Xitoydagi O'zbekistonlik talabalar soni qancha?
Oʻzbekistonlik talabalarning sogʻligʻi bilan bogʻliq hech qanday shikoyatlar mavjud emas. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.

Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mutasaddilaridan ayni kunlarda Xitoyda boʻlib turgan oʻzbekistonlik yoshlar ahvoli haqida maʼlumotlar oldi, deb xabar qilgan Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.


Ushbu maʼlumotlarga koʻra, hozirda Xitoyning koronavirus tarqalgan murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan hududida 72 nafar oʻzbekistonlik talaba mavjud boʻlib, ular bilan mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi, Bosh konsulxonasi xizmati xodimlari hamda universitet maʼmurlari tomonidan doimiy muloqot olib borilmoqda.

Oʻzbekistonlik talabalarning sogʻligʻi bilan bogʻliq hech qanday shikoyatlar mavjud emas. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 170 kishiga yetgan, virusni yuqtirganlar soni — 7,711 nafar deb qayd qilingan, Tibetda ham koronavirusni yuqtirganlik boʻyicha birinchi holat qayd etilgan.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations