просмотров
Praga, Chexiya
Yevropaning mistika poytaxti bo’lmish mazkur hudud Eski shahar nomi bilan yaxshi tanilgan. Aytishlaricha, bu yerda ko’p sonli arvohlarni o’z ko’zlaringiz bilan ko’rishingiz mumkin ekan. Hududdagi Faust uyida bir zamonlar o’z davrining mashhur al-kimyogari sanalgan Eduard Kelli hayot kechirgan. Odamlarning so’zlariga qaraganda, ushbu bino ichiga kirgan har bir kishi kelajakda omad bilan to’qnashar emish.
Bilsangiz, Praga shaxrining ramziy arvohi ham bor. Uni Yaxima Berki ruhi deb atashadi. U hayotlik paytlarida o’zining tanlagan yorini bo’g’ib o’ldirgan. Bugungi kunda arvoh har oyda bir marta Planer ko’chasida paydo bo’ladi va begunoh kelinchak bilan suhbat qurish umidida kezib yuradi. Aytishlaricha kun kelib mazkur hodisa sodir bo’lsa, Yaximaning ruhi ham taskin topar emish.
Altamir g’ori, Santilyana-del—Mar, Ispaniya
Yo’q, bu yerda siz taxmin qilgandek olmoslar ham, qimmatbaho toshlar ham mavjud emas… Ammo qadimiy g’or ichida tosh asriga tegishli suratlar joylashgan. Ular insoniyat tarixidagi birinchi suratlar sirasiga kiradi. Rasmlarda turli jonivorlar, bug'ular, to’ng’iz hamda odamlar ta'svirlangan. Suratlar shunchalik ajoyib usulda ishlanganki, ayrim insonlar ibtidoiy odamlar bunga qodir bo’lmaganliklari, suratlar aslida o’zga sayyoraliklar tomonidan chizilganini aytishadi. Har ne qilganda ham, mazkur suratlar bundan 32-19 ming yil avval ishlangan ekanligi ma’lum.
Boynitse saroyi, Slovakiya
Yevropaliklar orasida mazkur saroyda erkak kishi arvohi yashashi haqidagi shov-shuvlar keng tarqalgan. Turistlar esa u bilan uchrashish umidida yurak yutib saroyga kelishadi.
Yan Palfiy ismli leytenant bir zamonlar ushbu saroyning sohibi bo’lgan va go’zal qizga oshiq bo’lib qolgan. Ammo qiz leytenantning taklifini rad etadi. Tushkunlikdagi oshiq umrining qolgan qismini yolg’izlikda, zohidlik bilan o’tkazgan, boyligining barcha qismini yetimxonalarga tarqatib bergan. Yan boshqalar kani qabristonga emas, o’zining saroyi ichiga ko’milgan. Shu sababli ham uning ruhi hamon saroy yo’laklari orasida kezib yuradi. Aytishlaricha, arvoh ba’zan oppoq libosli ayol bilan birgalikda ko’rinish berar emish.
Ammo bu leytenantning taklifini rad etgan sohibjamol ruhi emas. Ayolning ismi Anna Berna bo’lgan va 30 yillik urush vaqtida dushman tomon askarlaridan birini sevib qolgan. Muhabbati uchun raqiblariga strategik sirlarni aytib bergan, buning oqibatida uni o’limga mahkum qilganlar.
Tergov vaqtida esa Annani shu saroyga olib kelishgan. O’limidan keyin esa uni ham Yanning yoniga dafn qilishgan.
Saroy juda yaxshi holatda saqlangan. Ammo bu yerga asablari bo’sh odamlarning kelishlari mutlaqo tavsiya etilmaydi. Sababi turistlar orasida Yan va Anna bilan to’qnash kelib, yurak hurujiga uchrab qolgan jabrdiydalar ham bo’lgan ekan.
“Lox-Ness” ko’li, Inverness, Shotlandiya
Mazkur ko’l nomi Yevropa xalqlari orasida juda ham mashhur. Bu yerdagi chuchuk suv zaxirasi miqdori Buyuk Britaniyadagi suv zahirasini ortda qoldiradi. Ammo insonlarning ko’lga serqatnov ekanligi sababi bu emas. Aytishlaricha, mazkur ko’lda ulkan mahluq hayot kechiradi. Odamlar unga Nessi deya nom ham berishgan. Taxminlarga ko’ra,maxluq yoki dinozavrlarning tirik qolib ketgan vakillaridan biri, yoki fanga noma’lum jonzod bo’lishi mumkin. Odamlar orasida uni ko’rganlar bor ekanligi aytiladi. Ammo, olimlar bu yerda maxluq yashashi haqidagi fikrni inkor qilishgan.
Drakula saroyi, Bran, Ruminiya
Janubiy Transilvaniyaning tog’li hududida joylashgan mazkur saroyning asl nomi “Bran” bo’lgani bilan uni Drakula saroyi sifatida yaxshi bilishadi. Saroy bir zamonlar turk sarkardalaridan himoya qiladigan qal’a sifatida bunyod qilingan. Keyinchalik u Vlada Sepesha ismli shaxsning rezidensiyasiga aylangan. Ushbu inson mistik romanlar sharofati bilan Yevropada Graf Drakula sifatida nom qozongan. Bugungi kunda saroy asablari metindan bo’lgan sayyohlar uchun ochiq holatda saqlanadi.
Сообщения из Facebook