просмотров
Bugun sizga Yangi yil salatini kelgusi yilga mos ravishda bezatish uchun ajoyib g‘oyalarni taqdim qilamiz.
"Mitti sichqonlar" salati
Kerakli masalliqlar:
300 gr qaynatilgan tovuq go‘shti
5 dona qaynatilgan kartoshka
2 dona qaynatilgan sabzi
200 gr qo‘ziqorin
2 dona piyoz
5 dona tuxum
200 gr pishloq
ta’bga ko‘ra tuz va mayonez
Kartoshka va sabzi mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazib olinadi. Tuxum sarig‘i va oqi alohida idishlarda maydalanadi, pishloq ham ehtiyotkorlik bilan qirg‘ichlanadi. Tovuq go‘shti somoncha shaklida to‘g‘raladi, piyoz esa o‘simlik yog‘ida qovuriladi. Qo‘ziqorinlar tova ichida qovurib olinadi.
Salat idish ichiga kartoshka + qo‘ziqorin + piyoz + tovuq + mayonez +kartoshka + mayonez + sabzi + mayonez + tuxum oqi + pishloq ketma-ketligida solib chiqiladi. Salatning ustki qismi tuxum sarig‘i bilan bezatiladi.
Qaynatilgan tuxumning ustki qismida ikkita kesik hosil qilingach, pishloqdan kesilgan quloqlar joylashtiriladi. Sichqonning ko‘zlari qora murch donasidan, dumi esa pishloqdan hosil qilinadi.
"Pishloq bo‘lagi" salati
Mazkur salatni tayyorlash uchun o‘zingiz istagan masalliqlar uyg‘unligidan yoki biror taniqli salat retseptidan foydalanasiz. Bu borada sizga odatiy "Olive" salati yoki tovuqli salat retsepti ham yordam berishi mumkin. Mayonez bilan birga aralashtirilgan salatni uchburchak shaklida likop ustiga joylashtirib, chetlari va ustki qismiga pishloq bo‘lagini yopishtirib chiqamiz. Yon tomonlariga esa tuxumdan tayyorlangan "sichqoncha"lar joylashtiriladi. Uning qanday tayyorlanishini avvalgi salat orqali yaxshi bilib oldingiz.
"Yil bekasi" salati
Kerakli masalliqlar:
300 gr krab tayoqchalari
5 dona qaynatilgan tuxum
200 gr qaynatilgan guruch
200 gr konservalangan jo‘xori
tuz va mayonez
Tuxum hamda krab tayoqchalari mayda kesiladi, keyin esa guruch, jo‘xori, tuz va mayonez bilan qorishtirib olinadi. Salatdan sichqonlarning tana qismi yasab chiqilgach, ustidan qirg‘ichlangan pishloq sepiladi. Aynan o‘sha pishloq bo‘laklaridan quloqlari va dum qismi hosil qilinadi. Sichqonlarning ko‘zlarini yasashda esa qora murch donalaridan foydalaniladi.
Сообщения из Facebook