O'zbek shou-biznesidagi yorqin yulduzli juftliklar
O'zbek shou-biznesidagi yorqin yulduzli juftliklar
Shou-biznes olami barchamizni qiziqtirsa kerak. Agar ushbu olamda mashxurlar oila qursalar bu yanada hursandchilik ulashadi. Kelin hozir siz bilan yulduzli juftliklarimizga nazar solamiz.

Shoxruhxon va Asal Shodieva juftligi

Maftunkor aktrisa Asal Shodieva va xalqning sevimli Estrada xonandasi  Shoxruhxon hozirda baxtli oilalar qatoridan o’z o’rnini topgan. Ularning turmushi haqidagi habar albatta barchani lol-u hayron qoldirgan. Ular 2016-yil 5 –iyun sanasidan buyon bir oila bo’lib yashab kelmoqdalar.

Sevara Solieva hamda Ma’mur Sultonov

Ushbu juftlikning nikoh to’yi bo’lganiga ushbu yil roppa rosa 7 yil to’ladi. Taniqli aktrisa Sevara va honanda Ma’mur 2013-yil 23-oktyabrda nikohdan o’tganlar. Bugungi kunda ushbu baxtli oilaning ikki nafar o’g’il farzandi bor.

“Oybek va Nigora” juftligi

Endi ularning ismlari nafaqat bir guruhda birga balki hayotlarida ham yonma-yon bo'lib kelmoqda. Ushbu yulduzli oila 2015-yilning 21-noyabrida hayot yo’llarini ham tutushtirishgan. Bugungi kunda ular ikki nafar shirin o’g’illarning baxtli ota-onasidir.

Dilso’z va Farruh Raimov

Honanda Dilso’z va Farruh Raimov 2015 – yil 21-aprelda oila qurdilar. Ularning ikki nafar qiz va bitta o’gil farzandlari bor. Ha, aytgancha ular to’ng’ich  qizlariga Dilso’z deya ism qo’yganlar (Dilso’z taxallusi bilan ijod qiluvchi honandamizning asl ism sharifi – Go’zal Jumaniyozova).

Rayhon G’aniyeva hamda Farxod Alimov

Ikki  yorqin yulduzlarimiz 2016-yilning 5-noyabrida turmush qurganlar. Ular uchun bu turmush ikkinchisi bo’lsa ham (ikkisi ham birinchi turmushidan ajrashgan) hozirda ular juda baxtli hayot kechirishmoqda.

Sanjar Matkarimov va Ruhshona

Estrada yorqin yulduzi Ruhshona va klipmeyker Sanjar 2014-yilda turmush qurishgan. Bugungi kunda ular birgalikda ijod qilib shirin – shakar farzandlarini birgalikga voyaga yetkazmoqdalar.

“Via Sharq” guruhi ijodkorlari Sarvar Akbarov va Tatyana Zeytseva

Sarvar vaTatyana Via Sharq guruhida birga ijod qilishgan. Ular 2011-yildan buyon bir oila bo’lib yashab kelmodalar. Bugungi kunda ikki nafar farzandning baxtiyor ota-onalaridir.

Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sadullaeva

Bu Yigitalining uchinchi Muqaddasning esa ikkinchi turmushi. Ular bir nafar og’il va shiringina qizaloqning ota-onalariga aylanib ulgurishgan. Baxtiyor oilaga biz ham cheksiz shodlik tilab qolamiz.

Shirin va Nodir Zaitov

2019-yildagi eng ajoyib to’y bu ikki yulduzning unitilmas visol kechasi edi. Ularning so’zlariga qaraganda ularning muhabbat tarihi 10 yildan buyon davom etib kelmoqda ekan. Porloq yulduzlarimizga oilaviy hayotlarida bitmas tuganmas baxt tilab qolamiz!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook