просмотров
Bundan tashqari hamisha bir xil mashqlarning tinmay qaytarilishi juda tez jonga tegadi. Unga nisbatan ancha harakatchanroq va hissiyotlarg aboyroq biror narsa bilan shug’ullangingiz kelsa nima qilish kerak? Javob tayyor- zumba!
Zumbaning paydo bo’lganiga deyarli hech qancha bo’lgani yo’q, lekin u darhol butun dunyo bo’ylab, barcha qit’a va mamlakatlarda juda katta miqdorda o’z muhlislari-yu izdoshlarini topib oldi. Bu an’anaviy fitnesning o’rniga dunyoga kelishi bilan ilk mashg’ulotdanoq o’ziga maftun etuvchi juda tetik, shiddatli yo’nalish.
Zumba alomat bir hodisa tufayli paydo bo’lib oqibatda ulkan bir butun raqqoslik yo’nalishiga aylanib ketgan. Uning paydo bo’lishi kolumbiyalik murabbiy Alberto Peresning topqirligiga borib taqaladi. Peres mashg’ulot uchun musiqa yozilgan moslamani unutib qo’ygan. Ushbu vaziyatdan chiqish ilojisini topish kerak edi. Darsning bekor qilib shogirdlarining kayfiyatini buzmaslik maqsadidau mashg’ulotga doim o’z mashinasida eshitib yurgan sevimli musiqasini olib olgan.
Dars juda qiziq o’tgan: murabbiy an’anaviy fitne smashqlaridagi harakatlarni sevimli raqslaridagi harakatlari bilan aralashtirgan. Pirovard natija juda quvnoq va qizg’in raqsning vujudg akelishiga sabab bo’lib qolgan. Uning o’quvchilari mashg’ulotdan keyin hayratda qolgan, biroq ular juda masrur edi. Shuning uchun ham davomini so’rab iltimos qilganlar.
Zumbaning o’zi samba, salsa, bachata, kizomba, reggeton, flamenko, xip-xop va yana ko’p boshqa raqslardagi an’anaviy qadamlar bilan birga fitnes hamda aerobikaning elementlarini birlashtiruvchi juda shiddatli mashg’ulotlar tizimini aks ettiradi. Oddiy mashg’ulot tahminan bir soat davom etadi, raqsning o’zi esa instruktor rahbarligida non-stop tarzida bajariladi. Zumba darslari o’zida salomatlik uchun juda katta jismoniy hamda ruhiy foyda zahiralarini ochib beradi.
Atigi bir soatli dars juda katta miqdordagi kaloriyalarni yoqib yuborilishiga olib keladi. Mashg’ulotlar esa dumba, son, qorin kabi tananing o’ta muammoli qismlariga sezilarli darajada ijobiy ta’sir o’tkazadi. Bu dastur inson o’zini sarvqomat shaklga keltirish, ortiqcha vaznni yo’qotish bilan birga qaytadan ortiqcha semirib ketishni oldinioladi.
Bundan tashqari zumba – barcha mushaklar guruhlari,xatto o’zingiz ham hech qachon bilmagan mushaklarni ishga soladigan a’lo darajadagi sport mashg’ulotidir. Mashg’ulotlar olib borilayotgan paytdagi tez va shiddatli mashqlar mushaklardagi turg’unlik holatlarni oldini olib, qomatni rostlab, chiroyli va chaqqon qadam tashlashni shakllantirishga yordam beradi. Doimiy ravishdagi mashg’ulotlar badanni chog’ holda tutish, mushaklar beldamchasini mustahkamlash va muvofiqlikni rivojantirish imkonini yaratadi.
Shiddatli mashg’ulotlarga jiddiy yondoshish insonning barcha organlari, shu jumladan yurak-qontomir va nafas olish tizimi uchun mislsiz foydalidir. Mashqlar qon aylanishini sezilarli darajada kuchaytiradi, bu esa o’z navbatida butun organizmning faoliyatiga ijobiy ta’sir o’tkazadi.
Jismoniy salomatlikdan tashqari mashg’ulotlar ruhiy salomatlik uchun ham a’lo natijani olib keladi. Zumba inson vujudini eng pozitiv taassurotlar hamda yaxshi kayfiyat bilan to’ldiradi. Bu raqs har kungi stresslarni yengish bilan birga kundalik muammolardan yaxshi ma’noda chalg’ishga yordam beradi. Lotin Amerikasining musiqiy ritmlari ostida bu jo’shqin fitnes-raqs bilan doimiy ravishda shug’ullansangiz, kayfiyatingiz tobora charog’on hamda yorug’ bo’lib o’zgarayotganini, mayda muvaffaqiyatsizliklar esa ortiqcha bezovta bo’lishga arzimas darajada o’z ahamiyatini yo’qotib borayotganini sezmay ham qolasiz.
Zumba bilan shug’ullanish – o’xshash qiziqishlarga ega bo’lgan odamlar orasida yangi tanishlar orttirishning eng a’lo usuli. Yolg’iz odamlar uchun bu sodiq do’stlar orttirib yoqimli muloqot muhitini yaratishning imkonidir. U juda oddiy, alohida tayyorgarlikni talab qilmaydi. Bu mashg’ulot bilan jinsi va yoshidan qat’iy nazar istagan kishi shug’ullansa bo’ladi, chunki mashg’ulotlarga qarshi ko’rsatmalar umuman yo’q. Buning ustiga, raqqoslarning ayrim toifalari uchun bu raqsning bir qator turlari mavjud. Masalan, keksa odamlar yoki orttirib olingan shikastlanish tufayli imkoni chegaralanganlar uchun ancha yengilroq turi – Zumba gold mavjud.
Bolalar uchun Zumba kids hamda Zumba yunior dasturlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, stul, gantel, step-platforma kabi qo’shimcha narsalardan foydalangan holda va xatto Akva zumba deb ataladigan suvda bajariluvchi muvofiqlashtirilgan ko’rinishlari ham mavjud. Faqat bittagina talab – agar Zumba bilan jiddiy shug’ullanmoqchi bo’lsangiz, buni tajribali murabbiy rahbarligida olib borish lozim. Raqsning turlari juda ko’p. Har bir murabbiy raqsga qandaydir yangilik kiritishi hisobiga bir hil darslar umuman kuzatilmaydi. Zumba hech qachon zerikarli bo’lishi mumkin emas! U har qanday insonni bir zumda sehrlab, o’ziga asir qilib oladi. Har bir mashg’ulot juda quvnoq hamda vaqtichog’lik bilan o’tishini hisobga olinsa mashg’ulotlardan keyin charchoq o’ta minimal va mislsiz yoqimli bo’lib tuyuladi.
Xullas, zumba –bu sog’lom turmush tarzini olib borishga intilganlar hamda doimo kelishgan va qaddi-qomati raso bo’lishning istaganlar uchun eng a’lo tanlov. Agar siz o’z hayotingizga yangicha tus berish bilan birga nekbinlikni qo’shishni, doimo sog’lom va bahtiyor bo’lishni istasangiz mana shu modaga oid va juda foydali mashg’ulotlar bilan shug’ullanishga kirishing. Shunda hayotingizga yanada ko’proq zavqu shavq qo’shilib, kayfiyatingizda esa darhol ijobiy o’zgarishlar davri boshlanadi!
Сообщения из Facebook