просмотров
12. "596" - 1964- yil 16oktyabrida Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan amalga oshirilgan, quvvati 22 kilotonnga teng.
13. "Oltinchi sinov" -1967- yil 17 iyunida Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan amalga oshirilgan termoyadroviy portlatish, quvvati 3300 kilotonnga teng.
14. "Kanopus" - 1968- yil24 avgustida Fransiya tomonidan amalga oshirilgan termoyadroviy portlatish, quvvati 2600 kilotonnga teng.
15. "Tabassum qilayotgan Budda" - 1974- yil 18 mayida Hindiston tomonidan amalga oshirilgan, quvvati 12 kilotonnga teng.
16. "Shakti - I" - 1998-yil 11- mayida Hindiston tomonidan amalga oshirilgan, quvvati 30 kilotonnga teng.
17. "Chagai - I"- 1998 yil 28- mayida Pokiston tomonidan amalga oshirilgan, quvvati tahminan 9 kilotonnga teng.
18. "Kvanday-ri" - 2006-yil 9- oktyabrida Koreya Xalq-Demokratik Respublikasi tomonidan amalga oshirilgan, quvvati tahminan 2 kilotonnga teng.
Shoh-bomba
Portlashdan 3 daqiqadan keyingi 280 kilometr uzoqkidan ko'rinish
Umumiy hisobda shu kunga qadar AQSh tomonidan 1123 ta;
Sovet Ittifoqi tomonidan 982 ta;
Buyuk Britaniya tomonidan 45 ta;
Frantsiya tomonidan 210 ta;
Xitoy tomonidan 48 ta;
Hindiston tomonidan 6 ta;
Pokiston tomonidan 7 ta;
Shimoliy Koreya tomonidan 1 ta
Jami esa 2242 ta yadroviy sinovlar o‘tkazilgan.
Triniti sinovi paytida Gadget (Buyumcha) portlatilishi
Triniti (sinov)
Triniti (inglizcha - Trinity) yadro quroli texnologiyasini dunyoda ilk bor 1945-yil 16-iyul kuni AQShning Nyu-Meksiko shtatida, Alamagordo poligonida Manxetten loyihasi doirasida sinovdan o‘tkazilishi. Sinov paytida imploziv turdagi plutoniyli bomba sinovdan o‘tkazilgan. Bu bomba “Buyumcha” (inglizchasiga - Gadget) deb nomlangan.Bombaning portlashi trotil ekvivaletida 21 kilotonnga teng bo‘lgan. Bu portlash yadro quroli davrining boshlanishi hisoblanadi.
Sinov nomlanishi va uni o‘tkazish joyi tanlanishining sababchisi sifatida odatda Manxetten loyihasining rahbari Robert Opengeymer bu nomlanishni Djon Donn she’riyatidan olgan deb hisoblanadi.
Portlash joyida kvars va dala shpati erib trinitit (boshqa nomlari: atomzit, alamogord shishasi) deb nomlangan och-yashiltusdagi ma’danga aylangan. Bu ma’danning bir qancha miqdori xususiy kolleksiyalarda saqlanib kelmoqda.
1945- yil 9-avgust kunida Yaponiyaning Nagasaki shahriga tashlab yuborilgan “Baqaloq” ham huddi shu turdagi bomba bo‘lgan.
“Chorraxalar” operasiyasi
Suv ustunining o'ng tarafidagi qora dog' AQSh Harbiy Dengiz Kuchlarining "Arkanzas" linkori
“Chorraxalar” operasiyasi (inglizcha Crossroads) — atom bombasi sinovlarining ikkinchi seriyasi. U AQSh tomonidan 1946- yilning yozida Bikini attolida (halqasimon orol) o‘tkazilgan. Operasiya Triniti sinovida keiyn va Sandstone operasiyasidan oldin o‘tkazilgan. Sinov maqsadi - atom qurolining yirik kemalarga ta’sirini o‘rganish bo‘lgan. Seriya har birining quvvati 23 kilotonnga teng ikki portlashdan iborat bo‘lgan: “Eybl” ob'yekti 1946 yilning 1-iyulida 158 metr (520 fut) balandlikda portlatilgan; “Beyker”1946- yilning 25-iyulida suv ostidagi 27 metr chuqurlikda portlatilgan. 1947-yilda portlatish rejalashtirigan uchinchi portlatish - “Charli”, AQSh harbiydengiz kuchlari “Beyker” sinovidan keyin kemalarni dezaktivasiya qila olmagani munosabati bilan bekor qilingan. Portlatish paytlarida kemalarda tajriba qilinadigan hayvonlar joylashtirilgan edi.
“Chorraxalar” operasiyasi doirasida o‘tkazilgan sinovlar “Triniti” sinovi bilan Xirosima va Nagasaki bombardimon qilinganidan keiyngi AQSh tomonidan o‘tkazilgan to‘rtinchi va beshinchi portlatishlar bo‘ldi. Bu Marshall orollarida o‘tkazilgan birinchi va ilk bor omaviy tarzda e’lon qilingan atom sinovlari bo‘lgan. Sinovlarda taklif etilgan mehmonlar va Ommaviy axborot vositalarining vakillari ham ishtirok etgan. Sovet Ittifoqidan SSSR Fanlar Akademiyasi Radiy instituti tsiklotron laboratoriyasining rahbari Mixail Grigorevich Mesheryakov, Birlashgan Millatlar Tashkilotining atom energiyasini nazoratqilish Komissiyasidagi Sovet Ittifoqining vakili huzuridagi ekspert Semyon Petrovich Aleksandrov va “Krasnaya zvezda” jurnali jurnalisti sifatida kelgan Kemasozlik Markaziy Ilmiy tadqiqot instituti Loyihalashtirish bo‘limi seksyaisi boshlig‘i, 2-rang kapitani Aleksandr Mixaylovich Xoxlov ishtirok etgan.
Sinovlar natijasida “Beyker” suv osti portlatilishida nishon sifatida foydalanilgan barcha kemalarning radioaktiv zaxarlanishi ro‘y bergan. Bu yadroviy portlash natijasidagi tezkor mahalliy radioaktiv zaharlanish sodir bo‘lgan birinchi hodisa edi. Balandlikdagi portlatishda zaharlanish stratosferada bir necha kun kuzatilib keiyn tarqalib ketgani aniqlangan. Atom energiyasi bo‘yicha komissiyaning Raisi kimyogar Glenn Siborg “Beyker”ni dunyodagi ilk yadroviy halokat deb atagan.
“Chorrahalar” operasiyasiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan paytda Bikini attolining aholisi kichikroq, kimsasiz orollarga ko‘chirilgan. Keyinchalik, 1950-yillarda Bikini qishloi xo‘jaligi va baliqchilik uchun yaramaydigan holatga kelib qolgan. Radioaktiv zaharlanish tufayli Bikini attoli dayverlarning kamdan kam tashriflarini hisobga olmagan holda 2010- yilgacha kimsasiz orol bo‘lib kelgan.
Сообщения из Facebook