просмотров
To’yimli va foydali
Asosiy ovqatlar oralig’ida bir siqim yong’oq yeyish vaqtincha ochlikni qoldirishga yordam berib, organizmni muhim moddalar bilan ta’minlaydi. Bu juda foydali. Yong’oqlarni kasallikning oldini olish va davolashda, charchoqdan halos bo’lishda, asab buzilganda va uyqusizlikda ham yeyish tavsiya etiladi.
Yong’oq -organizm uchun nihoyatda zarur. Bu mikroelement ilik tizimining sog’lom bo’lishi uchun kerak. Bor to’qimalarda yig’ilib, bo’g’imlardagi og’riq va qaqshashdan forig’ qiladi, sinish havfini kamaytiradi. Yong’oqda gemoglobin miqdorini oshirishga yordam beradigan mis bor. Bu organizm hujayralarining kislorod bilan ta’minlanishi uchun juda muhim, ayniqsa, yaxshi shamollatilmaydigan honada ko’p vaqt o’tkazsangiz.
Mo’jizaviy mag’izlarda shuncha foyda qanday paydo bo’ladi?
Birinchidan yong’oqlarda mineral tuzlar (kaliy, kalsiy va boshqalar) va moddalar almashinuvining tartibga solinishida muhim ro’l oynaydigan mikroelementlar ko’p.
Ikkinchidan, mag’izlar ichak faoliyatini me’yorga soladigan kletchatkaga boy. Ko’ngildagidek ichak yurishi esa organizmdan chiqindilarning tezroq chiqib ketishiga imkon beradi.
Uchinchidan, yong’oqlarda tomirlar uchun zararli to’yingan yog’lar yo’q, ammo foydali yarim to’yinmagan yog’lar bor. Har kuni kamida beshta mag’iz yeydigan odamlarning qonida holesterin miqdori 12 foizga kamayishi isbotlangan.
To’rtinchidan, yong’oqlarda miyaning faol ishlashini ta’milaydigan lesitin ko’p.
Funduk immunitetni mustahkamlaydi va asablarni tinchlantiradi.
Braziliya yong’og’i yoshartiruvchi ta’sir ko’rsatib, onkologik kasalliklarning oldini olishda foydali.
Yeryong’oq esa diqqatni jamlash qobiliyatini oshiradi.
Yong’oq mag’zida ruhiy ziqlikka qarshi kurashishga yordam beradigan magniy, yoshlikni uzaytiradigan E vitamini, qalqonsimon bez faoliyati uchun muhim selen va yod ko’p.
Keshyu yong’og’i ruhiy ziqliklarga qarshi kurashishda yordam beradi.
Yong’oq holesterin miqdorini kamaytiradi, qon aylanishini tezlashtiradi.
Bodom ko’rish qobiliyatini yaxshi asrashga yordam beradi.
Yong’oq bargini ko’p terlashda ishlatish mumkin. Bargni suvda qaynatib olib, terlaydigan joyni shu suv bilan chaysa, terlashni kamaytiradi.
Bundan tashqari milk yallig’lanishida yong’oq barg’idan tayyorlangan damlama bilan og’izni chayish kerak.
Сообщения из Facebook