qirol Dunkanni o’ldirganidan so’ng qo’l yuvishga mukkasidan ketishi shu holatga yaqqol misol bo’la oladi.
- Bu psixologik yoki ruhiy izdan chiqish oqibatida yuzaga keluvchi turg’un holat, -deydi Stenli Rahmon. – bu yerda gap qo’lga tegishi bilan yuvib tashlashga ehtiyoj paydo qiluvchi oddiy kir yoki chang haqida ketayotgani yo’q. Odatda bunday g’ayriixtiyoriy holat uni yuzaga keltirgan sababga bevosita ta’sir etish, shuningdek, kir narsalarga teginishga majburlash yo’li bilan davolanadi.
- Biroq Stenli Rahmonning ta’kidlashicha, bu usul u qadar samarali emas. “ Makbet honim sindromi”ga chalingan bemorlarning har to’rtdan biri bunday davolanish usulidan voz kechadi, uchdan biri esa o’zida hech qanday ijobiy o’zgarish sezmaganini bildiradi.
Nemis olimlari esa o’tkazilgan bir necha ilmiy tadqiqiotlardan so’ng shunday to’xtamga kelishdi: qo’l yuvish toliqqan va tushkun kayfiyatdagi kishi holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, optimizm va ishonch tuyg’ularini rag'batlantiradi,salbiy fikrlardan xalos bo’lishga yordam beradi.
Сообщения из Facebook