Noodatiy va orginal dizaynerlik mebellari har qanday xonani a’lo darajada bezay oladi: tennis koptoklaridan yasalgan kreslo va jurnal stoli, ping-pong uchun mo’ljallangan stol-eshik, qush uyasi shaklidagi karavot, kreslo va divanlar...
Uy jihozlari uchun tegishli bo’lgan asosiy qoida – u xoh javon-kupe bo’lsin, xoh yig’iladigan divan, ikki kishilik karavot yoki kichik qahva stoli – barchasi funksional bo’lishi kerak. Mebellar noodatiy va orginal bo’lishi, kishi yuzida tabassum paydo qilib, kayfiyatni ko’tara olishi mumkin emas deya kim aytdi?
Ushbu suratlar bilan tanishib chiqishingizdan avval aytib o’tishni istardikki, dizaynerlik mebellarining narxini har kimning ham cho’ntagi ko’taravermaydi. Shhu sababli noodatiy uy jihozlari tanlashda maxsus buyurtma asosida mebel yasaydigan xizmatlarga murojaat qilishingiz mumkin.
Pufik, shkafchalar va boshqa buyumlarni saqlashga mo’ljallangan jihozlarning zerikarli ko’rinishi o’tmishda qoldi. Bir qarashda ulkan Lego o’yinchoqlarini yodga soladigan ajoyib pufiklarga nima deysiz?
Bunday “kubiklar” o’z ichiga anchagina narsani joylashtira oladi va ishlatish uchun ham qulay, ularning ichiga turli jurnallar va hatto bolalar o’yinchoqlarini solib qo’yish mumkin.
Biroq pufik ixtirochilari ushbu jihozlar bilan farzandlaringizning o’yinchoqlarini yig’ib qo’yishga o’rganishi kafolatlanadi deya aniq aytolmaydi. Ammo bir narsaga mutlaqo shubha qilmasligingiz mumkin: Pufik bolalarga juda yoqadi! Axir ularni odatiy legolar singari bir-biriga birlashtirib, ajoyib shakllar yasash mumkin!
Ulkan tuxum shaklidagi ajoyib yostiqlar bilan boyitilgan va qush uyasi ko’rinishini yodga soladigan ushbu karavotga nima deysiz? Bunday karavotga o’rnashib olgancha kitob o’qish, planshet yoki noutbuk bilan ishlash ham juda qulay.
“Tuxumlar” behad yumshoq, ularga yonboshlash yoki o’tirish mumkin, agar karavotingizni kengaytirmoqchi bo’lsangiz, bir nechta yostiqni olib tashlasangiz bas. Aksariyat insonlar o’z uyini tug’ilgan makon deb atashni xush ko’rishadi va bu borada uya ko’rinishidagi karavot ajoyib interyer ko’rinishini hosil qilishga yordam beradi.
Karavot OGE Creative Group kompaniyasi tomonidan yaratilan bo’lib, ular o’z mebellarini hordiq olish uchun imkon qadar qulay bo’lishiga harakat qilishadi.
Bunday orginal mebelni faqatgina tennischilargina emas, teleekran qarshisiga o’tirib olgancha tennis o’yinlarining hech bir sonini o’tkazib yubormaydigan sport muxlislari ham yuqori baholashlari aniq. Jurnal stolining ustki qismi shishadan ishlangan bo’lib, bu uning urfbop va zamonaviy bo’lishiga yordam beradi.
Koptoklardan yasalgan kreslo esa yumshoqligi bilan boshqa mebellardan farqlanmasa-da, etarli darajada qulay va o’ziga hosdir. Hugh Hayden‘s kompaniyasiga tegishli bo’lgan mazkur mebel sport shinavandalari uchun bag’ishlanadi.
Ushbu qiziqarli kolleksiya jihozlari eski va ishdan chiqqan yaroqsiz tennis koptoklaridan yasab chiqilgan. Bunday jihoz faqat chiroyli bo’libgina qolmay, juda qulay hamdir: zero u bilan birga kreslo yoki stolning oyoqlari parket, laminat yoki polni tirnab yuborishi, gilam ustida chuqurcha izini hosil qilishidan aslo havotirlanmaysiz.
Bu turdagi tokchalarni istalgan xona: hammom, yotoqxona, mehmonxona, oshxona, taomlanish xonasi va hatto yo’laklarga ham osib chiqish mumkin. U juda qulay va fuknsionaldir: zinacha ko’rinishidagi bunday tokchalarga honaki gullar, kitoblar, guldonlar, oshxona anjomlari, pardoz vositalari, bolalar o’yinchoqlari, asbob-anjomlar va boshqa turdagi buyumlarni joylashtirish mumkin.
Agar tokchaning pastki qavatlariga yuqoriga qarab o’sadigan gullar joylashtirsangiz, oradan bir necha yil o’tmay, devorlaringiz haqiqiy gulzorga aylanadi. Uyingizni noodatiy va betakror ko’rinishda jihozlamoqchimisiz? Unday bo’lsa, bu borada zina ko’rinishidagi tokchalardan foydalaning.
Mazkur tokchalar shunchaki chiroyli emas, o’ta qulay hamdir. Misol uchun ularni oshxonaga joylashtirib, ustiga retseptlar kitobi va likoplar, zinalar oрasidagi tokchalarga esa qoshiqlar, sanchqi va shu kabi oshxona anjomlarini joylashtirib qo’yaverasiz.
Diqqatingiz markazidagi mazkur stol minimalistik uslubda yaratilgan bo’lib, bo’sh vaqtiniz bo’lganda undan odatiy vazifa uchun emas, ko’ngil yozish uchun foydalasangiz bo’ladi. Ikkinchi yarmingiz bilan uyushtirilgan tushlik yoki kechik ovqatdan so’ng biroz hordiq chiqarish uchun ajoyib dizaynerlik g’oyasi, shunday emasmi?
Balki turmush o’rtog’ingiz yoki farzandlaringizning ovqat payti telefon qo’ng’irog’i, internetdagi xabar yoki boshqa biror sabab tufayli chalg’ib turib ketishi sizga ma’qul emasdir? Balki haqiqatan ham oilangiz a’zolari yoqimli bir tarzda kechayotgan oilaviy tamaddining qadriga yeta olishmas?
Dizayner Malin Jansen sizning fikrlaringizni juda yaxshi tushunadi va aynan shu maqsadda mukammal va orginal stol yaratishga muvaffaq bo’ldi.
Ko’rib turganingizdek, ushbu divan tabiiy yog’och xomashyosidan yaratilgan bo’lib, kulrang tusga bo’yalgan va o’rindiq sohasi qora rangli charmdan yuqshoq qilib ishlangan. Shuningdek, divanda vino bokali, choy yoki qahva bilan to’la finjonni qo’yish uchun maxsus soha ham bor.
Turli tadbirlar yoki oilaviy bayramlar chog’ida uyingiz qarindoshlar, do’stlar va hamkasblar bilan to’lib ketadimi? Ha, bu holat barcha uchun tanish.
Straight Line Designs kompaniyasi dizaynerlari ushbu holatni juda yaxshi tushungan holda mehmonlarigizning barchasini joylashtira olmasa-da bir qismini tartibga keltirish uchun mo’ljallangan konserva bankasi ko’rinishidagi divan ixtiro qilishdi. Divan juda yumshoq va qulay bo’lib, kattalarga ham, bolalarga ham birday manzur keladi.
Uyingizdagi eshiklar haddan ortiq zerikarlimi? Balki xonadoningizning birozgina torligi sabab o’zingiz istagan kabi unga tennis stolini o’rata olmassiz? Aslo tushkunlikka tushmang!
Tobias Fraenzel‘s kompaniyasi dizaynerlari tomonidan yaratilgan mukammal eshikni bir harakat bilan aylantirib, tennis stoliga ega bo’lasiz. Bunday g’oya bilan uyingizga kelgan mehmonlarning ko’ngilini chog’ qilish va bolalarning vaqtini mazmunli o’tkazish muammo emas. Ping-pongni esa hamma yaxshi ko’rishiga shubha qilmasangiz bo’ladi!
Dam olish kunlari turmush o’rtog’ingiz va farzandlaringiz bilan quvnoq musobaqalar uyushtirishingiz ham mumkin. Undan avval sport mollari do’koniga borib, bir juft raketka va o’yin koptokchalaridan harid qilib kelsangiz bas.
Kanadalik dizayner Jadson Bomont tomonidan yaratilgan ushbu uy jihozlariga qarab turib, g’aroyibotlar olamiga tushib qolgandek bo’lasiz. Bunday ajoyib uy jihozlari orasida ikki bo’linib ketay deb turgandek ko’rinish hosil qilgan komod, prujinasimon javon va konserva bankasi ko’rinishidagi turlari ham bor.
Сообщения из Facebook