просмотров
Kedlning g’oyasi bo’yicha, bayroq butun insoniyatni ifodalashi kerak, shuning uchun bu yerda hech qanday alohida bir mamlakat, tashkilot va shaxs haqida gap bo’lmasligi lozim. Jeyms Kedl butun hayotini ushbu bayroqni ommalashishiga bag’ishladi hamda uni barcha xohlovchilarga tayyorlash va yetkazib berish harajatlarini to’lash evaziga yuborib turdi. Vafotidan avval u bayroqqa jamoatchilik boyligi maqomini berdi, shuning uchun bu bayroqni endilikda turli davlat bayramlari kunida odamlar uylariga osishlari yoki ko’tarib yurishlari mumkin.
AQSH ning Ogayo shtati Yangstaun shahrining ruhoniysi Jeyms Uilyam van Kirk birinchilardan bo’lib 1913 yilda butun dunyo bayrog’ining dizaynini yaratdi hamda bu bayroq bilan Yevropa bo’ylab ikki marta butun dunyo marshlarini o’tkazishga muvaffaq bo’ldi.
Shunga o’xshash yana bir bayroqning namunasi 2000 yilda Enn Kirstayn Ryonxe tomonidan taklif qilinga edi. Bayroq moviy gazlamadan iborat edi, o’rtasida havorang doira, atrofida esa oq xalqa tasviri tushirilgan bo’lib, bu bayroq butun dunyo va undagi hayotning belgisi edi. Bayroq dizaynining soddaligi uni barcha xohlovchilar o’zlari tayyorlab olishlari maqsadiga asoslangan edi.
2006 yilda esa Pol Kerol “World Flag” nomli bayroq namiunasini taklif etdi. Bu bayroq zamonaviy dunyoning globallashuvini bildirib turar edi. Kerollning bayrog’i to’rburchak sakldagi gazlamadan iborat bo’lib, uning markazida dunyo haritasi, atrofida esa 216 ta mamlakat bayroqlarining hamda BMT bayrog’ining tasviri tushirilgan edi.
2015 yilda shvetsiyalik rassom Oskar Pernefeld Yer sayyorasi Xalqaro bayrog’ining o’zi ishlab chiqqan dizaynini taqdim qildi. Pernefeldning g’oyasi bo’yicha, bu bayroq kelajakda koinot ekspeditsiyalarida (xususan Marsga uchish chog’ida) foydalanilishi kerak hamda ikkita maqsadga xizmat qilishi kerak edi. Birinchidan, koinotda Yer sayyorasini ifodalashi, ikkinchidan esa Yerdagi odamlarga bu sayyora millat, davlat chegaralariga qaramasdan hammamizga birdek qadrli ekanligi, biz bir-birimiz hamda ushbu ona sayyoramizni asrab-avaylashimiz kerakligi haqida eslatib turishi kerak edi.
Bayroq to’q moviy rangli matodan iborat bo’lib, unga bir-biri bilan kesishib turuvchi yetti xalqa tasviri tushirilgan. Kesishib turuvchi xalqalarning o’rtasida gul tasviri tushirilgan bo’lib, u Yerdagi hayotni ifodalaydi, kesishmalar esa Yerdagi hamma narsa bir-biri bilan uzviy yoki bevosita bog’liqligini bildiradi. To’q moviy rang esa okeanlarni hamda Yerdagi suvning ahamiyatini eslatib turadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1946 yil 7 dekabrda tasdiqlangan bayrog’i esa moviy rangli matodan iborat bo’lib, o’rtasida Birlashgan Millatlar Tahkilotining belgisini ifodalangan. Oq tusdagi bu belgi bayroqning ikkala tarafida ham tasvirlangan. Ushbu bayroqning keng ommalashganligi sayyoramizning umumiy foydasini ifodalashga xizmat qiladi.
Сообщения из Facebook