просмотров
“Fors-majorlar” seriali yulduzi bo’lgan aktrisa Megan Markl qiroli Eduard VIII va Uollis Simpson nikohlangan paytdan beri Buyuk Britaniya qirollik oilasi tarkibiga kirgan birinchi amerikalik inson bo’ldi. Bundan 81 yil avval Uollis uchun taxtdan voz kechgan, sababi avvalgi qonunlarga uning ajrashgan ayolga uylanishi mumkin emasdi. Hayriyatki 2002 yilda ushbu qonun yo’q qilindi va Garri hamda Meganning to’yiga ham hech narsa qarshilik qilmadi.
Ularning muhabbat qissalari haqidagi ilk xabarlar 2016 yilning noyabr oyida Britaniyaning The Sunday Express nashri sahifalarida paydobo’ldi. Bu avvalgi soxta xabarlar, Garrining avvalgi uchrashib yurgan qizlari haqidagi ma’lumotlardan farq qilmasdi. Ammo 8 noyabr kuni shahzodaning shaxsan o’zi Megan bilan uchrashayotgani haqida rasman xabar berishga majbur bo’ldi. Shu bilan birga u paparatsilardan Marklni ta’qib qilishni to’xtatishlari vainternet olamida sevgan qizi Megan haqida irqiy kamsitishlar paydo bo’lmasligini iltimos qildi. Sababi Megan Markl nomzodi ko’pchilikni hayratga solib qo’ygan, uning noma’lum kelib chiqishi, ajrashgan ayol maqomi (aktrisa 20117 yilda 7 yildavomida uchrashib yurgan insoni prodyuser Trevor Engelsonga turmushga chiqqan va 2 yildan keyin ajrashib ketgan), yoshi (u Garridan 3 yoshga katta), hattoki terisining rangi (uning onasi afroamerikalik, otasi Irlandiyadan) ham Garri muhlislarini yoqa ushlashga majbur qilardi.
Sobiq eri bilan birga
Ilk xabarlar
Garrining OAVganisbatan qilgan iltimosi hech kimning qulog’iga kirmadi va Meganni kuzatish bilan birga uni yangi kuch bilan tanqid qilishga o’tishdi. Garrini butun Britaniya, butun dunyo biladi, u haqida orzu qiladigan qizlar ozmuncha emas, Megan nomini esa shu kunga qadar “Fors-majorlar” seriali muxlislaridan boshqalar eshitmagan ham edi. Keyinroq qirollik eksperti Keti Nixoll “When Harry Met Meghan: A RoyalRomance” (“Garri Meganni uchratganda: qirollarga hos muhabbat qissasi”) hujjatli filmida aytishicha, shahzoda aynan shu serialni ko’rgach aktrisaning maftuniga aylangan va do’stlaridan u bilan tanishtirib qo’yishlarini iltimos qilgan. Ammo ularning ilk marta birga bergan intervyularida Garri ilk uchrashuvga qadar Megan haqida eshitmaganini aytadi.
“Men Meganni bilmasdim, u haqida do’stimiz “Bu Megan Markl” deb tanishtirmaguniga qadar eshitmaganman. Men esa “Yaxshi, u haqida yana biror narsa bilish mumkinmi? U nima bilan shug’ullanadi?” dedim. Chunki shu paytga qadar “Fors majorlar”ni ko’rmagan, Megan haqida biror marta ham eshitmagan edim. Shu sababi u ilk marta xonaga kirib kelganda va uni ko’rganimda hayratda bo’lganman” deydi Garri.
Serial uchun kastingdan o’tish va 7 yilga Torontoda istiqomat qilishdan oldin Megan Los-Andjelesda ota-onasi bilan birga yashagan. Ota-onasi qirollik oilasidan bo’lmasalar ham millionlab boylikka ega bo’lgan va Meganning ovsiniga aylanajak Keytning qarindoshlaridan farqli ravishda aktrisa oddiy, o’rtahol oilada o’sgan va barcha narsaga o’z kuchi bilan erishgan edi. Uning otasi Tomas Markl televidenie mashhur operator bo’lgan, ko’plab mashhur teleshoular vaseriallar ustida ishlagan, shu sababli ham uning bolaligi sahna ortida o’tdi va bu uning kelajagini ham belgilab berdi. Meganni onasi Doriya esa yoga bo’yicha mutaxassis bo’lib, Meganni ushbu yo’nalishga va sog’lom turmush tarziga qiziqtirgan.
Megan onasi bilan
Megan kino olamida kelib qolishi tasodifan kechdi: uning do’sti qiz ishtirokidagi maktab filmini tanish kasting direktorlaridan biriga ko’rsatdi va unga rol taklif qilindi. Megan uzoq vaqt davomida faqatgina epizodik rollar bilan cheklandi. Uning ishi aktrisaga yaxshi daromad olib kelmas, shuhrat onlari uzoqda edi, qo’shimcha ravishda pul topish uchun Markl suratga olish ishlari o’rtasidagi tanaffuslar paytida rassom-kalligrafist va restoranda ofitsiant sifatida ishlardi.
“Ota-onam meni o’sha paytlarda rosa qo’llab-quvvatlashgan. Ular men uchun qayg’urishar, barcha narsani uchma-uch yetkazishar, mening hisoblarimni to’lab yurishardi. Men kalligrafist va ofitsiant bo’lib ishlardim, buni barcha boshlovchi aktyorlar kabi amalga oshirganman. Otam aktyor uchun ish topish qanday qiyin ekanligini tushunar edilar, shu sababli muvaffaqiyatga erishganimda haqiqatan o’zini bahtiyor sezgan” deydi Megan Vanity Fair bilan o’tkazilgan suhbatda.
Shu tariqa Megan va Garri o’rtasidagi aloqalar tasdiqlangach, ularning tanishuvlari ham barchani qiziqtira boshladi. Ular Londonda, umumiy do’stlar davrasida tanishib qolishgan. Juftlikni dizayner Misha Nonu tanishtirgan bo’lib, u Garri bilan maktabda birga o’qigan do’stining rafiqasi, shahzodaning jiyanlari malika Yevgeniya va Beatrislarning dugonasi va Meganning yaqin do’stlaridan biri edi.
Garri va Megan bir necha oy davomida o’z munosabatlarini keng ommadan berkitib yurdilar. Aktrisa avvalgi kabi yashashda davom etdi, shaxsiy The Tig lifestyle blogi uchun postlar yozdi, seriallarda suratga tushdi va Instagramga Garri tomonidan taqdim qilingan moviy taqinchoqni taqib suratga tushirilgan tasvirlarni joylashtirdi. Ushbu bilaguzukni Garrining o’zi ham uzoq vaqt davomida taqib yurgandi, uning Meganda paydo bo’lishi muhabbat qissasining yaqqol dalili bo’lib qoldi. Ularning ilk uchrashuvlaridan keyin Garri Botsvanga safarga ketdi, Megan esa suratga olish ishlarini davom ettirish uchun Torontoga uchdi. Oradan 3 hafta vaqt o’tib Garri uni o’zi bilan Afrika safariga birga borishga ko’ndirdi.
Ularning muhabbat qissalari tasdiqlangach, Garri Meganni shunchalar qattiq himoya bilan o’rab tashladiki, u haqida biror ma’lumot olish mushkul bo’lib qoldi. 2016 yilning noyabr oyida suratkashlar Meganni Kensington saroyi yaqinidagi oziq-ovqat do’konida uchratdilar.
Bu orada Garri ikki haftalik tur bilan Karib orollariga yo’l oldi. U orol premyer-ministrining uyidagi bazmda bo’lgan payti Gaston Braun barchaning oldida shunday dedi:
“Bilishimcha, tez orada yangi malikamiz paydo bo’ladi. Bilishingizni istardimki, sizlarni o’z orolimizga asal oyini o’tkazishga mamnuniyat bilan taklif qilaman”.
U safardan qaytar ekan Londonga emas, Torontoga qarab ketdi. Suratkashlar ularni Yangi yil archasini birga tanlayotgan paytlari uchratdilar.
2017 yilning yanvar oyida Garri sevgan qizini akasi shahzoda Uilyam va kelinoyisi Keyt Middlton, shuningdek malika Sharlotta bilan tanishtirdi. Mart oyida ularning birga tushgan birinchi suratlari paydo bo’ldi.
May oyida Keytning singlisi Pippa Middlton turmushga chiqdi. Tadbirga yaqin qolgan paytlarda turli mish-mishlar ko’paydi. Ularda to’yga Meganning ham kelishi aytilar edi. Megan nikoh marosimida ko’rinmadi, ammo to’y sharafiga uyushtirilgan bazmda ishtirok etdi va suratkashlar qo’liga tushdi.
Iyul oyining oxirgi kunlarida juftlik unashtirish marosimi uchun tayyorgarlik ko’rayotganlari haqida yozishni boshladilar. 4 avgust kuni Megan 36 yoshini nishonlashi kerak edi, OAVning fikricha, bu oila qurish taklifi uchun ham qulay payt bo’lardi. Ammo buning o’rniga Garri unga uzuk sovg’a qilish bilan cheklandi.
Sentyabr oyida Garri Meganni qirolicha Yelizaveta II bilan tanishtirdi.
Noyabr oyining boshlarida Garri Meganning qo’lini so’rashga qaror qildi.
“Bu ajoyib oqshom edi. Biz uyda tovuq qovurish bilan band edik va birdan meni kutilmagan syurpriz hayratga qoldirdi. Bu juda ajoyib, tabiiy va romantik holat edi” deydi Megan.
Keyin esa ular omma qarshisida juftlik sifatida namoyon bo’la boshladilar. Ular Invictus Games sport musobaqasiga birgalikda borishdi va atrofdagilar bilan muloqot qilishdi. Shundan so’ng Meganning “Fors majorlar” serialini tark etayotgani ma’lum qilindi.
27 noyabr kuni Garri va Meganning unashtirilgani Kensington saroyi tomonidan rasmiy ravishda e’lon qilindi. To’y marosimi 2018 yilning 19 may kuniga belgilandi.
Shunday keyin ular omma qarshisiga birgalikda chiqishni boshladilar. Tez orada ularni zamonamizning eng chiroyli juftligi sifatida e’tirof etishdi, to’y hodisasi esaeng uzoq kutilgan tantanalardan biri bo’ldi.
Сообщения из Facebook