Nufuzli Nobel mukofoti, shubhasiz, dunyodagi eng obro'li mukofotdir. U har yili madaniy, ilmiy va akademik yutuqlarga erishishgan odamlarga in’om etiladi. Mukofotdorlar orasida roentgen nurlarining ixtirochisi Wilgelm Rentgen, Isroil Prezidenti Shimon Peres, rus olimi Ivan Petrovich Pavlov, nazariy fizik Albert Eynshteyn kabi mashhur shaxslar bor.
Baxtsiz hodisa
Sizga ma'lumki, Nobel mukofoti Alfred Nobel tomonidan asos solingan, ammo juda kam odam undan oldin nimalar sodir bo’lganini biladi. Alfred Nobel 1833 yilda Stokgolmda, muhandis oilasida tug'ilgan. Uning otasi Emanuel Nobel tunnel va ko'prik qurilishiga ixtisoslashgan. Alfred yoshi ulg'ayganida, u otasining oilaviy biznesida birodarlari bilan ish boshlagan. Tog’li hududlarda yo’llar qurish uchun o'sha paytlarda nitrogliserin va porox kabi portlovchi qurilmalar ishlatilgan. Ammo muammo shundaki, nitrogliserinning uzoq joylarga ko'chirilishi juda xavfli bo'lganligi, chunki u kichik siljishlarga nisbatan juda sezgir. 1864 yilda ishchilar otasining fabrikasida nitroglitserinni ko’chirayotganlarida, oltita odamning hayotini, jumladan, Alfredning ukasi Emil Nobelning hayotiga zomin bo'lgan portlash sodir bo'ldi.
Yangi ixtiro
Voqea sodir bo'lganidan keyin, yosh Alfred portlovchi qurilmani xavfsizroq, yanada kuchli, lekin osongina ko'chirish mumkinligi haqida o'ylashni boshladi. Kimyo sohasida ba'zi bilimlarga ega bo'lib, u tajriba qilishni boshladi. Va bir kuni, nitrogliserin tasodifan diatomli cho'kindi tog’ jinsiga to'kilib ketdi. Natijada, kutilgan qorishma qo'lga kiritildi, va uni tashish ham yengillashdi. Bundan tashqari, portlashning kuchi, nitrogliserindan kam emas edi. Vaqt o'tishi bilan, Alfred Nobel yana bir necha boshqa moddalardan foydalangan holda, avvaliga Nobelning xavfsiz kukunini deb nomlagan portlovchi qurilmani patentladi. Bir oz vaqt o'tgach, Alfred ixtirosini yunoncha Dinamit deb atashga qaror qildi. Ushbu modda bir zumda ommabop bo'lib, turli maqsadlar uchun osonlikcha ishlatilishi mumkin edi. Nobel o'z kashfiyotini faol ravishda e'lon qildi. U yangi portlovchi moddalarning ommaviy namoyishlarini o'tkazdi, shuningdek, uning qanday ishlashi haqida ma'ruza qildi.
Qo’rqinchli qurol
Qisqa vaqt ichida dinamit ixtirosi Alfredga shon-sharaf va katta pul keltirdi. Dastlab, dinamit sanoat maqsadlarida minalarni zararsizlantirish, yo'llarni qurish va eski binolarni yiqitish uchun ishlatilgan. Keyinchalik uning kuch va imkoniyatlarini ko'rib, dinamit harbiy maqsadlarda faol ishlatildi. Alfredning tinchliksevar fikrlarga ega bo'lishiga qaramasdan, katta pullarning vasvasasi dinamit va boshqa turdagi portlovchi qurollar ishlab chiqarish uchun to'qsondan ziyod zavod va fabrikani ochganiga olib keldi.
Salbiy shon-shuhrat
1888 yilda Kannda davolanish paytida Alfredning akasi Lyudvig Nobel vafot etdi. Keyin, jurnalistlarning xatosi bilan, frantsuz gazetalaridan biri Lyudwigga qaratilgan maqolani Alfred Nobelga qaratib e'lon qildi. Unda "O’lim savdogari o'likdir!" deb boshlanadigan so’zlar yozilgandi. Muallif maqolada Alfredni dinamit ixtirosi va undan keyingi ko'plab o'limlarni qattiq tanqid qilgan. Muallif, Alfred Nobelning, eng qisqa vaqt ichida eng ko'p odamlarni qanday qilib yo'q qilish yo'lini kashf qilganligi sababli juda boy odam ekanligiga g'azablandi. Muallif ixtirochini "qonli millioner", "o'lim savdogari" va "dinamit qiroli" deb atagan.
Bu maqola Alfred Nobelni qattiq larzaga keltirdi. U shunchalik xafa bo’ldiki, o’limidan keyin o’zi haqida umuman boshqacha shuhratni qoldirmoqchi bo’ldi! Alfred samimiy xohlardiki, uni kuchli qurol kashfiyotchisi sifatida emas, balki yer yuzida tinchlik uchun o'z hayotini bag'ishlagan bir inson sifatida eslab qolishlarini xohlardi!
Ezgulik vasiyati
27 noyabr, 1895 yilda Parijda Shvetsiya-Norvegiya klubida Alfred vasiyatga qo’l qo’ydi, va unda yozilishicha, 31 million shved markalariga yaqin (bugungi kunda – taxminan 472 mln$) – o’z boyligining 94% - fizika, kimyo, tibbiyot, adabiyot sohalarida yutuqlarga erishganlarga, shuningdek, tinchlikparvarlik faoliyatini olib borgan odamlarga mukofot tariqasida berilishi lozim bo’lgan.
Vasiyatda yozilishicha: «Men, Alfred Bernhard Nobel, muzokara qilib shunday qaror qildimki, o’z mulkimga tegishli vasiyatimni e’lon qilaman… Pullarni mening ijrochilarim, qimmatli qog’ozlarga aylantirib, fond yaratib, uning foizlarini mukofot sifatida bir yil ichida insoniyatga eng katta foydani keltirgan insonlarga berishlari kerak bo’ladi.
Ko’rsatilgan foizlar besh teng qismga bo'lingan bo'lishi kerak: birinchisi - fizika sohasida eng muhim kashfiyot yoki ixtiro, ikkinchisi - kimyo sohasida, uchinchi - fiziologiya yoki tibbiyot sohasidagi, to'rtinchisi – insoniyat qadr-qimmatlari aks ettirilgan eng muhim adabiy asar yaratganga, beshinchi - odamlarni birdamligiga, qullikni bekor qilgan,mavjud harbiy qo’mondonlar sonini kamaytirgan va tinchlik bitimi targ’ib qilganlarga berilsin.
... Mening asosiy xohishim shundan iboratki, mukofotlarni taqdirlashga nomzod millatining aloqasi bo’lmasin, mukofotni eng munosiblar, skandinav bo’lish bo’lmasligiga qaramasdan, olishlari mumkin bo’lsin».
Shunday qilib, dunyodagi eng obro'li mukofot - Nobel mukofoti dunyoga keldi. Bugungi kunda, Nobel mukofoti 1,4 million dollarga teng bo'lgan pul mukofoti va Alfred Nobel tasvirlangan oltin medal g'oliblariga yillik taqdirlanadi!
Ma'naviyatga ehtiyoj
Aytishlaricha, Nobel mukofotini tasdiqlashdan oldin, uning millionlab dollar pullariga qaramay, Alfred depressiyadan aziyat chekardi. U uylanmagan, yaqin do'stlari bo'lmagan. Uning yagona do'sti Parijdagi protestant cherkovining ruhoniysi Natan Sederblom edi. Bilimli odamlarning hikoyalariga ko'ra, u Alfredni qurolbardordan xayr-madadkorga aylanishida katta rol o'ynagan edi. Sederblomning va'zini eshitib, cherkovga muntazam tashrif buyurib, xayr-ehson qilishni boshlagan Alfred hissiy holatini ancha yaxshiladi.
So’z oxirida
Ko'p odamlar Nobel mukofoti singari narsani tashkil qilish uchun 472 million dollarga ega emaslar, lekin boshqalarga chin yurakdan yaxshilik qiladiganlar o’zlaridan keyin unutilmas iz qoldiradilar. Djon Maksvell bir marta shunday dedi: "Insonning hayotida eng muhim ikki muhim kuni bor - birinchisi, u tug'ilganida, ikkinchisi nima uchun tug’ilganini bilganida."
Сообщения из Facebook