просмотров
1. Marvaridlar shodasi
Ko'zingiz oldida paydo bo'lgan "eskirmaydigan klassika", "nafislik bilan uyg’un " va "Coco Chanel"ning tasviri sizni chalg'itmasin. Oppoq marvaridlardan taxlangan marjon yoshingizni 2 – 3 yilga kattaroq qilib ko’rsatadi ( ayniqsa kunduz kunlari).
2. Haddan tashqari to’q tusga ega kiyimlar
Juda ehtiyotkor bo'ling. Haki , kulrang –yashil, bodomrang, zaytunrang va sarg’ish jigarrang tuslar hammaga ham ko’rk beravermaydi. Ko’pincha sanab o’tgan ranglarimiz yuzga nosog’lom ko’rinish beradi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, bu ranglar ko’z ostidagi halqachalarga va yuzdagi ajinlarga alohiga urg’u berib qo'yadi.
3. Yozuvlar va "quvnoq" printlar
Yaltiroq ilon, jozibador leopard, o’pich va lab printlari – o'ta keskin holatlar. Albatta, bugungi kunda printni "san’at" deya atay olamiz. Lekin libos tanlashdan avval hozirgi kundagi kolleksiyalar bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi. “ Bozor ” uslubi yosh qizni ham katta yoshli ayolga aylantirishi hech gap emas.
4. Bitta garnitura vositasidagi bezak
Sizning taqinchog’ingiz qimmatbaho bo'ladimi yoki oddiy zargarlik buyumimi, obrazingizda ikkitadan ortiq bir turdagi taqinchoq – jamlanma hisoblanadi. Agar taqinchoqlaringiz katta ko’rinishga ega bo’lsa unday holatda ularning biridan kechganingiz maqulroq.
5. "Yosh" matolari va to'qimalar
Gipyurli kofta , ipak matoli ko’ylak, tveddan tikilgan kostyum, parcha yoki jakkard sotib olishdan oldin diqqat bilan o’ylab ko’ring. Barcha qoidalarda istisno mavjud, lekin bu matolar keksa ayollar uchun ayni muddao desak adashmaymiz.
6. Poyabzal rangiga mos sumka
Ushbi aksiyoma shu qadar eskirganki, oxir-oqibatda didsiz qiyofaga aylangan. Ranglar, materiallar va uslublarning kombinatsiyalarini tanlashda ko'rsatgan tashabbus va tasavvurlaringiz qanchalik yaxshi bo'lsa nur ustiga a’lo nur.
7. Noto'g'ri ko'zoynak doirasi
Ko'zoynak sizni zamonaviy ko'rsatmasligi mumkin, lekin o'zingizni ifoda etish imkoniyatini taqdim qiladi. Hatto mukammal ko'rishga ega bo'lgan omadli kishilarda ham bundan mustasno emaslar. Siz haqiqatan ham o'qituvchi bo'lib ishlasangiz, unda mashhur komediyadagi Kameron Diazning qahramoni sifatida namoyon bo’lishga rozi bo'lasizmi?
8. Urfdan qolgan bosh kiyim
Ba'zan qulaylik va moda o'rtasidagi munosabatlarda murosaga yo'l qo'yilmasligi mumkin. Shunchaki quloqli bosh kiyimlardan, keng qayrilmali qalpoqlardan, tuvak shaklini eslatuvchi qalpoqlardan (ayniqsa gul bilan bo'lsa) voz keching.
9. O’lchimi notog’ri tanlangan kiyimlar
Bu borada faqat ikkita chegara bor: sizga kichik bo’lib qolgan kiyimlar yoki qop shaklidagi keng liboslar.
Birinchisi tor, noqulay bo'ladi va allaqachon sizga tog’ri kelmasligini ko’rsatib turadi. Ikkinchisi (g'ayrioddiy o'lchamda bo'lmasa) bir necha santimetr o'sishni oladi va faqat siz yashirishni rejalashtirayotgan narsani ta'kidlaydi.
10. Eskirgan buyumlar
Shunday narsalar boladiki, huddi “buvilar sandig’i” dan olingan kabi tassurot uyg'otadi va uni “vintaj” deya atay olasiz. Ular siz uchun qadrdon bo'lishi mumkin. Lekin o’tgan yillarning barcha eskirib qolgan modellarini tashlab yuborishni hohlamasangiz garderobdan alohida olib qo’ygan yaxshiroq.
Сообщения из Facebook