Britaniya qirolligining 13 qoidasi
Britaniya qirolligining 13 qoidasi
Ba’zida hayotimizda qonundan ustun turadigan hech kim yo’qligiga ishongimiz keladi. Mana sizga isboti – qirollik oilalaridan dunyoda eng mashxuri o’zining kelib chiqishi, tituli va jamiyatdagi mavqeyiga qaramay, etiketning 13 qoidasiga amal qiladi.

London tauerida eng kamida oltita qarg’a yashashi kerak

London tauerida eng kamida oltita qarg’a yashashi kerak

Afsonaga qaraganda, agar qarg’alar Tauerni tark etsa, monarxiya va qirollik parchalanadi. Shu sababli Karl II davridan boshlab qarg’alar populyatsiyasi qat’iy nazorat qilinadi. Ayni vaqtda qarg’alar qirollik oilasining a’zosiga aylangan –ularga qarashadi, ovqatlantirishadi va ular deyarli qasrning ichida yashaydi.

Qirollik oila a’zolariga tegish mumkin emas

Qirollik oila a’zolariga tegish mumkin emas

Umuman olganda, bu hammaga ma’lum qonun, lekin unga ko’pincha amal qilinmaydi. Biroq oddiy odamlar qirollik oilasiga yaqinlashtirilmaydi, ba’zida esa ular xalq bilan quchoqlashaverishadi.

Qirollik oila a’zolari ovoz bermaydilar

Qirollik oila a’zolari ovoz bermaydilar

Qirollik oila a’zolari siyosiy ishlarda hech kimga ovoz bermasligi sababi, ular kimgadir yon bossa, bu jamoat fikriga kuchli ta’sir ko’rsatishi mumkin.  Shu sababli oila saylovlarda ovoz bermaydi va siyosiy savollarda boshqarayotgan partiyani qo’llab quvvatlaydi.

Qirollik oila a’zolari siyosiy lavomizlarga tayinlanmaydi

Qirollik oila a’zolari siyosiy lavomizlarga tayinlanmaydi

Yuqorida aytib o’tilganidek – jamoat fikriga ta’sir ko’rsatmasligi va lavozimni suiste’mol qilmaslik uchun.

Ular “Monopoliya” o’ynamaydi

Ular “Monopoliya” o’ynamaydi

Bu endi aqlga sig’maydi, shunga qaramasdan bu fakt. 2008 yilda qirolichaYelizavettaning ikkinchi o’g’li gersog Yorkskiy, bu haqida aytib o’tgandi, yoshligida bolalarga “monopoliya” o’yinini o’ynash ta’qiqlangan, bu o’yinni juda yovuz va zararli hisoblashgan.

Qisqichbaqasimonlarni yeyish ta’qiqlanadi

Qisqichbaqasimonlarni yeyish ta’qiqlanadi

Bu ko’proq ogohlantirishga o’xshaydi, lekin shunga qaramay qirol oila a’zolari allergik ta’sirga uchramaslik va zaharlanib qolmaslik uchun mollyuska va qisqichbaqasimonlarni iste’mol qilmaydi.

Doimo titul ketma-ketligiga qattiq rioya qilinadi

Doimo titul ketma-ketligiga qattiq rioya qilinadi

Bazm jarayonlarida qat’iy qoidalar mavjud. Masalan, to’y bazmida qirollik oila a'zolari tituliga qarab kirishni boshlaydi – albatta qirolichadan so’ng. 

Katolik bo’la olmaydi

Katolik bo’la olmaydi

Bu qonun 2011 yilda bekor qilingan bo’lib, qirol oila a’zolariga katolik odam bilan turmush qurishga imkon yaratgan bo’lsada, qirollik oila a’zolari anglikan konfessiyasiga sodiq qolishi kerak.

Kyimlari munozarali bo’lmasligi kerak

Kyimlari munozarali bo’lmasligi kerak

Qirollik oila a’zolari, xattoki kiyimlarida ham xatolikka yo’l qo’ymasliklari kerak, ularning rusumi elegant va nozik didli, lekin sodda bo’lishi lozim.

Barcha sovg’alarni qabul qilish

Barcha sovg’alarni qabul qilish

Qirollik oilasining barcha a’zolari kimdan bo’lsa ham, qanday bo’lsa ham sovg’ani chin dildan va minnatdorchilik bilan qabul qilishlari kerak. Barcha sovg’alar qirollikka tegishli bo’lgani sababli, sovg’aning keying hayotini qirolicha xal qiladi.

Birga sayohat qilish ta’qiqlanadi

Birga sayohat qilish ta’qiqlanadi

Uzoq manzillarga birgalikda sayohat qilmaslik – bevosita merosxo’rlarining asosiy qoidasidir, ayniqsa sayohat qilish xavfli bo’lgan paytlarda. Hozirgi vaqtda sayohat qilish ancha qulay va xavfsizroq bo’lgani sababli, bu qoidaga ko’pincha amal qilinmaydi.

Rojdestvoni oila a’zolari bilan nishonlash

Rojdestvoni oila a’zolari bilan nishonlash

An’anaga binonan qirollikni barcha oila a’zolari har yili Rojdestvo bayramini nishonlash uchun yig’ilishadi. Shunga qaramay, gersoginya Kembrijskaya, uzoq yilli an’anani buzib, bayramni faqat o’zining oila a’zolari bilan kutib oldi. Bu esa qirolichaga yoqmadi.

Qirolichadan keyin ovqatlanish mumkin emas

Qirolichadan keyin ovqatlanish mumkin emas

Qirolicha bilan ovqatlanish sharafiga musharraf bo’lgan barcha, shu jumladan oila a’zolari, oddiy bir qoidaga amal qilishlari kerak – qirolichaning harakatlarini kuzatishlari lozim. Agar qirolicha ovqatlanishni tugatgan bo’lsa, boshqalar ham o’z anjomlarini joyiga qo’yib, ovqatlanishni to’xtatishlari shart. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook