Asrab olgan oilalarda tarbiya olgan 6 ta mashxur odamlar
Asrab olgan oilalarda tarbiya olgan 6 ta mashxur odamlar
Ko'pgina mashxur odamlar butun dunyodan bolalarni, ularga yaxshi hayotga ega bo'lish uchun imkon berish maqsadida, asrab olishadi. Lekin, mashxurlar orasida shundaylar borki, ularni o'zlarini begona odamlar o'z oilalariga qabul qilib olganlar.

Biz, oxirida baxtli yakun bilan tugagan, 6 ta asrab olish haqidagi hikoyalarni eslashga ahd qildik. Ularda asrab olingan bolalar omad va e'tirofga erisha olganlar. 

Stiv Djobs va uning biologik otasi Abdulfattax (Djon) Djandali

Stiv Djobs va uning biologik otasi Abdulfattax (Djon) Djandali

Stiv Djobs 1955 yil 24 fevralda San-Fransiskodagi xususiy shifoxonada dunyoga keldi. Uning biologik onasi, talaba Djoan Shible, ota-onasining bosimi tufayli go'dakdan vos kechishga majbur bo'lgan edi. Uning ota-onasi qizlari, Siriyada tug'ilib o'sgan, Abdulfattax Djandalidan homilador bo'lganini bilganlaridan so'ng, Djoanni me'rosdan maxrum qilish bilan qo'rqitganlar. 

Stivning aynan asrab olgan otasi Pol Djobs, bolaga elektronikaga bo'lgan mehrni singdirdi va ta'limini to'lab bergan. Shu bilan u Stivga dunyoning barcha yo'llarini ochib berdi. Stiv Djobsning o'zi uning ota-onasini "asrab olgan" deb ataganlarini juda ham yoqtirmagan: "Ular mening haqiqiy ota-onam - 100 % ga". 

Nikol Richi va uning biologik otasi Piter Maykl Eskovedo

Nikol Richi va uning biologik otasi Piter Maykl Eskovedo

Nikol Richining ota-onasi uni 3 yoshigacha tarbiyalashgan, so'ng esa, qizaloqni, o'z do'stlari, Layonel Richiga vasiylikka berishdi. Bu ularning oilalarining og'ir moliyaviy ahvoli bilan bog'liq bo'lgan edi - Nikolning ota-onasi qizaloqlarini hamma kerakli narsalar bilan ta'minlab bera olmas edilar. Oradan 6 yil o'tib, Layonel Richi va uning rafiqasi Brenda Xarvi-Richilar qizaloqni rasman asrab olganlar. Uning cho'qintirgan otasi bo'lib esa, Maykl Djeksonning o'zi bo'ldi. 

Intervyularidan birida Nikol "Mening ota-onam Layonel bilan do'st edilar. Ular meni yangi oila yaxshiroq ta'minlashiga ishonar edilar" deb tan olgan. Uning so'zlariga qaraganda, u xozir ham o'zining biologik onasi bilan muloqot qilar ekan.

Djeymi Foks

Djeymi Foks

Kelajakda mashxur amerikalik akter, Djeymi Foks Texasda, Luiza Dikson va Derrel Bishoplarning oilasida tug'ilgan. Dunyoga kelganidan so'ng tez orada ota-onasi Djeymidan vos kechishdi va uni Mark Telli va Esfir Marilarning asrab oluvchi oilalariga tarbiyaga berishgan. 

U "qora kvartal" da o'sdi va u ga eng ko'p ta'sirni uning buvisi o'tkazdi. Aynan u bolada san'atga mehr uyg'otgan, fortepianoda o'ynashni o'rgatgan va uning kolledjda klassik musiqani o'rganishga qaror qabul qilishiga ta'sir qilgan.

Rey Liotta

Rey Liotta

Reyning biologik ota-onasi undan, oilasining ahvoli o'ziga bola tarbiyalashga yo'l bera olmagani sababli, vos kechgan edi. Bolakayni o'ziga to'q italiyalik juftlik asrab oldi. Buning sharofati bilan Rey chiroyli familiya va mehribon oilaga ega bo'ldi. U bilan birga italiyaliklar Linda ismli qizchani ham asrab olishdi. Shunday qilib Reyda bir vaqtning o'zida ham singil ham ota-ona paydo bo'ldi. 

Koko Shanel

Koko Shanel

Dunyodagi eng mashxur modelyer-ayol 1883 yili Somyurda tug'ilgan. Uning ota-onasi o'z farzandlarini ta'minlab bera olmas edilar (Kokodan tashqari oilada yana 4 nafar bola bor edi), shuning uchun bolalar asosan vaqtni ko'p sonli qarindoshlarinikida o'tkazardilar. 

Koko atigi 12 yoshga to'lganida, uning otasi oilani tashlab ketdi. Hamda qizaloqni bolalar uyiga so'ng esa, katolik monastiriga va oxiri internatga berib yuborishdi. Kokoning so'zlariga ko'ra, aynan shu bo'lajak kasb tanlashda turtki bo'lgan ekan: butun umr kul rang mayus forma kiyishga majbur Koko, dunyo ayollarini hammasini chiroyli kiyintirishni orzu qilgan edi.

Djon Lennon

Djon Lennon

Djon tug'ilganidan so'ng, oradan ko'p o'tmay ota-onasi ajrashib ketishdi. Onasi o'ziga yangi odam topganida esa, bolakayni uning xolasi Mimi va uning turmush o'rtog'iga tarbiyalashga berib yuborishdi.

Lennonning so'zlariga ko'ra, Mimi juda qattiqqo'l bo'lgan bo'lib, bolakayning gitara bilan qiziqishini ma'qullamagan ekan. Djon yodga olganidek, Mimi : "Gitara bu yaxshi narsa, lekin u senga hayot uchun pul topishga yordam bermaydi!", deb qaytarishni yaxshi ko'rar edi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook