Dunyoni tubdan o’zgartirib yuborgan 10 tibbiy kashfiyot
Dunyoni tubdan o’zgartirib yuborgan 10 tibbiy kashfiyot
Tibbiyot doimo fanning eng istiqbolli sohalaridan biri bo’lib kelgan.
O’tgan yillarda tibbiyot fanida ro’y bergan yangiliklar ma’naviy eskirgan avvalgi muolajalarga o’rnini to’ldirib berdi va avval o’rganilmagan tibbiy muammolarning ko’p qismini hal etdi. Shuningdek, texnologiya ham tibbiyot fanini oldingiga nisbatan yanada samaraliroq va tengi yo’q qilish yo’lda o’zining salmoqli xissasini qo’shdi. Bu yerda tibbiyot fanini tubdan o’zgartirgan tarixiy ihtirolar nazarda tutilmoqda.

1. Stetoskop

 1. Stetoskop
Stetoskop ihtiro qilinishidan avval shifokorlar o’z bemorlarining yurak urishlarini qulog’ini uning ko’kragiga qo’ygan holda eshitib ko’rar edilar. Ammo ushbu usulning samarasi juda kam bo’lgan. Masalan, agar patsientda sezilarli darajada yog’ qatlami yuzaga kelgan bo’lsa bu uslubning umuman foydasi yo’q edi. Fransuz shifokori Rene Lennek aynan mana shunaqa vaziyatga duch kelib qolgan va patsientlaridan birining ko’krak sohasida yog’ to’planib qolgani tufayli uning yurak ritmini aniq baholay olmagan.
U o’pka va yurakdan taralayotgan ovozlarni kuchaytira oladigan, yog’ochli naycha shaklida “stetoskop”ni ixtiro qildi. Ovoz kuchaytirishning bu printsipi bugungi kunga qadar o’zgargani yo’q.

2. Rentgen

2. Rentgen
Bugungi kunda rentgen tasviri texnologiyasisiz suyak sinishi kabi travmalarga tashxis qo’yish va to’g’ri davolashni tasavvur qilish qiyin. Rentgen nurlanishi nemis fizigi Vilgelm Konrad Rentgen elektr tokini o’ta past bosimdagi gaz orqali o’tishini tadqiq qilinayotgan paytida tasodifan aniqlagan.
Olim bariy-platinotsianid bilan qoplangan elektron-nurli trubka qorong’ulashtirilgan xonada fluorestsent yorug’lik bilan yoritib turganini sezib qoldi. Katod nurlari ko’rinmas bo’lgani uchun u bunday yorug’likni qanday nurlar berayotganini bilmas edi va ularni rentgen nurlari deb atay qoldi. Olim o’z ixtirosi uchun 1901 yilda tarixda ilk bor fizika fanidan Nobel mukofotini olishga sazovor bo’ldi.

3. Simobli termometr

3. Simobli termometr
Bugungi kunda termometrlar shu darajada ko’payib, keng tarqalib ketdiki, xatto uni kim ixtiro qilganini ham aniqlash imkoni yo’q. 1714 yilda Gabriel Farengeyt ilk bor simobli termometrni ixtiro qildi. U xozirgi kunga qadar ishlatiladi. Garchi shunday bo’lsada, haroratni o’lchashning datslabki uskunasi 1500-chi yillarning oxirida Galiley tomonidan ixtiro qilingani haqida ham ma’lumotlar bor.
Ushbu vosita suyuqlikning zichligi xaroratga nisbatan o’zgarishi prinsipiga asoslangan edi. Biroq, bugungi kunda simob bilan zaxarlanish xavfi tufayli asta-sekinlik bilan raqamli termometrlar simob termometrini chetga surib chiqarmoqda.

4. Antibiotiklar

4. Antibiotiklar
Odamlar antibiotiklarning paydo bo’lishini Aleksandr Fleming penitsilinni kashf etishi bilan bog’liq deb o’ylashadi. Aslida antibiotiklar tarixi 1907 yilda Alfred Bertxaym va Paul Erlix tomonidan “salvarsan” ixtiro qilinganidan boshlanadi. Bugungi kunda “salvarsan” deganlari “arsfenamin” nomi bilan tanilgan. Bu sifilisga qarshi samarali natija bergan birinchi dori vositasi bo’lgan va aynan u antibakterial davolanishning boshlanishiga asos solgan.
Aleksandra Fleming 1928 yildagi penitsilinning bakteriyalarga qarshi xususiyatlarini ixtiro qilinishi bilan antibiotiklar ommaviy e’tiborni jalb qilishiga olib keldi. Bugungi kunda antibiotiklar tibbiyotni tubdan isloh qildi va vaksinalar bilan uyg’unlikda tuberkulyoz kabi ayrim kassalliklarni deyarli ildiz bilan quritib tashladi.

5. Teri osti inyeksiyalari uchun igna

5. Teri osti inyeksiyalari uchun igna
Teri osti inyeksiyalari uchun ignalar o’z soddaligiga qaramay bor-yo’g’i 150 yil oldin ixtiro qilingan. Bundan oldin Qadimiy Yunonistonda va Rimda shifokorlar organizmga suyuqlikni kiritish uchun ingichka ichi bo’sh dastgohlardan foydalanishgan. 1656 yilda Kristofer Ren g’oz pati orqali itning vena qon tomiriga inyeksiya qilingan edi.
Teri osti inyeksiyalar uchun zamonaviy igna Charlz Pravaz va Aleksandr Vud tomonidan taxminan 1800 yillarning o’rtalarida ixtiro qilingan. Bu turdagi ignalar bugungi kunda davolanishda dori vositasining to’g’ri dozirovkasini tana ichiga kiritish, shuningdek, biologik suyuqliklarni imkon qadar og’riqsiz va yuqishning o’ta minimal ehtimoli bilan chiqarib tashlash uchun ishlatiladi.

6. Ko’zoynaklar

6. Ko’zoynaklar
Ko’zoynaklar – odamlar odatda oddiy buyum sifatida qabul qiladigan, aslida esa tibbiyotdagi buyuk inqilobiy o’zgarishlardan biri. Bugungi kunda birinchi ko’zoynakni kim o’ylab topganini biz uchun noma’lum. Bir necha asrlar avval olimlar va monaxlar zamonaviy ko’zoynaklarning ko’z oldida qo’l bilan ushlab turilishi kerak bo’lgan dastlabki timsollaridan foydalanganlar.
1800 yillarning oxirlarida bosma kitoblar ko’payishi bilan uzoqni yaxshi ko’ra olmaslik hollari ko’payib ketgan va bu ko’zoynaklarni ommaga joriy qilinishiga sabab bo’lgan.

7. Kardiostimulyator

7. Kardiostimulyator
O’ta muxim bo’lgan mazkur kashfiyot avstraliyalik ikki olim Mark Xill va fizik Erik Butlarning 1926 yildagi ishlari hosili bo’ldi. Prototip- bu qutblarining biri tuz eritmasi bilan shimdirilgan yostiqchaga ulangan, ikkinchisi – patsientning yurak kamerasiga qo’yiladigan ko’chma qurilma edi.
Qurilmaning beso’naqay dizayniga qaramay tadqiqotchilar uning yordamida o’lik tug’ilgan bolani hayotga qaytara olishgan. Bugungi kunda kardiostimulyatorlar ancha murakkab tuzilishga ega, ulardagi batareyaning o’rtacha xizmat qilish muddati 20 yilni tashkil etadi.

8. KT va MRT

8. KT va MRT
Rentgen nurlarining kashf etilishi tana a’zolarini jarrohlik amaliyotlarimiz tahlil qilish, ularni yanada ko’proq o’rganish va o’zgacha davo uslublarini izlash sayi-harakatlari sonining keskin oshishiga olib keldi. Bu keyinchalik KT-skanneri, ya’ni kompyuterlashgan tomografiya skannerining ixtiro qilinishiga sabab bo’ldi. Uning tichoriy shakli 1979 yilda tibbiyot bo’yicha Nobel mukofotini qo’lga kiritigan doktor Godfri Xaunsfild tomonidan ixtiro qilingan edi.
KT-skaner rentgen tasviri insonning “ichki a’zolarini bir necha qatlamlarini” aks ettira olar edi. Bundan keyin ko’p o’tmay doktor Raymond V. Damadyan yadroviy magnit rezonansdan foydalangan holda saraton va oddiy kletkalarni differentsiatsiya qilish uslubini ixtiro qildi. Bu uslub keyinchalik ancha muvofiqlashtirildi va MRT (magnitniy rezonansniy tomograf) deb atala boshladi.

9. Protezlash va implantantlar

9. Protezlash va implantantlar
Jismoniy kamchiliklar bilan hayot kechirish – nafaqat jismoniy, balki aqliy va emotsional darajadagi juda og’ir holatdir. Protezning ixtiro qilishini nogiron insonlarga faqat aravachalar va qo’ltiqtayoqlar bilan chegaralanib qolmasdan yashash imkonini beradigan katta o’zgarish bo’ldi.
Zamonaviy protez metalldan ko’ra yengilroq va mustahkamroq bo’lgan uglerodli toladan ishlab chiqarilgan va shuningdek, u xaqiqiy tana a’zosiga juda o’xshash bo’lib ko’rinadi. Xozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan protezlar miyaning impulslari yordamida nazorat qilish imkonini beruvchi ichki mikroelektrik datchiklariga ham ega.

10. Yurakning defibrillyatori

10. Yurakning defibrillyatori
Yurakning defibrillyatsiyasi – yaqin tarixda joriy qilingan konseptsiya emas. Garchi u bir necha o’n yilliklardan beri insoniyatga ma’lum bo’lsa-da, uni klinik amaliyotga kirib kelishi uchun Klod Bekka minnatdorchilik bildirsa arziydi. U jarrohlik amaliyoti paytida bir bolakay yuragining muvaffaqiyatli defibrillyatsiyasini amalga oshirdi.
Bugungi kunda defibrillyatorlar butun dunyo bo’ylab millionlab hayotlarni qutqarib kelyapti.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook