Bu qiziq! Dunyodagi 8 ta eng qimmatbaho buyumlar
Bu qiziq! Dunyodagi 8 ta eng qimmatbaho buyumlar
Nima deb olaysiz, 1 litr suvni narxi qancha bo’lishi mumkin? Tilla va platinadan ham qimmat metall bormi? 1 piola choy uchun yillik daromadingiz ham kamlik qiladi desam-chi? O’z narxi bilan hayratga soladigan bu va boshqa buyumlar haqida ushbu maqoladan bilib olishingiz mumkin.

Bir bosh uzum

Bir bosh uzum

“Rim yoquti” nomli uzum navi faqat Yaponiyaning Isikava viloyatida osib sotuvga qo’yiladi va shu yerda har yili kim oshda savdosi o’tkazilinadi. Bu uzumlarning terilishiga aloxida e’tibor qaratishadi: har bir meva 30 gramm dan og’irroq bo’lishi shart, bir boshi esa kamida 700 gramm ni tashkil etishi kerak. 2008-chi yilda bu mevaning 1 gramm narxi 26$ ni tashkil etgan, ammo har yili narxlar o’zgargan, va 2017-chi yilda bir uzum boshi 9 800$ ga sotilgan.

Qush pati

Qush pati

Bu qushlarning turi XX asrning boshlarida qirilib ketgan, ammo uning pati 2010 yilda rekord narxga sotilgan – 10 000$. Bu qushlar Yangi Zelandiyada ko’p uchragan. Hatto hozirgi kunga kelib internet-do’konlarda bu qushning patlarini topish mumkin, o’rtacha narxi 1 000$, ammo bu patlarning sofligini aniqlab bo’lmaydi va ehtimol ularning katta qismi qalbaki.

Tritiy

Tritiy

Bu modda yorituvchi sifatida har-xil moslamalar va buyumlar uchun ishlatiladi, masalan: soat, kompas, brelok, ko’rsatuvchi va ogohlantiruvchi yozuvlar. Bu moddaning yoritish xususiyati doimiy va quvvatlanishga ehtiyoji yo’q. 1 gramm tritiyning narxi 30 000$.

Suv

Suv

Agar sizlarga 1 litr suvning narxi 60 000$ desam-chi? Albatta, bunga ishonish qiyin, lekin shunday suv bor. Bu dunyodagi eng qimmat va noyob suv hisoblanadi – Acqua di Cristallo Tributo a Modigliani. Uni Fidji orollarining buloq suvi bilan Islandiyaning muzlaridan erib tushgan suvni aralashtirib tayyorlanadi. 

Ko’zning ko’rish qobiliyatini tiklash

Ko’zning ko’rish qobiliyatini tiklash

Luxturna nomli dori hatto irsiy ko’rlarning ko'rish qobiliyatini tiklaydi. Ishlab chiqarish jarayonida bu dorining narxi 1 mln aqsh dollarida baholangan edi, ammo uning narxi 425 000$ ga tushdi bir ko’z uchun. 

Choy

Choy

“Katta qizil xalat” – Xitoydagi eng qimmat choyning nomi. Yilda bir marotaba butaning 4ta birinchi barglari bilan bir dona shoxchasi uzuladi. Bu choyning narxi 685 000$ ga baholanadi, chunki bir yilda 500 gramm dan ham kamroq ishlab chiqarishadi. 

Chayon zaxri

Chayon zaxri

Deathstalker nomli bu chayonning zaxari dunyodagi eng qimmatbaho suyuklik deb tan olingan. Ushbu zaxarning 1 litri 10,5 mln aqsh dollarida baholanadi. Ammo, muammo shundaki, chayon har gal 2 mg zaxar ishlab chiqaradi, va shuning uchun bu ancha vaqt talab qiladi. Zaxarning qimmatbaholigi uning tarkibidagi moddaning miya osimtasini davolashda kerak bolishi bilan tushuntiriladi. 

Kaliforniy-252

Kaliforniy-252

Kaliforniy-252 – bu dunyodagi eng qimmatbaho metall. U saraton kasalligiga qarshi nurli terapiyada qo’llanadi. Bir gramm Kaliforniy-252 ishlab chiqarish uchun kyuriy yoki plutoniy yadro reaktorida 8 oydan 1,5 yilgacha nurlanadi. Bir yilda ushbu metalldan 20-40 mkg tayyor bo’ladi, dunyo zahirasida esa atigi 8 gramm bor, shuning uchun 1 gramm Kaliforniy-252 metallning narxi 250 mln aqsh dollarida baholanadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook