10,691
просмотров
просмотров
O'zbek shou biznesida iqtidorli va mahoratli san'atkorlar ko'p. Bu mahoratni yuzaga chiqarish uchun ancha mehnat talab etiladi. Kimningdir san'atga bo'lgan qiziqishi yillar davomida shakllanib kelsa, yana kimningdir iqtidori qon-qoniga singib ketgan bo'ladi, chunki uning qonida san'atkorning qoni oqayotgan bo'ladi. Ushbu maqolamizda san'atkorlar oilasidan chiqqan va shajarani davom ettirgan yulduzlar haqida gapirib o'tamiz.
Aktrisa Muqaddas Xoliqova va onasining kasbini davom ettirgan qizi Zebiniso Xoliqova
Aktrisa Muqaddas Sa'dullayeva otasi Lutfulla Sa'dullayev va onasi Gulchehra Sa'dullayevalarning izidan borib, aktrisalik kasbini tanladi
Ra'no Yarashevaning qizi Madina Mumtoz onasi kabi aktrisa bo'lish bilan birga, yaxshi qo'shiqchi hamdir
Aktrisa Shohida Uzoqova va aktyor Muhammadjon Uzoqovlar oilasida yana bir san'atkor Alisher Uzoqov yetishib chiqdi
Rametovlar shajarasining davomchisi Aziz Rametov
Rejisyor Bahodir Yo'ldoshev va aktrisa Rimma Ahmedovaning o'g'li Bobur Yo'ldoshev
Aktrisa Tamara Shokirova va aktyor Otabek Gaiyevning qizlari Rayhon qo'shiqchi bo'lish bilan birga yaxshigina aktrisa hamdir. Bu uning qonida bor.
Sherali Jo'rayevning o'g'illari Shohjahon va Zohirshoh Jo'rayevlar
O'zbek estradasi primadonnasining yakkayu yagona farzandi onasining izidan bormasa bo'lmaydiyamda
Prodyuser Ravshan Yo'ldoshev qanchadan-qancha yulduzlarni yetishtirishga hissa qo'shdi. Uning san'atga bo'lgan qiziqishi qizi Lolaga ham o'tgan
Aktrisa va rejisyor Zebo Navro'zova ikkita san'atkorni voyaga yetkazib tarbiyaladi - Shohruhxon va Muhammad Ali Navro'zov
Ot izini toy bosar
Mirzabek Xolmedov va o'g'li Oybek Xolmedov
Zokirovlar sulolasining vakili Javohir Zokirov
El ardog'idagi mashhurlar oilasididan yana boshqa ko'plab yulduzlar yetishib chiqqanlar. Ular haqida maqolamizning keyingi sonlarida to'xtalib o'tamiz.
Сообщения из Facebook