просмотров
Familiyadan foydalanish
Avvallari qirol oilasi a’zolarida umuman familiya bo’lmagan, ular faqatgina shaxsiy ismlari va o’zlariga tegishli bo’lgan sulola ismlaridan foydalanishgan. Bu holat 1917 yilgacha, ya’ni Yelizaveta II ning bobosi, qirol Georg V Vindzor familiyasini qirol oilasining rasmiy familiyasi deb e’lon qilguniga qadar davom etgan. Lekin hozirda qirolicha va uning yaqin qarindoshlari o’z familiyalaridan foydalanishmaydi – bu familiya ularga shunchaki kerak emas.
Pasport mavjudligi
Pasport Britaniya qirolichasiga xuddi familiya kabi ko’p ham keragi yo’q. “Eng muhim hujjat”ning yo’qligi qirolichaga byurokratik rasmiyatchilikni va butun dunyo bo’ylab erkin harakat qilishga inkon beradi. Bu hujjatning boshqaradigan monarxda bo’lishi ham mumkin emas, chunki, o’z o’ziga pasport berishni iloji yo’q negaki u Oliya janoblari tomonidan beriladi. Chegarani kesib o’tib uchun esaYelizaveta II shunchaki uning portreti bosib chiqarilgan biron-bir pul kupyurasini ko’rsatsa bo’lgani.
Avtomobilni boshqarish huquqi
Qirolicha yana bir hujjatsiz bemalol yura oladi, va bu – haydovchilik guvohnomasi.Qirolicha Yelizaveta II ga haydovchilik guvohnomasiz mashina haydash ruxsat beriladi, ammo shunga qaramasdan, guvohnoma unda bor – biz hatto uning rasmini ham topdik. Guvohnoma qirolichaga 1945 yilda, Ayollar yordamchi territorial bo’limida mexanik va tez yordam mashinasi haydovchisi bo’lib ishlaganida, hali o’sha vaqtda malika Yelizaveta bo’lganida berilgan.
Qiziq fakt:1998 yilda qirolicha Saudiya Arabistonning bo’lajak qirolini uning avtomashinasida shamol kabi tez aylantirib kelganida uni qo’rqitib yuborgan edi. Merosxo’r shaxzoda qirolichani tezlikni kamaytirishini undan iltimos qilgan edi – u bunaqa holatni qirolichadan umuman kutmagandi, chunki Saudiya Arabistonda ayollarga mashina haydash ta’qiqlab qo’yilgan.
Tezlik uslubiga rioya qilish
Qirolicha o’ziga tezlikni oshirishni ruxsat bera oladi albatta, ammo nahotki u shu hurmatli yoshida beparvolik bildirishi mumkin, avtomobillarga bo’lgan sevgisiga qaramasdan. Qirolicha II ni yana rulda faqatgina o’ziga tegishli maydonlar chegarasida ko’rish mumkin. Aytmoqchi, uning qizi malika Anna ham tez haydashni yaxshi ko’radi, va hatto bu uchun 2001 yilda 400 funt miqdorida shtraf to’lashga majbur bo’lgandi. Imtiyoz tezlik uslubiga rioya qilmaslik faqatgina qirolichaning o’ziga munosib huquq hisoblanadi.
Soliqlarni to’lash
Qirolicha soliqlarni to’lashi shart emas, lekin u shunga qaramasdan 1992 yildan o’z xohishi bilan minimal miqdorda bo’lsada mulk solig’ini to’laydi. AmmoYelizaveta II ning otasi Georg VI, aksincha, barcha monarxlar soliq qanaqa bo’lmasin hammasidan ozod etilishi uchun chiqish qilgan edi.
Sud oldida javobgarlik
Buyuk Britaniya qirolichasi sudlashga moyil emas, unga qarshi jinoiy ish ochish mumkin emas, sudga guvoh sifatida taklif qilish va albatta qamoqqa yuborish mumkin emas. “Monarx yomon fikr va harakatlarga qobil emas” degan gap bor, vabu nazariy jihatdan qirolichaga jazo berilmaydigan holatda xohlagan ishni qilishiga imkon beradi. Ammo, bunday holatni hozirgi kunda hatto tasavvurqilish qiyin.
Oqqushni ovqatga ishlatishni taqiqlash
Rasman mamlakatdagi barcha yovvoyi oqqushlar va Britaniya suvlaridagi delfinlar qirolichaga mansub. Bu ajoyib mavjudotlarga ov qilish va ularni iste’mol qilish qonunan man etilgan, ammo agar Yelizaveta II farshlangan oqqushni ta’tib ko’rishi kelib qolganida, u buni albatta qila olardi. Qushlar va tabiat qo’riqchilari baxtiga, oqqushlar qirol ratsioniga kiritilmagan.
Ma’lumot erkinligi haqidagi qonun
Buyuk Britaniya ma’lumot erkinligi Qonunida aytilishicha, fuqarolar davlat organlaridan ma’lumot olishga huquqlari bor, va ular javoban so’ralgan ma’lumot mavjud bo’lganida uni berishlari shart. Lekin buni qirolicha va uning oilasiga aloqasi yo’q – ularning barcha ishlari shaxsiy xarakterga ega.
Сообщения из Facebook