просмотров
Semipalatinsk yadroviy sinovlar poligoni
Portlashning oqibatlari
Bombaning quvvati 20 kilotonndan ortiq bo‘lgan. Bomba o‘rnatilgan 37-metrli minora umuman g‘oyib bo‘lib, uning o‘rnida diametri 3 metr, chuqurligi 1,5 metrga teng, hamda oynasimon modda bilan erib qoplangan voronka paydo bo‘lgan. Radiasiyaning darajasi markazda bir soniyaga 0,5 zivertni tashkil qilgan, episentrdan 2 kilometr uzoqlikda ko‘pi bilan 15 daqiqa hozir bo‘lishga ruhsat berilgan .Minoradan 25 kilomter uzoqlikda temir-beton qurilmalardan qurilgan qa ichida ko‘priksimon krani bo‘lgan bino qisman buzilib ketgan, biroq qurilmaning o‘zizarba to‘lqiniga chidash bera olgan. Tajriba qilinadigan 1538 nafar hayvonlarning (itlar, qo‘ylar, echkilar, cho‘chqalar, quyonlar, kalamushlar) ichidan portlash natijasida 345 nafari halok bo‘lgan (hayvonlarning ayrimlari okopdagi askarlar rolini o‘ynagan). Markazda 500-550 metr uzoqlikda joylashgaT-34 tanki va dala artilleriyasiga yengil zarar yetkazilgan, 1500 metr uzoqlikdagi barcha samolyotlarga esa anchagina shikast yetkazilgan. Markazdan 1 kilometr va undan uzoqlashib borib har 500 metr masofadan keyin bir donadan 10ta yengil avtomobil o‘rnatilgan. Ularning hammasi yonib ketgan. Markazdan 800 metr uzoqlikda bir biridan 20 metr masofada qurilgan ikkita 3 qavatli tura-joy binosi, shu bilan birga 5 kilometr radiusdagi betonli va yog‘ochli shahar turidagi turar-joy binolari tag-tubibilan tekkislanib tashlangan.
Shikast asosan zarbali to‘lqindan yetkazlgan. Temir yo‘l va avtomobil yo‘li ko‘priklari qayishtirib tashnagan holda o‘z joyida 30-40 metr uzoqlikdagi masofaga uloqtirilib yuborilgan. Ko‘priklarda joylashtirilgan vagonlar va og‘ir yuk avtomobillari o‘rnatilgan joyidan 50-80 metr uzoqlikda cho‘l bo‘ylab sochib tashlangan, yarim yonib ketgan holda topilgan. Tanklar va zambaraklar ag‘darib, qayishtirib tashlangan, hayvonlar o‘z joylaridan umuman uchib ketib g‘oyib bo‘lgan.
Ivi Mayk
Ivi (Ayvi)Mayk (inglizcha Ivy Mike, “Mayk” sinovi, “M” sinovi) — dunyodagi birinchi termoyadroviy portlatish moslamasining sinovi; 1952 yil 1 noyabr kunida Tinch okeani, Marshall orollaridagi Enivetok atollidagi motulardan birida amalga oshirilgan. Og‘irligi bilan o‘lchamlari, shuningdek, suyuq deyteriyning termoyadroviy sintezi uchun yoqilg‘i sifatida ishlatilishi tufayli qurol sifatida amaliy qiymatga ega bo‘lmagan va faqatgina Stanislav Martin Ulam hamda Edvard Teller tomonidan taklif qilingan “ikki pog‘onali” qurilmaning tajribaviy sinovi uchun mo‘ljallangan. Tajriba sinovi muvaffaqiyat bilan yakunlangan; portlashning baholangan quvvati trotil ekvivalentida 10-12 megatonnga teng kelgan.
Tuzilishi
Moslama qurilmasini Richard Garvin ishlab chiqqan. Birinchi pog‘ona sifatida TX-5 bombasidan, ikkinchi, termoyadroviy pog‘ona sifatida — suyuq deyteriy vaplutoniyli o‘zak-piltaga ega Dyuar idishidan foydalanilgan. Qurilma 4,5 tonnaog‘irlikdagi boyitilgan urandan tayyorlangan qobiq bilan o‘ralgan va qalinligi 25-30 santimetr, diametri 2,03 metr, balandligi 6,16 metr bo‘lgan tsilindrsimon po‘lat kojuxga qamalgan. Moslama gofralangan alyuminiydan qurilmada montaj qilingan. Deyteriyni suyuq holda ushlab turish uchun zarur bo‘lgan sovutgich bilan birga hisoblanganida qurilmaning umumiy og‘irligi 73,8 tonnani tashkil etgan.
Sinov
Moslamani portlatish 1952-yilning 1 noyabr kunida mahalliy vaqt bilan soat 7:05da amalga oshirilgan. Portlash oqibatida vujudga kelgan qo‘ziqorinsimon bulut 37 kilometr baladlikka ko‘tarilgan, “qalpoqcha”ning diametri 161 kilometrga teng kelgan. Portlash moslama o‘rnatlilgan Elugelab motusini yer yuzidan umuman yo‘q qilib yuborgan: uning o‘rnida diametri deyarli ikki kilometrga, chuqurligi esa 50 metrga teng krater qolgan. Portlash quvvati trotil ekvivalentida tahminan 10,4—12 megatonnga teng deb baholangan, quvvatning 77 oizi uran qobiqning bo‘linish reaksiyasiga to‘g‘ri kelgan, bu esa atrofni o‘ta kuchli radioaktiv zaharlanishiga olib kelgan. Korallarning radioaktiv zarrachalari chamasi 50 kilometr radius bo‘ylab tarqalgan holda uchib ketgan. Chaqnoqdan keyin 60 daqiqadan so‘ng portlatilgan joy vertolyotda aylanib o‘tilganida, radioaktiv bulut shamol yordamida biroz tarqalganidan so‘ng chaqnoq paytida shiddatli neytron oqimi tufayli hosil bo‘lgan eynshteyniy va fermiyning juda katta miqdori aniqlangan.
Sinov Amerika Qo‘shma Shtatlari Harbiy Havo Kuchlari kinooperatorlari tomonidan suratga olingan va keyinchalik ovoz berilgan film kinoteatrlar va televideniye orqali namoyish qilingan.
RDS-6
RDS-6 -birinchi sovet vodorod bombasi. Amaliy jihatdan harbiy qo‘llanilishga yaroqli dunyodagi birinchi vodorod bombasi.
Andrey Dmitriyevich Saxarov va Yuliy Borisovich Xaritonov boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. 1953- yilning 12- avgustida Semipalatinsk poligonida sinovdan o‘tkazilgan.
Tuzilishi
RDS-6c -bir pog‘onali, imploziv turdagi atom bombasi. Quvvati - 400 kilotonnga teng. Keyinchalik bomba zavmonaviylashtirilgan, uning zaryadida tritiyning o‘rniga barqaror Deyterid litiy-6 ishlatilgan va RDS-27ning portlash quvvati 250 kilotonni tashkil etgan (1955 yil 6 noyabr kuni).
Pittagermetik, sferik simmetrik, markazida bo‘linishning kichik zaryadi (tahminan“oqqush” sxemasi yoki kaskadlash sxemasi bo‘yicha tayyorlangan), unga bevositaqurol uranining yarim sharlari, keyin quyilgan deyterid-litiy-6, keyin tabiy uranbirikib turadi. Aniq og‘irlik va o‘lchamlar ma’lumotlari maxfiylashtirilgan va yadro qurolini tarqatilmasligi to‘g‘risidagi shartnomalarning amal qilinishi vaqti davomida sir saqlanadi, ya’ni, tahminan, abadiy sir saqlanadi.
Ishlab chiqarilishi
Sovet Ittifoqi termoyadroviy dasturi bo‘yicha dastlabki ishlar 1945- yildayoq boshlangan. O‘sha davrda Igor Vasilevich Kurchatov AQShda termoyadroviy masala borasida olib borilayotgan tadqiqotlar to‘g‘risida axborot olgan. Ular 1942- yilda deyterid-litiy-6 asosida megatonn sinfiga oid vodorod bombasi yaratilishining o‘rniga Alarm Clock dasturi bo‘yicha Edvard Teller tashabbusiga ko‘ra boshlangan
1949- yildabirinchi sovet atom bombasining muvaffaqiyatli sinovi o‘tkazilganidan keyinamerikaliklar o‘z strategik yadroviy kuchlarini kuchaytirish dasturinijadallashtira boshlagan. Termoyadroviy qurolni ishlab chiqarilishi SovetIttifoqi uchun birinichi darajadagi ahamiyatga ega bo‘lib qolgan. 1950 yilningbahorida yadro fiziklari Igor Tamm, Andrey Saxarov va Yuriy Romanovlar KB-11dagi “ob'yekt”ga ko‘chib o‘tib, u yerda vodorod bombasini yaratilishi ustidashiddatli ish boshlaganlar.
1948- yilda Andrey Saxarov tomonidan RDS-6 vodorod bombasi qurilmasining aosini tashkil etuvchi g‘oyalari hisob-kitoblarga asoslangan holda ilgari surilgan. Shundan keyin bombani ishlab chiqarish ikki yo‘nalish bo‘yicha ketgan: “sloyka”(qatamcha) (RDS-6s), va “truba” (RDS-6t).
“Sloyka”atom zaryadini bir necha yengil va og‘ir unsurlar bilan qoplanishini nazarda tutgan, “truba” esa plutoniy bombasini suyuq deyteriyga cho‘qtirishni nazarda tutgan. AQSh ham huddi shunga o‘xshash sxemalarni ishlab chiqayotgan bo‘lgan. Maslan, Edvard Teller taklif qilgan “Alarm clock” sxemasi “Saxarov”ning “sloyka”siga o‘xshash analogi bo‘lgan, biroq u amaliyotda hech qachon amalga oshirilmagan. Olimlar juda ko‘p vaqt bosh qotirgan “Truba” sxemasi esa boshi berk ko‘chaga olib boruvchi g‘oya bo‘lib chiqqan.
RDS-1 birinchi sovet atom bombasining sinovi o‘tkazilganidan keyin asosiy kuchlar “Sloyka” variantiga qaratilgan. Igor Kurchatov raisligidagi Davlat komissiyasi bosh repetisiya natijalarining tahilini o‘tkazib bo‘lgandidan keyin o‘z fikrlarini hukumatga yetkazganidan so‘ng, birinchi vodorod bombasini 1952-yilning 12 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 7:30 da o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Ufqni yoritib yuborgan o‘ta yorug‘ chaqnoq inson ko‘zini hatto payvandchilar niqobidagi qoraytirilgan shishaning to‘rt qavati orqali o‘tib ham ko‘r qilib qo‘yishi hech gap emas edi.
Sinov o‘tkazilishi
Zaryadning yig‘ilishi bo‘yicha operasiyani Nikolay Leonidovich Duxov, David Abramovich Fishman, Nikolay Aleksandrovich Terleskiy kabi olimlar Yuliy Borisovich Xariton rahbarligida vaIgor Vasilevich Kurchatov ishtirokida amalga oshirgan. Avtomatika tizimini tayyorlash Viktor Ivanovich Juchixin va Georgiy Aleksandrovich Sirkov tomonidan bajarilgan. Ishlarda Aleksandr Dmitriyevich Zaxarenkov va Yevgeniy ArkadevichNegin qatnashgan. Zaryadni minoraga olib chiqilganidan so‘ng unga kapsula-detonatorni o‘rnatishni Aleksandr Zaxarenkov va Georgiy Pavlovich Lominskiy bajargan. Bu jarayonga Kiril Ivanovich Shyolkin rahbarlik qilgan vashu yerda Avraamiy Pavlovich Zavenyagin hozir bo‘lgan.
Shu paytda Semipalatinsk poligonida tajriba maydonini intensiv tarzda tayyorlash ishlari olib borilayotgan edi. Bu yerda turli qurilma va inshootlar, ro‘yxatga oluvchi apparatura, harbiy texnika va boshqa ob'yektlar joylashtirigan edi. Umuman aytganda:
• 1300 o‘lchov, ro‘yxatga oluvchi va suratga oluvchi moslamalar;
• 1700 turli indikatorlar;
• 16 samolyot;
• 7 tank;
• 17 aslaha va minomyotlar tayyorlab qo‘yilgan edi.
Umumiy hisobda maydonda 190ta turli qurilma va inshootlar bor edi. Bu sinovda birinchi marta zarbali to‘lqin ta’sirida avtomatik tarzda ochiluvchi radiokimyoviy na’munalarni olish vakuumli yutgichlar ishlatilgan. RDS-6s sinovlariga jami 500 nafar turli o‘lchovchi, ro‘yxatga oluvchi va suratga oluvchi moslamalar yerosti mudofaa istehkomlarida hamda yer ustidagi inshootlarda o‘rnatilgan edi. Sinovlarning aviasion-texnik ta’minoti — zarbali to‘lqini portlash paytida havoda bo‘lgan samolyotga o‘tkazgan bosimini o‘lchash, radioaktiv bulutdan havo na’munasini olish, hududning aerofotos’yomkasini amalaga oshirilishi maxsus uchuvchilik qismi tomonidan bajarilgan. Bombani portlatish bunkerda joylashtirilgan pultdan signal jo‘natish yo‘li bilan uzoqdan turib amalga oshirilgan.
30 metr balandlikda o‘rnatilgan zaryad portlatishni balandligi 40 metrga teng bo‘lgan po‘lat minorasida amalga oshirishga qaror qilingan. Avvalgi sinovlardan qolgan radioaktiv grunt havfsiz masofaga uzoqlashtirilgan, maxsus inshootlar yana o‘z joylarida qaytadan qurib chiqilgan, minoradan 5 metr uzzoqlikda SSSR Fanlar Akademiyasining Kimyo va Fizika institutida ishlab chiqilgan, termoyadroviy jarayonlarni ro‘yxatga oluvchi apparatura uchun maxsus bunker qurilgan.
Portlatish uchun signal 1953-yil 12-avgustida mahalliy vaqt bilan ertalab soat 7:30 da jo‘natilgan. Ufqni yoritib yuborgan o‘ta yorug‘ chaqnoq inson ko‘zini hatto payvandchilar niqobidagi qoraytirilgan shishaning to‘rt qavati orqali o‘tib hamko‘r qilib qo‘yishi hech gap emas bo‘lgan. Portlashning quvvati 400 kilotonnga teng bo‘lgan, bu esa birinchi atom bombasining quvvatidan 20 barobar ko‘proq degani. Sovet fizigi Yuliy Xariton sinovni tahlil qilib chiqqandan so‘ng, sintezning ulushiga 15-20 foiz, qolgan quvvat esa tezkor neytronlar tomonidan Uran-238ning parchalanishi hisobiga ajralib chiqqani to‘g‘risida ma’lumot bergan. RDS-6s bombasida ilk bor “quruq” termoyadroviy yoqilg‘i ishlatilgan, bu esa yangilik sari jiddiy texnologik siljish bo‘lgan.
Sinov natijalariga ko‘ra 4 kilometr radiusida, g‘itshli binolardan tekis joydanboshqa hech narsa qolmagan, 1 kilometr masofadagi har bir oraliq beton plitalari 100 tonna bo‘lgan temir-beton ko‘prik 200 metr uzoqlikka uloqtirilib yuborilgan.
Portlashdan 20 daqiqadan so‘ng 3000 metr balandlikda joylashgan bulutdagi radiasiya darajasi: 5,4 Rentgen/soat, bir soatdan keyin 4000-5000 metr balandlikdagi radiasiya darajasi: 9 Rentgen/soat, 33 daqiqadan so‘ng 8000 metr balandlikdagi radiasiya darajasi: 360 Rentgen/soat, 45 daqiqadan so‘ng 10000 metr balandlikdagi radiasiya darajasi: 144 Rentgen/soat, 1 rentgendan baland dozaga ega ifloslanish tilimining uzunligi 400 kilometrni, kengligi 40-60 kilometrni tashkil etgan. Bir kun o‘tib tilim uzunligi 480 kilometrga, kengligi 40-60 kilometrga teng bo‘lib ifloslanish darajasi 0,01 rentgen/soatni tashkil etgan.
Portlashdan keyin 3 soat o‘tib o‘lchami 100 kilometrga 200 kilometr bo‘lgan radioaktiv bulut uchga bo‘linib, birinchisi Baykal ko‘li tomonga qarab (bu yerda radiasiya bilan iloslanish darajasi 0,5 Rdan oshmagan), o‘rtadagi qismi Omsk tarafga (maksimal ifloslanish darajasi 0,2 Rdan oshmagan), bulutning eng pastki qatlami esa Altay o‘kasi atrofida aylanasiga Omsk, Karaganda va hokazo bo‘ylab harakatlanib ketgan (bu yerda radiasiya bilan iloslanishning maksimal darajasi 0,01 Rentgendan oshmagan).
Сообщения из Facebook