просмотров
Qadahdagi mevalar
Qadah ichidagi kesilgan meva bo‘laklari mutlaqo orginal ko‘rinish hosil qiladi.
Kerakli masalliqlar:
Kivi
Qulupnay
Uzum
Apelsin
Mandarin
Tayyorlanishi:
Kivi o‘rtasidan ikkiga bo‘lingancha uzun ko‘rinishda maydalab chiqiladi. Meva bo‘laklari qadah chetlariga teriladi, ular butun yuza qismini qoplab olishi kerak. Qolgan mevalar o‘rta kattalikda maydalab chiqilgach, o‘zaro aralashtiriladi va qadahning ichiga to‘ldirib qo‘yiladi.
Desertni tayyor ko‘rinishga keltirish uchun qadah cheti limon sharbati bilan namlab olinadi va shakarga botiriladi. Keyin esa shakarning ortiqcha qismi silkitib tashlanadi.
Tayoqchadagi mevalar
Yorqin rangli kanape Yangi yil dasturxonini bezabgina qolmay, bolajonlarga behad ma’qul keladi.
Kerakli masalliqlar:
Banan
Qulupnay
Olma
Kivi
Tayyorlanishi:
Mevalar o‘rta kattalikda maydalab olinadi va birin-ketin tayoqchalarga tahlab chiqiladi. Agar barcha meva bo‘laklari bir hil o‘lchamda bo‘lsa desert yanada ham chiroyli ko‘rinishga kiradi. Bundan tashqari mevalarni turli shakldagi qoliplar yordamida kesishingiz ham mumkin.
Mevali archa
Kerakli masalliqlar:
Olma
Sabzi
Kivi
Uzum
Qulupnay
Tayyorlanishi:
Olmaning o‘rta qismi olib tashlangach, ichiga archilgan sabzi joylashtiriladi. Bu archaning asos qismini tashkil qiladi. Qolgan mevalar to‘rtburchak shaklda kesiladi. Meva bo‘laklari tishkovlagichlar yordamida sabzi yuzasiga mahkamlab chiqiladi. Archaning asosiy bezagi bo‘lmish yulduzcha esa qulupnaydan tayyorlanadi.
Likop ustida archa
Kerakli masalliqlar:
Yashil uzum
Olma
Malina
Qulupnay
Banan
Zaytun donalari
Tayyorlanishi:
Yashil olmalar bo‘laklab olinadi va tekis likop ustiga archa shaklida joylashtirib chiqiladi. Bo‘sh qolgan qismlar uzum donalari bilan to‘ldiriladi. Qolgan mevalar esa archa o‘yinchoqlari vazifasini o‘tab beradi.
Limonli sichqoncha
Kerakli masalliqlar:
• Limon
• Banan
• Qalampirmunchoq
Tayyorlanishi:
Istalgan turdagi mevalar bo‘laklab chiqiladi va idish ustiga solinadi. Banandan sichqonchaning quloqlari kesib olingach, limon ustiga mahkamlab qo‘yiladi. Qalampirmunchoqdan esa ko‘zlar va burun shakli hosil qilinadi. Tayyor bezak mevalar yoniga joylashtiriladi.
Сообщения из Facebook