Dunyoning eng kuchli valyutalari
Dunyoning eng kuchli valyutalari
Kuchli iqtisodiyotning ko’rsatkichlaridan biri – nafaqat mamlakatda, balki uni sotib olayotgan boshqa davlatlar tomonidan ehtiyojga ega bo’lgan barqaror va qimmatli valyutadir. Ushbu maqolamizda dunyoning eng qimmat valyutalarining reytingi bilan tanishishingiz mumkin.
Sir emaski ba’zi bir davlatlar aholisi – shu jumladan Arabiston yarimorolidan neft eksport qiluvchilar – ishlamasdan turib davlatdan yordam pulini olib yashashga yetadi. Bu davlatlar puli – dunyoning eng qimmat valyutalari hisoblanadi. Ushbu omillar valyutalarning qimmatlashishi hamda kuchayishiga sabab bo’ladi: - Davlat qimmat tabiiy boyliklarga ega bo’lishi va ularni eksport qilishi; - Mamlakat asrlar davomida shakllangan, ishonch tug’diradigan kuchli iqtisodiyotga ega bo’lishi; valyutalarga (boshqa mamlakatlarning qimmatli qog’ozlari) mablag’larini tikayotgan investorlarning ko’pligi; - Mamlakat valyutasining boshqa valyutaga qattiq bog’liqligi; Qimmatli valyutalar reytingining yetakchiligi Arabiston yarimorolidagi eksportyor – davlatlarga tegishlidir. Biroq hammaga ma’lumki, bu mamlakatlarning valyutalari qimmat bo’lgani bilan boshqa mamlakatlar tomonidan qiziqish uyg’otmaydi. Chunki neft zahirasi tugashi yoki quvvat tashuvchi boshqa arzon manbalarga o’tilishi bilan bu davlatlarning daromadi kamayadi va o’z-o’zidan valyutasining qiymati ham pasayadi. Reytingning o’rta qatorlarini dunyodagi eng ommabop valyutalar: dollar, yevro, shvetsariya franki va funt sterling egallagan. Ushbu valyutalarning egalari bo’lgan davlatlarning iqtisodiyoti barqaror va mustahkam, ular hattoki moliyaviy inqirozlarni ham ko’tara oladilar. Aynan shuning uchun ham ushbu valyutalar dunyoning zahira manbayi hisoblanadi. Ularning tannarxini mamlakat iqtisodiyoti va ularga bo’lgan ehtiyoj belgilaydi. Tanishing: dunyoning eng qimmat valyutalarining 10 taligi

1. Quvayt dinori

1. Quvayt dinori
Dunyodagi eng qimmat valyuta. Quvayt – bu fors ko’rfazida joylashgan, katta neft va gaz koniga ega bo’lgan monarxiyaga asoslangan davlatdir. Dinor nomi qadimgi Rim tangasi nomidan kelib chiqqan, Rim hududida va Yaqin Sharqdagi Rimga tegishli bo’lgan hududlarda ham muomalada bo’lgan. Britaniya boshqaruvidan keyin mustaqillikka erishgan Quvayt 1996 yil 1 aprelda Quvayt dinori muomalaga kiritildi.

2. Bahrayn dinori

2. Bahrayn dinori
Bahrayn qirolligi – bu uncha katta bo’lmagan monarxiyaga asoslangan oroldir. “Bahrayn” so’zi arabchadan tarjima qilinganda “ikki dengiz” degan ma’noni anglatadi. Oxirgi 15 yilda Bahrayn dinori AQSH dollariga qattiq bog’lanib qolgan, uning qo’zg’alishi amerika valyutasiga bog’liq.

3. Ummon riali

3. Ummon riali
Ummon sultonligi - qadimgi mamlakatlardan biridir, uning nomi shayxlarning birinchi sulolasidan kelib chiqqan, ular bu hududni VII asrdan bera boshqarib keladilar hamda payg’ambarimiz Muhammad Mustafoning avlodlari hisoblanadilar. Ummon riali nomi Arab Xalifaligidan kelib chiqqan. Bir Ummon riali 1000 bayzni tashkil etadi. Maydalanadigan “bayza” tangasi nomi qadimgi arab tilidan kelib chiqqan bo’lib “taqsimlamoq”, “parchalamoq” va “ayirmoq” manosini bildiradi. Ummon riali kursi AQSH dollariga bog’lanib qolgan.

4. Iordaniya dinori

4. Iordaniya dinori
Iordaniya Hoshim Qirolligi – monarxiyaga asoslangan Yaqin Sharqda joylashgan arab davlati. Mamlakat nomi Iordan daryosidan va monarxiya davlatini boshqarib kelayotgan sulola – Hoshimiylardan olingan. Iordaniya Yaqin Sharqda rivojlangan va iqtisodiyoti kuchli davlat hisoblanadi, iqtisodiyotini kon sanoatiga va qishloq xo’jaligiga yo’naltirgan, lekin u tepada aytilgan 3 ta davlatdan orqada. Ammo ko’p yillardan beri Iordaniya valyutasi kursi AQSH dollariga bog’lanib qolgan.

5. Funt sterling

5. Funt sterling
Dunyoning 7 ta eng mashhur valyutalaridan biridir. Bu Buyuk Britaniyaning rasmiy valyutasi hisoblanadi, shuningdek Buyuk Britaniyaning mustamlaka davlatlarida ham foydalaniladi. Avvallari sterling deb qadimgi Angliya kumush tangasini atashardi. Birinchi banknotlar 1694 yilda dunyoni ko’rdilar. Shuningdek, Angliya Banki, Shotlandiya Banki, Uels Banki hamda Shimoliy Irlandiya Banklari o’z shaxsiy funtlarini bosib chiqaradilar. Ularning barchasi dizayni bilan farq qiladi, biroq britaniyaliklar Angliya Banki tomonidan chiqarilgan funtlarni “haqiqiy” deb tan oladilar. Moliyaviy oborotda funt yevro va Amerika dollaridan keying uchinchi o’rinni egallaydi. Moliyaviy inqirozlar paytida undan foydalanib turiladi.

6. Kayman orollarining dollari

6. Kayman orollarining dollari
Kayman orollari – Karib dengizidagi shu nomli orollarda joylashgan Britaniya hududidir. Ispanlar ushbu orollarda yashovchi iguanalarni kayman – timsohlari, deb o’ylaganlar va orollarga shu nomni berganlar. Bugungi kunda Kayman orollari – investitsiya va kapitallarni o’ziga jalb qiluvchi hamda liberal soliq qonunchiligiga ega bo’lgan mashhur ofshorlardan biridir. Kayman aholisining yashash darajasi dunyoda yuqori o’rinlardan birini egallaydi, chunki ofshorning shartlaridan biri – u yerda firma ochmoqchi bo’lgan chet ellik mahalliy aholini hamkorlikka jalb qilishi lozim. Ushbu orollarning iqtisodiyotining boshqa manbalari – turizm hamda toshbaqalarni yetishtirishdir. Kayman dollari 1972 yilda muomalaga kiritilishi bilanoq funt sterlingga bog’lanib qoldi va unga qarab qiymati o’zgarib boraveradi.

7. Yevro

7. Yevro
Bu valyuta Yevropaga kiruvchi 17 ta davlat hamda Yevropa hududiga kirmaydigan 9 ta davlatning muomala birligidir. Yevro 1999 yilda ishlab chiqarildi, 2002 yilda esa uning banknota va tangalari muomilaga kiritildi. Bugungi kunda ushbu valyuta shunchalik ommalashganki, tannarxi bo’yicha Amerika dollari bilan doimo yetakchi o’rinda turadi, biroq Amerika dollariga nisbatan doimo ustunlikka ega. Yevropa hududidagi mamlakatlarning Markaziy banklari o’zlarining kupyura va tangalarini bosib chiqarishga haqlidirlar. Shuning uchun har xil dizayndagi yevro kupyurasini ko’rganda hayron bo’lish kerak emas. Shuni aytib o’tish kerakki, bugungi kunda yevroning ahvoli Yevropa mamlakatlarini tashvishga solmoqda: rivojlanib borayotgan iqtisodiyot sharoitida ular mahsulotlarning raqobatdoshligini kuchayishiga xizmat qiluvchi nisbatan arzon valyutani afzal ko’rar edilar. Oxirgi paytlarda yevro dollarga nisbatan ustunlikka ega bo’lgani bilan o’zining pozitsiyalarini biroz yo’qotmoqda.

8. Shvetsariya franki

8. Shvetsariya franki
Shvetsariya dunyoning eng boy mamlakatlaridan biri bo’lishi bilan birga eng barqaror davlatlardan biri hamdir. Oxirgi paytlarda “bank siri” tushunchasi o’z ahamiyatini yo’qotayotganligiga qaramay, bu davlatning bank tizimi eng mustahkamlardan biridir. O’rta asrlarda Shvetsariya siyosiy va iqtisodiy tomondan Fransiyaga qaram bo’lgan, shundan kelib chiqib valyutaning nomi Fransiya sharafiga frank deb atalgan.

9. Amerika dollari

9. Amerika dollari
Dunyoning eng ommabop valyutasidir. Dunyodagi mahsulot va xizmatlar uchun to’lovlarning yarmidan ko’pi aynan ushbu valyutada amalga oshiriladi. Ikkinchi jahon urushi davriga qadar valyutalarning yetakchisi Britaniya funti bo’lgan, biroq Amerika iqtisodiyoti ko’tarilishi hamda valyutalarning oltin va kumushga bog’liqligi bekor qilingandan keyin, dollar “dunyoning zahira valyutasi” maqomini oldi. Bu valyuta orqali nafaqat AQSHda, balki butun dunyoda to’lovni amalga oshirish mumkin.

10. Liviya dinori

10. Liviya dinori
Liviya davlatining milliy valyutasi. Oxirgi yillarda mamlakatda siyosiy hamda fuqarolik kelishmovchiliklari bo’lib turibdi. Lekin shunga qaramay mamlakatning neftga boy mintaqada joylashganligi uni inqirozdan saqlab turadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook