Yangi asr supermodellari: Asrimizning eng badavlat modeli kim?
Yangi asr supermodellari:  Asrimizning eng badavlat modeli kim?
Modellik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yulduzlar hamisha yaxshi daromad bilan maqtana oladilar. Bugungi kunga kelib mazkur daromad ko‘rsatkichlari yanada oshgan. Xo‘sh, dunyodagi eng mashhur supermodellar qanday pul ishlab topishadi?

Moda jurnallari orqali namoyish qilinadigan reklama sahifalariga nazar tashlagancha supermodel qanday bo'lishini tasavvur qilasiz. Ko'pchilik qizlar modellik karerasi haqida  orzu qilmagan bo'lsa-da, moda sanoati doimo barcha uchun qiziqarli bo‘lgan. "Amerikaning navbatdagi eng yaxshi modeli " ko'rsatuvidan yuqori baho olgan qizlar o‘z qobiliyatlari bilan barchani hayratda qoldirgani esingizdami?

Albatta, yorqin sahifalarda ko'rgan narsangiz supermodellarning haqiqiy turmush tarzi  aksi emas. Ko'plab muvaffaqiyatli modellar moda sohasi ularning sog'lig'iga putur etkazgani, shaxsiy hayotida turli xil noqulayliklar va muammolar keltirib chiqargani haqida aytadi. Shunga qaramasdan nozik nihol ko‘rinishdagi minglab qizlar modellik bilan shug'ullanishni davom ettirmoqda, podiumdagi kamera nurlari, hashamatli kiyimlar va albatta yuqori daromad ularning asosiy orzulariga aylangan desak adashmaymiz. 

Victoria’s Secret modellari

 

Zamonaviy modellarning eng mashhur va omadlilari "Victoria’s Secret" kompaniyasi bilan hamkorlik asosida ish olib boradi. Ularning ayrimlari esa buning ortidan katta daromadni qo‘lga kiritadi.

Mazkur modellarning ba’zilari kompaniya imtiyozlariga ham ega bo‘ladi. Ular oddiy modellardan farqli o‘laroq, juda katta haq olishadi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Forbes jurnali orqali tilga olingan eng ko‘p haq oladigan modellarning o‘n yettitasidan 11 tasi Victoria’s Secret kompaniyasining sobiq va hozirgi modellari sanaladi. 

Ammo brendning o‘zi ham, kompaniya yuzi hisoblanadigan ushbu modellar ham qancha pul olishini aniq oshkor qilmaydi. Tanlangan model sifatida ish olib borish uchun esa ular podiumlarda barcha qizlardan ham yaxshiroq ekanliklarini isbotlab berishlari kerak. Misol uchun 2016 yilning fevral oyida kompaniya yuzi sanalgan modellar soni 36 ta bo‘lgan, 2017 yil oxirlariga kelib, ularning soni 14 taga qadar qisqargan.

Dautsen Krez

Dautsen Krez bir yillik tanaffusdan keyin modellik faoliyatiga qaytdi va 2018 yilning eng ko‘p haq oladigan modellari qatoridagi 10 o‘rinni band qildi. 

Uning asosiy daromadi L'Oréal, Piaget, Repeat Cashmere kompaniyalari bilan amalga oshirilgan hamkorlik loyihalari asosida qo‘lga kiritilgan. Aynan shu yili Krez o‘z faoliyatining 15 yilligini ham nishonladi. 

Uning faoliyati shunchalar shiddat bilan rivojlandiki, Krezning Victoria’s Secret modellari tarkibidan ketishi ham buning uchun to‘sqinlik qila olmadi. Model ushbu kompaniya bilan 6 yillik hamkorlikdan keyin  2014 yilda Victoria’s Secret bilan shartnomani yakunlash qaroriga keldi. 

Joan Smolls

2018 yilda supermodel Joan Smolles 8,5 million dollar miqdoridagi pulni ishlab topdi va yillik daromadi eng ko‘p modellar qatoridagi 9 o‘rinni band qildi. 

Kelib chiqishi Puerto-Rikolik bo‘lgan ushbu model hamkasblariga nisbatan mehnatkash ekanligi bilan ajralib turadi. Uni juda ko‘plab shou hamda loyihalarda ko‘rish mumkin. Estee Lauder, Moschino va boshqa ko‘plab kompaniyalarning suratga olish ishlari shular jumlasidan.

Modelning daromadi so‘nggi 3 yil ichida 3 million dollarga ko‘paygan. Smolls yetarlicha badavlat inson bo‘lsa ham, moliyaviy masalalar borasida tejamkor qiz va pulni bekorga sarf qilish tarafdorlaridan emas.

"Men vaqti-vaqti bilan dam olish uchun sayohat qilish yoki zargarlik buyumlaridan birini sotib olish maqsadida yirik pulni ishlatishim mumkin. Ammo aksariyat holatlarda pulni tejab yuraman va uni aql bilan ishlatish kerak degan fikrdaman" deydi Joan.

Bella va Jidji Xadid

 

 

Forbes jurnali Jiji Xadid nomini 2018 yilning eng ko‘p haq oladigan modellari reytingidagi 8 o‘ringa qo‘ygan. U bir yil davomida 8,5 million dollar ishlab topishning uddasidan chiqqan. 22 yoshli Jiji bu kabi katta daromadga ega bo‘lgan eng yosh model ham sanaladi.

Xadid hali juda yosh bo‘lishiga qaramay, o‘z kasbiga nisbatan jiddiy yondoshadi va uni rivojlantirish uchun juda ko‘p harakat qiladi. Uning kun tartibi daqiqalarga qadar aniq belgilab qo‘yilgan, ko‘p sonli fotsessiyalar, moda namoyishlari, turli tadbirlarda ishtirok etish ham model uchun juda muhim. 2017 yilda Jiji ilk bor Forbes jurnalining eng ko‘p haq oladigan modellar reytingiga kiritilgan va bu yili uning daromadi 6 million dollarni tashkil qilgandi. 

Jiji Xadidning singlisi Bella ham opasidan ortda qolayotgani yo‘q. 2018 yilda Bella 9,5 million dollar ishlashga muvaffaq bo‘lgan. Model daromadining asosiy qismi ko‘plab mashhur brendlar, jumladan Maybelline, Tommy Hilfiger, Reebok kompaniyalari bilan hamkorlik qilish natijasida qo‘lga kiritilgan. Aytishlaricha, opa-singilning bir sohada faoliyat olib borishi ularga mutlaqo halal bermaydi. "Bella bilan mening uslubim turlicha. Bella orzu qilgan ish men izlagan ish bilan bir hil emas. Shu sababli muvaffaqiyatlarimizni hech qachon solishtirmayman. Ammo u ko‘p jihatdan menga ilhom beradi. Biz bir-birimizga qarab ko‘p narsani o‘rganamiz" degan edi Jiji Xadid. 

Bella ham opasi kabi o‘z kasbiga doir ko‘plab rejalar tuzib qo‘ygan. O‘z faoliyatining ilk yillarida uning podiumda chiroyli yura olmasligini tanqid qilgan insonlar ham bugungi kunga kelib kichik Xadidning har jihatdan rivojlanganini qayd etmoqdalar.

Jizel Byundxen

2007 yilda Jizel Byundxen Victoria’s Secret kompaniyasi bilan hamkorlik qilishni rasmiy ravishda to‘xtatgan. U mashhur kompaniya ila hamkorlik ishlarini o‘tgan asrning 90 yillarida boshlagan edi.

Jizel Byundxen moda poduimlaridan ketgan bo‘lishiga qaramay, u bugungi kunda ham dunyodagi eng badavlat modellardan biri bo‘lib qolmoqda.

Jizel 2018 yilda 10 million dollar ishlab topgan va Forbes jurnali reytingining 5 o‘rnida qayd etilgan. Aytishlaricha, uning muvaffaqiyatiga memuar asarlari hamda modellik shoularida ishtirok etgani ham katta ta’sir ko‘rsatgan.

Kara Delevin

2015 yilda Delevin o‘zining modellik karerasi bilan xayrlashgani haqida e’lon qildi. Uning muxlislari ushbu xabarga ishona olmagandilar.

 Kara psoriaz kasalligidan aziyat chekadi. Uning salomatligi ko‘p soatlik namoyishlar, moda haftaliklarida yanada yomonlashgan. Model ishtirok etgan har bir shou davomida yuz terisi qalin konsiler bilan pardoz qilinar edi.

"Pardoz ustalari jarayon davomida qo‘lqop kiyib olishar va menga tegib ketishni istamas edilar. Sababi buni yuqumli kasallik deb o‘ylashardi" deydi o‘sha kunlarni yodga olgan model. Ammo bu Karaning modellikdan voz kechishi uchun turtki bo‘lgan yagona sabab emas. "Model sifatida ishlagan vaqtlarim o‘zimni man’aviy qashshoq inson sifatida his qilardim" degan edi u.

Ammo 2018 yilga Delevin moda sohasiga qaytdi va bir yilning o‘zida 10 million dollar ishlashga muvaffaq bo‘ldi.

Rozi Xangtinton-Uaytli

O‘zining bir qancha kompaniyalari, atirlar va kosmetika vositalarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan liniyalariga ega bo‘lgan Rozi 2018 yilda yillik daromadi eng katta modellar orasida uchinchi o‘rinni oldi. U bir yil davomida 11,5 million dollar ishlab topishni uddalagan.

Tez orada onalik baxtiga erishgan moda olami vakilasi bir muddat tanaffus qilib ham ulgurdi. Ammo ushbu palla uning daromadiga hech qanday ta’sir ko‘rsata olmagan. 

Krissi Teygen

Model Krissi Teygen  eng ko‘p haq oladigan modellar reytingidagi 3 o‘rinni Rozi Xangtinton-Uaytli bilan bo‘lishi bolgan. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘ta faol bo‘lgani ham uning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Krissi idish-tovoqlar ishlab chiqarish liniyasiga egalik qiladi, pazandalik borasidagi bilimlari asosida kitob ham yozgan.

U modellik faoliyatini 2006 yilda boshlagan, 2010 yilda esa "Yil yangiligi" sifatida tilga olingan.

 

Karli Kloss

Supermodel Karli Kloss 2018 yil davomida 13 million dollar ishlab topishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, u dunyodagi eng ko‘p haq oladigan modellar reytingidan ikkinchi o‘rinni egalladi. U modellik sohasida 10 yillik tajribaga ega, shuhrat va boylik tushunchalari uning uchun yangilik emas. 2015 yilda Klossning yillik daromadlari hisoblab chiqilgan va podiumdagi har bir qadami uchun 249 dollardan haq olishi aniqlangan. Juda ham qiziq-a?

Kendall Jenner

 

Kendall Jenner o‘z hamkasblariga nisbatan katta farq bilan reyting birinchiligiga erisha oldi. Jenner bir yil davomida 22,5 million dollar ishlab topgan. Kendall Kardashyan - Jenner oilasining vakili bo‘lib, daromadining asosiy qismi Estee Lauder, Adidas, Calvin Klein kompaniyalari bilan olib borilgan hamkorlik loyihalari davomida ishlab topilgan.

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook