просмотров
Xalimaning bolalik chog’lari unchalik ham betashvish o’tmadi. U Keniya va Somali chegaralaridagi qochoqlar lagerida dunyoga kelgan. 7 yoshligida AQShga ko’chib keladi va bu yerda ham uning oilasi qiyinchiliklarga duchor bo’ladi. Ularning imkoniyatlari har tomonlama chegaralangan edi.
1925 yildan buyon o’tkazib kelinadigan “Minnesota go’zali” tanlovi uning modellik faoliyatini boshlab bergan. Saxnalarda Xalimaning ro’mol bilan paydo bo’lishi e’tiborsiz qolmadi. Bu tanlovdagi ilk ro’molli musulmon qiz edi. Tanlovning bir qismi bo’lgan cho’milish kiyimlari namoyishida Xalima musulmon ayollar uchun mo’ljallangan qo’l va oyoqlarni yopib turadigan cho’milish kiyimida chiqib keldi. Zalda qarsaklar ovozida jaranglab ketdi. Ertasi kuni barcha yangiliklar moda olamidagi bu voqeani yorita boshlashdi.
Yeezy kolleksiyasi namoyishida ilk bor podiumga qadam qo’ydi. Unda uzun ko’ylak bilan ko’rinish berdi. Namoyishda bo’lganlarning so’zlariga qaraganda Xalima ilk chiqishi bo’lishiga qaramay, podiumda o’zini huddi professional model kabi tuta olgan va hatto Kendall Jenner, Bella Xadid singari omadli modellarni ham biroz asabiylashtirib qo’ygan.
Xalima Aden moda olamida paydo bo’lishi bilan Jiji Xadid, Jizel Bundxen kabi modellar bilan ishlovchi modellar agentligi u bilan shartnoma tuzishga shoshildilar. Xalima taklifni qabul qildi va darxol Karin Roytfeld taklifi bilan CR Fashion Book jurnali uchun suratga tushdi.
Atrofdagi barcha hodisa uni xayratga solib qo’ydi, chunki u bunday muvaffaqiyat haqida o’ylamagan edi-da.
Tanlovga qadar Xalima ko’plab tadbirlarda musulmon ayollarga tegishli mavzularda chiqish qilgan. U mazkur maqsadini moda olami ko’magi bilan amalga oshirmoqchi bo’layotgani rost.
“Bu mening shaxsiy tanlovim edi. Onamdan menga ro’mol berishlarini iltimos qilganman. Men onamga o’xshashni va o’z denim bilan yashab, uni kuchli sevishni istardim” deydi Xalima Aden.
Allure bilan hamkorlikda ishlagan Xalima uning mutaxassislarida ham katta taassurotlar qoldirgan.
Xalima moda olamiga kirib kelgan ilk kundan boshlab katta shov-shuvlarga sabab bo’lgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ko’pchiligi uni qo’llab quvvatlay boshlashdi.
Сообщения из Facebook