просмотров
Darvoqe, bir narsaga e’tibor bergan bo’lsangiz kerak – deyarli har bir molniyada uchta katta harf “YKK” tamg’asi bosilgan. Bu sirli qisqartma nima ekanligini bugun bir ko’rib chiqamiz.
O’z jinsi shimingiz, katmoningiz, xatto qishki etigingizga ham bir nazar tashlang: ehtimol bu narsalaringizning hech bo’lmaganda bittasida bir hil yozuvni ko’rasiz. Ajablanarlisi shundaki, “YKK” harflari xatto arzon xitoy sumkachalarida va Hermes brendidagi o’ta qimmat aksessuarlarda ham uchraydi. Bu belgilarning ortida nima yashiringan?
Bu yerda hech qanday ilohiyot yoki massonlar fitnasi yo’q. “YKK” – bu qisqartma. Biroq, lotin harflari yapon nomlanishini anglatadi: “Yoshida Kogyo Kabushikikaisha”. Agarbuni ishchan ingliz tiliga tarjima qilinsa “Yoshida Company Limited” bo’libchiqadi. Lekin, “Yoshida” kompaniyasining molniyalarga nima dahli bor?
Yo’q, yaponlar – molniya turidagi zanjirsimon yopgichlarning ixtirochilari emas. Aslida bu amerikaning Whitcomb L. Judsonkom paniyasining hizmati. U bu ihtironi 1890-yildayoq patentlab olgan. Ammo ikki o’n yilliklar o’tganidan keyin Tadao Yoshida (Tadao Yoshida) ismli uddaburon yapon mavjud bo’lgan molniyalar juda ham bejirim emasligi, juda tez eyilib ketishi va umuman ishdan chiqishini sezib qoldi.
U bu muammoga yapon jiddiyligi bilan yondoshib, o’zining xususiy fabrikasini tashkil etdi. Bu fabrika molniyalarni tubdan boshqacha tarzda ishlab chiqara boshladi. Ishlab chiqarishda latunning maxsus qotishmasi, tasmalar uchun o’zlarining bo’yovchi materiallari ishlatildi. Xattot ishchalarning shakllari ham o’zgardi. Qisqasini aytganda molniyalar hozirgi ko’rinishga ega bo’ldi.
Yangi va juda yuqori sifatli molniyalar to’g’risidagi mish-mishlar juda tez tarqalib ketdi. O’tgan asrning 30-chi yillarida “Yoshida” kompaniyasi to’g’risida kiyimlar va aksessuarlarning eng yirik ishlab chiqaruvchilari allaqachon xabar topib bo’lgan edi. “YKK” harflari minglab buyumlarni bezab turardi. Bugungi kunda esa “Yoshida Company Limited” dunyodagi barcha mavjud molniyalarning yarmidan ko’pini ishlab chiqaradi. Shuning uchun ham sizga boshqa sirli bo’lmagan “YKK”yozuvini deyarli har qayerda ko’rish mumkin.
Сообщения из Facebook