просмотров
Jian Yang – Barbi qo’g’richoqlar kolleksioneri. Surat 2013 yil 2 sentabrda kolleksionerning Singapurdagi uyida olingan. Tashqaridan uning uyi boshqa uylardan hech narsasi bilan ajralib turmaydi – oq fasad va kulrang zina. Lekin mehmonxonasiga kirsangiz sizni qip-qizil pol va 6000 dan oshiq Barbi qo’g’richoqlari kolleksiyasi kutadi. Interyer dizaynida Jian Yang minimalizmni ma'qul ko’rgan, lekin uning soddaligini mashxur 3000 ta 90 yillarniki va 3000 dan ortiq qo’g’richoqlarning zamonaviy turlari bezab turadi. Bundan tashqari qo’g’richoqlar faqat mehmonxonaning 3 devorini emas balki kiyim xonasining 9 ta oynali shkafini va kabinetdagi tokchalarni ham bezaydi.
Bu Barbilar kolleksiyasidan ko’ra yoqimsizroq qo’g’irchoqlar kolleksiyasi, janob Etanis Gonzalezning ayvonidan Venesuella poytaxtining Karakas shahri ko’chalariga qarab turadi. Surat 2016 yilning 16 iyulida olingan.
Bilib olish qiyinmaski, ushbu kolleksiya egasi marhum malika Diananing muxlisi bo’lgan. Margaret Tyler Londonda yashaydi va u Buyuk Britaniyaning qirollik oilasi va malikasiga o’z uyining butun bir xonasini bag’ishladi. Rasm 2013 yil 16 oktabrda olingan.
Italiyalik kolleksioner Domenico Agostinelli Rimdan uzoq bo’lmagan zamonaviy Dragon muzeyida ishlaydi. Ushbu surat 2014 yilning 4 noyabrida olingan va unda Agostinellini 60 yildan ortiq vaqt davomida o’ziga mahliyo qilgan kolleksiya tasvirlangan. Uni biror bir aniq narsaning fonati deb atash qiyin bo’lsa kerak, bu kishi ko’proq eski narsa yig’uvchisiga o’xshaydi, unga qadimiy davrgacha turli davrlarga tegishli bo’lgan har xil narsalar yoqadi. Italiyalik kolleksionerning to’plamidan meteorit fragmenti, mashxur mafioz Al Kaponega tegishli bo’lgan mashina, milliy qahramon Juzeppe Garibaldining soch bo’lagi, o’yinchoqlar, eski qurollar, musiqa asboblari va xattoki 65 million yil avval yashagan dinozavr tuxumi joy olgan.
Fransuz modeli Emelin Dyuxoto 7 yildan beri yig’ayotgan o’zining yumshoq va keramik sigirlarining kolleksiyasi bilan rasmga tushgan. O’zining Fransiya shimolida joylashgan Sent-Omerdagi uyida 1679 o’yinchoqni yig’ishga muvaffaq bo’ldi. Foto 2017 yilning 12 martida olingan.
Andree Roya 70 yoshda, u ham qo’g’irchoqlarni kolleksiya qiladi. Ayol Kosta-Rikada yashaydi, o’zining qo’g’irchoqlarini 20 yildan beri yig’adi. Ushbu surat olingan vaqtda (5 avgust 2015 yil) unda allaqachon 4500 ta ekzemplyar bor edi.
Londonlik 44 yoshli Jeyms Byorns –Yulduzlar jangining haqiqiy muxlisi va u o’z muhabbatini mashxur dostonga bag’ishlangan kolleksiyada ko’rsatadi. Jeyms, uning mashg’uloti butun dunyo bo’ylab ko’plab ajoyib insonlar bilan tanishishga sabab bo’lgan deb hisoblaydi. Yulduzlar jangining muxlislari juda ham ahil jamoa deydi. Surat 2015 yilning 2 dekabrida olingan.
Chen Qingzu devorlari va shifti ayollar byustgalteri bilan bezalgan xonada suratga tushmoqda. Bu kishi Xitoyning janubidagi Xaynan tumanida yashaydi va 20 yildan ortiq vaqt ichida u 5000 dan ortiq ayollar ichki kiymini yig’ishga muvaffaq bo’ldi. Bu kolleksiya Xitoylik kishi uni qanday qilib yig’gani bilan qiziq. Chen Qingzu jamoat loyihasi doirasida va profilaktik seminarlar bilan ko’krak raki kasalligi haqida ogohlantirib Xitoyning 30 ta kollejiga tashrif buyurgan.
Bu kishi Nike Air Jordan original krossovkalarini kolleksiya qiladi va bazida pekin lombardlariga garovga beradi. Umuman hisoblaganda bu xitoylik 283 poy Nike krossovkalarini garovga qo’yib 160 000 dollarga ega bo’lgan. Bu pullarni u to’yiga sotib olingan o’z kvartirasi uchun birinchi kirim puliga to’lagan. Xitoylik sport oyoq kiymini 10 yil yiqqan va o’z kolleksiyasini 2 oydan keyin qaytib sotib olmoqchi, bu haqida lombard bilan xatto kelishuv tuzgan.
Gerbert Chavez Supermenga rostakasimiga ishqiboz. Oldingizda 2011 yil 12 oktabrda Kalambadagi uyida olingan surat, Laguna, Filippin. O’zining sevgan obrazi ortidan quvib, filippinlik go’zallik tanlovi ishtirokchilariga maslahatchi bo’ldi, 2 ta kostyumlar do’koni ochdi va o’zining sevimli kumiriga o’xshashi uchun bir necha plastik operatsiyalarni boshidan o’tqazdi. Gerbert yuzini, yanoqlarini, lablarini, jag’ini va xatto tana rangini ham o’zgartirdi. Operatsiyalardan so’ng uning yuzi juda o’zgarib ketdi va tabiat bergan husndan asar ham qolmadi.
Eski pistoletlar kolleksioneri Deyv Klyayner – Konnektikut, Stemforddagi East Coast Arms Show qurollar ko’rgazmasining har yilgi qatnashchisi. Foto 2013 yilning 5 yanvarida olingan.
Meri Xayki ham qo’g’richoqlarni kolleksiya qiladi. Uning Eshburn, Irlandiyada olingan ushbu surat buning yaqqol dalilidir. Ayol o’z kolleksiyasini 30 yildan ortiq vaqt to’plagan va unda hozir 420 ta har xil qo’g’richoqlar bor.
Toshlar kolleksioneri Luidji Layneri 79 yoshda va u xaligacha o’zining toshlariga g’amxo’rlik qiladi. Veronadan uzoq bo’lmagan Adidje daryosining bo’yida Zevio kommunasidagi o’zining ustaxonasida tosh tokchalarining changini artib, tozalab yuradi. Ushbu joying stellajlarini o’n minglab tanlangan eksponatlar to’ldirib turadi. Laynerining kolleksiyasiga asosan, o’zining shakli bilan hayvonlarning kallasini yoki odamlarning boshini eslatadigan toshlar tushadi. Layneri bu toshlarning ba’zilari qadimiy odamlar tomonidan o’yib chiqarilgan deb hisoblaydi. Italiyalik bu kishi o’z kolleksiyasi ustida 50 yildan beri ishlab keladi, uning namunalarini ko’pi Italiya shimolidagi Adidje qirg’og’idan yig’ilgan. Pensionerning topilmalari soni hozirga qadar aniq emas, chunki Layneri hech qachon ularni hisoblamagan va bu mashg’ulot bilan kelajakda shug’ullanmoqchi emas.
Ivett Dardenn 75 yoshda, Belgiyada yashaydi va rostakasimiga eski chiroyli litografli (sirtdagi muhr) temir qutilarni kolleksiya qilish bilan qiziqadi. Ushbu rasmda ayol o’zining Grand-Hallet da joylashgan uyida va unda deyarli 56 800 ta turli xil sandiqchalar, qutichalar, tubuslar va suvenir qutichlarini 22 yildan beri yig’adi. Ivett Dardennning kolleksiyasidagi birinchi quticha – bu uning xolasi 1950 yilda sovg’a qilgan shokoladning qutichasi. Ayol o’zining temir qutichalarini 19 va 20 asrning muhim hodisalarini izohlaydigan kitoblar bilan solishtiradi. Ushbu qutichalarga qiziqish asosan ularga muhrlangan litograflardandir. Odatda ularning ustida tarixdagi muhim voqelar syujeti yoki simvollar chizilgan bo’ladi (masalan, qirollik to’yi). Yana bu sandiqchalarda pechenye, sovun, tamaki, choy va dorilar saqlangan bo’lgani uchun, har birining o’ziga xos hidi bor. O’yinchoqlar yoki salfetkalar uchun ishlatilganlari ham ojoyib naqshlar bilan bezatilgan.
Tomas Xuey o’zining 100 dan ortiq avvalgi shimoliy Koreya yetakchilari Kim Ir Sen va Kim Chen Irning rasmlari tushirilgan belgilarini ko’rsatmoqda. Tomas – Gonkonglik, avvalda bank ishchisi, shimoliy Koreyaning kommunistik belgilariga sehrlangan va ularni 2008 yildan beri yig’adi. Xitoylik o’zining begilarini tez-tez qayta sotadi va boshqalariga almashtiradi, albatta bu osiyolik yetakchilarning kamdan kam uchraydigan rasmli belgilariga erishish uchun.
Сообщения из Facebook