Pissani qanday qilib tez tayyorlash: bu mazali taomning asosiy sirlari va reseptlari
Pissani qanday qilib tez tayyorlash: bu mazali taomning asosiy sirlari va reseptlari
Piiiisaaaa. Birgina bu so'zni yodga olgandayoq, ishtaxamiz ochilib, mayin xamir va erigan pishloqli hushbo'y, mazali pissa haqidagi hayollar bizni tark etmay qo'yadi.
Lekin, odatda sotib olinadigan pissa mazali bo'lmaydi, o'zimiz tayyorlasak, uzoq vaqt oladi. Shu sababli, shirin pissa yeyish istagi amalga oshmaganicha qolib ketadi. Ammo, bularning bari o'tmishda qoldi. Bugun biz sizlarga pissani qanday qilib tez tayyorlash haqida gapirib beramiz, hamda uni tayyorlash reseptlari va sirlari bilan o'rtoqlashamiz.

Pissani qanday qilib tez tayyorlash: umumiy tavsiyalar

Pissani qanday qilib tez tayyorlash: umumiy tavsiyalar
Tez tayyorlanadigan pissa sizdan 15 dan to 40 daqiqagacha vaqt talab etadi. Hammasi taomingiz uchun siz ishlatishga qaror qilgan xamirdan va nachinkasiga bog'liq bo'ladi. Oxirgisi uchun muzlatkichda behuda turgan barcha narsalar to'g'ri keladi: sabzavotlar, go'sht, farsh yoki vetchina bo'lagi. Siz faqat maxsulotlarning yangi ekaniga ishonch hosil qilish qoladi. Faqat shundagina tayyor bo'lgan taom haqiqatdan mazali chiqadi. Alohida e'tiborni pishloqqa qarating: aynan shu maxsulot asosiy ingredient bo'lib, pissaga mayin va yumshoq ta'm beradi. Pissa uchun yaxshisi pishloqning qattiq turlarini tanlagan afzalroq. Yana bir omadli variant bu - mosarella, u xamirga shimilib ketadi va nachinkani bitta butun qilib yig'adi. Pissa uchun eng oddiy va keng tarqalgan sous bu - tomat sousidir. Siz uni yangi pomidorlardan, sifatli tomat pastasidan yoki uy sharoitida tayyorlab qo'yilgan zagotovkalardan tayyorlashingiz mumkin. Nachinka uchun maxsulotlar siz qo'llamoqchi bo'lgan reseptingizdan kelib chiqqan holda tanlanadi. Vegetarian pissasi uchun turli xil sabzavotlar aralashmasi to'g'ri keladi. Tomat pastasi go'sht maxsulotlari bilan juda yaxshi mos keladi. Klassik "Margarita" uchun sizga atigi 3 ta ingredientlar kerak bo'ladi (pishloq, bazilik va tomat). Tovuq go'shtini qo'ziqorinlar bilan birga qo'llagandek, ananaslar bilan ham qo'llash mumkin, agarda siz gavay pissani yaxshi ko'rsangiz, va hakazo.

Tez tayyorlanadigan pissa uchun xamir

Tez tayyorlanadigan pissa uchun xamir
Yupqa, mayin xamir yogurt yoki kefir asosida yaxshi chiqadi. Bunday xamirning ajoyib ta'mga qo'shimcha asosiy qulayliklari bu - tayyorlashda juda tez va muzlatkichingizda deyarli doim bor bo'ladigan ingredientlarning minimal kerakligida. Yogurt asosidagi tez tayyor bo'lgan xamir uchun bizga: Un - 1stakan. Tabiiy, qo'shimchalarsiz yogurt - 1 stakan. Razrixlitel - 1 choy qoshiq to'la. Tuz, muruch - tabga ko'ra. kerak bo'ladi. Un, yogurt, tuz va muruchlarni aralashtirib xamir tayyorlang. Uni yuzasiga un sepilga stolga qo'ying va o'znigizga kerak bo'lgan shaklga keltirib yoying. Bu yengil drojjasiz xamirga alternativa bo'lib kefir asosida tez tayyor bo'ladigan xamir bo'la oladi. Uni tayyorlash uchun bir oz ko'proq masalliqlar kerak bo'ladi, biroq u ham yuqoridagi yogurt asosidagi xamir kabi onson tayyorlanadi. Agarda sizning uyingizda drojjilar bor bo'lsa, siz bir zumlik drojjili pissa xamirini qilib ko'ring: tayyorlash uchun ingredientlarning minimal miqdori va atigi besh daqiqa vaqt. Tez tayyor bo'ladigan drojjili xamir uchun bizga: Un - 3 stakan. Suv - 1 stakan. Drojji - 1 ta paketcha. Zaytun yog'i - 3 osh qoshiq. kerak bo'ladi. Tez tayyor bo'ladigan xamir uchun yana bir variant - mayonez asosidagi tez tayyor bo'ladigan xamir. Mayonez asosida tez tayyor bo'ladigan xamir uchun bizga: Un - 1 stakan. Mayonez - 4 osh qoshiq. Tuxum - 2 dona. Smetana - 4 osh qoshiq. Soda - 1/2 choy qoshiq kerak bo'ladi. Tuxumlarni ko'pirtiring, so'ng unga smetana va mayonez qo'shing va bir tekkis aralashma hosil bo'guncha yaxshilab aralashtiring. Elangan unga soda qo'shing va ularni tuxum, mayonez, smetanali massa bilan aralashtiring. Massani yaxshilab aralashtiring, so'ng yog'langan tovaga soling. Bunday xamirli pissa 10 daqiqaga yaqin vaqt ichida tayyor bo'ladi.

Duxovka tez tayyor bo'ladigan pissa

Duxovka tez tayyor bo'ladigan pissa
Kefir yoki tabiiy yogurt asosida tez tayyor bo'ladigan xamirdan pishadigan pissa yarim soatdan ko'p vaqt kerak bo'ladi. Xamirni listga solishdan avval albatta pergament qog'ozini ishlating. Sousni qo'shing va nachinkani soling, so'ng qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni masalliqlar ustiga seping. Temperatirani 200 darajadan oshirmang - u holda pissa tez quyib qoladi. Hamda pissa ham tepasi ham pasida bir tekkis pishishini nazorat qiling. Sizga tez tayyor bo'ladigan pissaning reseptlari termamizni havola qilamiz: birinchidan, bu pissa-tartiflet - juda ham original va mazali fransuz va o'rtayer dengizi oshxonalari uyg'unligi; ikkinchidan, o'rmon qo'ziqorinlarili oddiy pissa; uchinchidan, salyami, pishloq va shampinyonlar bilan haqiqiy uy sousili tez tayyor bo'ladigan ajoyib va oddiy pissa. Bu reseptlarning bari tayyorlash uchun sizdan 20 daqiqadan ko'p vaqt olmaydi. Tayyor bo'lgan taom esa, o'zining ajoyib ta'mi bilan sizni hayron qoldiradi. Yana bir ajoyib yechim - ananas va vetchinali ekspress-pissa. 15 daqiqa va taom tayyor!

Tovada pishadigan tez tayyor bo'ladigan pissa

Tovada pishadigan tez tayyor bo'ladigan pissa
Tovada pishadigan tez tayyor bo'ladigan pissa uchun mayonez va smetana asosida tayyorlanadigan xamir to'g'ri keladi. Uning reseptini yuqoriroqda topishingiz mumkin. Xamirni yog' surtilgan tovaga solinadi, sous va bo'lajak pissaning hamma kerakli ingredientlarini qo'shing, qirg'ichdan o'tkazilgan pishloqni ustiga sepib 10-15 daqiqa qovuriladi. Aytganday, tovada pishiraladigan tez tayyor bo'ladigan pissaning ajoyib varianti bo'lib kartoshkadan qilinadigan pissaning resepti bo'la oladi. Siz hattoki, xamir tayyorlash uchun vaqt sarflashingiz ham kerak bo'lmaydi: minimal qo'shimcha ingredientlar ishlatgan holda, kartoshka asosida ajoyib va original pissa 15 daqiqada tayyor bo'ladi.

Mikroto'lqinli pechda pishadigan tez tayyor bo'ladigan pissa

Mikroto'lqinli pechda pishadigan tez tayyor bo'ladigan pissa
Tezkor pissani hattoki, mikroto'lqinli pechda ham tez tayyorlash mumkin. Bu taomning mikroto'lqinli pechda tayyorlanishining asosiy afzalliklari hayratga soladi: pissa kuyib ketmaydi, ham ichidan, ham tashqarisidan bir tekkis pishadi, bunday pissa uchun har qanday xamir - drojjili, drojjisiz va hatto, qatlam-qatlamli ham to'g'ri keladi, nachinkasi esa, turli xil bo'lishi mumkin. Pissani pishish uchun oldindan qizdirib qo'yilgan mikroto'lqinli pechga qo'ying (bir stakan suvni 2 daqiqaga isitishga qo'ying). Pissa uchun yaxshisi chuqur idish tanlaganingiz va uni folga bilan ustini yopish kerak (folga xech qanday sharoitda pechning devorlariga tegmasligi kerak). Taomni ustiga pishloqni u tayyor bo'lgandan keyin seping, bundan so'ng, agar, zarurat bo'lsa, pechga yana 2 daqiqaga, yuqori quvvatda, isitishga qo'ying. Mikroto'lqinli pechda pissa tayyorlayotganda sousga albatta, alohida e'tiborni qaratish kerak. Agar, u yetarli darajada bo'lmasa, pissa quruq va bemaza bo'lib chiqadi. Sousni pissaning asosiga surtish uchun hamda, nachinkani tayyorlash uchun ishlating: shu holda tayyor taom sersuv va haqiqatda shirin bo'lib chiqadi. Drojjisiz xamir asosidagi tezkor pissa mikroto'lqinli pechda 10 daqiqada pishadi; drojjili xamir asosida esa, - undan ham tezroq: atigi 5-6 daqiqada, maksimal quvvatda tayyorlagan holda. Taomning tayyor bo'lganini tekshirgach, siz doim uni qo'shimcha tayyorlash vaqtiga qo'yishingiz mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook