Yangi Yil dasturxoniga “siyqasi chiqqan” olivyeni ko’zni quvontiradigan qilib tortish usullari
Yangi Yil dasturxoniga “siyqasi chiqqan” olivyeni ko’zni quvontiradigan qilib tortish usullari
Yangi yil dasturxonini beztish hamma xalqlarda har xil – an’ana va odatlardan kelib chiqqan. Barcha Sobiq Ittifoqi davlatlarida bayram dasturxonida albatta olivye salati to’r to’kib turadi. Jumladan bizning xalqimizda ham dasturxon qanday bezalishidan tashqari olivye va norin birinchi darajali taom bo’lib qolgan.

Bekalar olvyeni siyqasi chiqqan, o’rniga boshqa salat tayyorlayman, deyishlariga qaramay, oila a’zolari doim ulardan mana shu salatni tayyorlashlarini so’raydilar. Yangi Yil dasturxoniga yangilik olib kirmoqchi bo’lgan bekalar bu salatni nostandart, ya’ni o’zgacha bezak bilan tortsalar, hammani hayratda qoldirgan bo’ladilar. O’sha-o’sha salat, biroq boshqacha ko’rinishda.

Guldasta

Guldasta

Klassik olivye salati – faqat tepasiga mayonez surtilgan, sabzavotlardan tayyorlangan shakllar bilan bezatilgan.

Mozaika

Mozaika

Tayyor salat idishga to’g’ri to’rtburchak shaklida joylashtiriladi, usti esa sabzavotlardan kesilgan mayda kubikli shaklchalar bilan bezatiladi. 

Gulchambar

Gulchambar

Pishiriqlar uchun mo’ljallangan shakl beruvchi qolip yordamida salatni idishga halqa ko’rinishida joylashtirish kerak. Ustidan ukrop donachalari va rezavor mevalar bilan bezatish loizim.

Qavatma-qavat

Qavatma-qavat

Qavatli olivye salati eng oddiy usul. To’rtburchak skakldagi qolipga salatning har bir masallig’i qavatma-qavat terib boriladi, har bir qavat terilgandan keyin ustidan mayonez surtiladi. Eng ustiga yashil no’xot teriladi, shakl berilgan sabzi bilan bezatiladi va ustidan maydalangan tuxum sepiladi.

Noodatiy tortish usuli

Noodatiy tortish usuli

Mehmonlarni  yangilik bilan hayratlantirishni xohlasangiz, uni original usulda torting. Salatni nafaqat likopchalarda, balki qaynatilgan tuxumning yarim pallasida ham tortish mumkin. Faqat bunday usul salat masalliqlarini judayam mayda shaklda to’g’rashni talab qiladi.

Aralashtirmasdan tortish

Aralashtirmasdan tortish

Salatni original usulda tortish uchun yana bir g’oya. Idishning tubiga mayonez quyiladi, ustidan esa uchburchak shaklida masalliqlar terib chiqiladi.

Idishlar

Idishlar

Salatni va umuman har qanday taomni tortishda idishlarning ahamiyati katta. Shunday ekan, mehmonlaringizda taassurot uyg’otishni xohlasangiz, olivye salatini chiroyli shisha idishchalarda tortishingiz mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook