Dala xovlini bezash uchun g’oyalar
Dala xovlini bezash uchun g’oyalar
Dala xovlini o’z qo’lingiz bilan obodonlashtirish va bezash juda qiziqarli jarayon. Xatto cheklangan mablag’ bilan ham uni dam olish uchun jannatmakon joyga ay-lantirishni to’liq amalga oshirsa bo’ladi. Bugun minimal darajadagi harajat bilan dala xovlingizni obodonlashtirish va bezash bo’yicha yangi g’oyalarini siz ila bo’lishamiz. Bu g’oyalarni amalga oshirishdan olingan natija kutganingizdan ziyo-da bo’lishiga shubhalanmasligingiz mumkin.

1. Rangli olov: gulxan ko’rinishidagi gulzor.

Dala xovlida gulxan yoqishning o’ziga yarasha ovoragarchiligi bor, bu ishga sarflangan vaqt esa har doim ham o’zini oqlamaydi. Bu masalani xal qilishga gulxan ko’rinishidagi gulzorni tashkil qilish yordam beradi. Bunday bezak mutlaqo xavfsiz va uni barpo etish uchun kuch-quvvat sarfini bor-yo’g’i bir marta talab qiladi. Bundan tashqari, qo’lga o’rgatilgan olov, garchi u xaqiqiy bo’lmasa ham, doimo ijobiy xis-tuyg’ular ulashadi.

2. Dam olish uchun hilvat joy: dala xovlidagi shinam skameyka

Gulzorning o’rtasida yoki daraxtning tagida turgan skameyka yetarlicha shinam va qulay bo’lmasligi mumkin. Uni orqasi bilan devorga qaratib ikki tarafiga esa ikki kichkina daraxt yoki buta ekib qo’ying. Shunday qilib dam olish joyi dala xovlin-ing boshqa xududlaridan ajratilgan va ulardan farqli o’laroq hilvat joyda bo’ladi.

3. Oshxonadan dala hovliga

Ustida joy va shirinliklar o’rniga gul o’sayotgan stol juda yoqimli va kutilmagan bo’lib ko’rinadi, qolaversa, bunday qaror omilkorlikdir ham. U o’zining katta maydoni bilan maqtana olmaydigan odmigina tomorqa hududida ko’proq o’simliklarni joylashtirishga yordam beradi.

4. Chiroyli taxta devor

Ko’pincha taxta devor dala xovlining manzarasini buzadi, chunki unga yetarlicha e’tibor berilmaydi. Uni bezab, shu bilan bir vaqtda saqlash qurilmasiga aylantirish ham mumkin.Devor taxtada yashiklar yoki unga tiralgan xolda baland stellajlarni qo’ying . Ushbu stellajlarga o’simliklar ekilgan tuvaklarni yoki boshqa mayda-narsalarni joylashtiring.

5. Bolalik shodligi

Bolalar dala xovlida vaqt o’tkazishdan kattalardan-da kam bo’lmagan xolda ko’ngil ochishi uchun, ularning bo’sh vaqtini samarali o’tkazishini tashkil qilish to’g’risida qayg’urish kerak. Masalan, qo’l ostida bor materiallardan o’ziga xos bolalar maydonchasini tashkil qilish mumkin.
Tosh yotqizilgan maydonchada yer ichiga o’rnatilgan bir necha katta emal idishlari bolangizga bir talay ijobiy xissiyotlar ulashadi. Bolalar maydonchasi dala xovlining bezagi bo’lib qolishi uchun unda nafaqat qumdon o’rnating, balki o’simliklar ham ekib chiqing.

6. Dala xovlidagi noodatiy eshik

Kirish eshigi shunday narsaki, u birinchi taasurotni yaraтadi. Birinchi taasurot esa eng kuchli taasurotdir. Ertakona eshikni o’rnatish uchun yog’och eshik va bir necha toshlar kerak bo’ladi. Bu tabiiy materiallarning uyg’unligi doimo yangilik va hamisha e’tibor jalb qiladi.

7. Bo’ysundirilgan ofat

Qanday dala xovlini shashliksiz tasavvur qilish mumkin ekan? Gulxan uchun joyni tayyorlash, uni keyin o’chirish ham kabi ishlar ham anchagina vaqt olishi mumkin. Olovda taom tayyorlash jarayoniga kichik chuqur ko’rinishidagi, tosh bilan o’rab chiqilgan maxsus tayyorlangan joy yordam beradi. Uni tayyorlash oson! Foydasi va estetik jihatlari mislsiz va shubxasizdir.

8. Miniatyura ko’rinishidagi bog’: Dala xovli uchun o’ziga xos dekor

Miniatyura ko’rinishidagi landshaftlar yaratish Yapon san’ati ko’p asrlar avval paydo bo’lgan. Bunday mini-bog’chalar insonning emotsional xolatiga muvofiqlashtiruvchi ta’sir ko’rsatish xususiyati xozirgi kunda ham yuqori baholanadi. Bunday san’at asarini tayyorlash juda oson. Asos-idish, tuproq, kichkina o’simliklar, toshchalar, cherepitsya qoldiqchalari va ajoyib bog’cha tayyor. Uni ayvonga qo’yib qo’yish yoki maysazorga qo’yib gulzor sifatida foydalanish ham mumkin.

9. Agar hovuz bo’lmasa-yu, istak bo’lsa...

Moviy rangdagi dekorativ shebyonka suvni aks ettiradi. Oqqushning bosh qismi daraxtdan yasalgan, tanasi esa yerga kovlab o’rnatilgan . Shundan so’ng uning ustiga faqat mos keladigan rangdagi o’simliklarni ekib chiqish qoladi. Bunday gulli suv xavzasi juda chiroyli ko’rinadi. Uni parvarish qilish esa xaqiqiy suv xavzasidan farqli o’laroq juda kam vaqt talab qilinadi.

10. Katta gulli kompozitsiya

Gullarni o’stirish uchun tuvaklar va idishlar turli balandlikda, birga yig’ilgan holatda ham hududning xaqiqiy bezagi bo’lib qoladi. Turli tuvaklarni yonma yon joylashtirishdan qo’rqmang – bunday dekorativ kompozitsiya yanada jozibali va chiroyli ko’rinadi. Biroq, bunday xolatda kompozitsiyaga bir hil o’simliklar ekilgani ma’qul. Shunday gulzor to’la-to’kis bo’lib ko’rinadi.

11. Qushlar sayrashi

Qushlarning sayrashi psixoemotsional sferaga o’zining tinchlantiruvchi ta’siri bilan ma’lum. Qiladigan ish andakkina - dala xovlingizga sayroqi qushlarni jalb qilish. Ularga uycha tayyorlash uchun ko’p vaqt sarflamaslik maqsadida uni bo’yalgan konserva bankalaridan tayyorlang va yorug’ rangdagi lentalar bilan daraxt shoxlariga bog’lab qo’ying.

12.Har narsa joy-joyida

Ko’pincha o’simliklar tartibsiz ko’rinishga ega bo’ladi, bu esa tomorqaning estetik jihatini pasaytiradi. Ingichka yog’och reykalardan kvadrat katakchalarga ega, to’rga o’xshash qurilma tayyorlab chiqing. Yog’ochni bo’yang yoki tegishli himoya qatlami bilan qoplang. Endi qurilmani yerga qo’yib, katakchalarga o’simliklarni ekib chiqish qoldi xolos.

13. Toshlar va gullar

Bir xil kattalikdagi toshlarni topish katta mehnat talab qilmaydi. Ularni yerga shunday qo’yish kerakki, bir biriga tutashgan joylari orasida ochiq joy qolsin. Tupрoqqa urug’ ekib o’simliklar unib chiqishini kutish koldi, xolos.

14. O’ziga xos maysazor

Agar to’liq tomorqa hududiga maysa ekkingiz kelmasa, uni dumaloqlar shakli ekib chiqing. Bunday maydonchalar chiroyli ko’rinishi uchun, past, deyarli bilinmaydigan to’siqlar bilan to’sib qo’ying.

15. Palletdan quvnoq arg’imchoq

Arg’imchoq nafaqat kattalar, shuningdek bolalar uchun ham ijobiy xis-tuyg’ular ulashadi. Uni qurilish palletasidan daraxtning mustahkam shoxlariga bog’lab qilish ham oson.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook