Eng qimmat g’ildirakli uylar
Eng qimmat g’ildirakli uylar
Dunyodagi aql bovar qilmaydigan darajada qimmat 5 ta g’ildirakli uylar.

Sayohatga yo’l olishni rad etadigan odamni topish qiyin bo’lsa kerak. Shu bilan birga uy qulayliklarini rad etadigan odam ham yo’q. Baxtimizga, insoniyat allaqachon “g’ildirakli uylar”ni o’ylab topgan: treyler va furgonlar yovvoyi tabiatga sayohat vaqtida o’zingizni asosiy qulayliklardan maxrum qilmaslik imkoniyatini beradi. Bugun gap, ana shunday treylerlarning 5 tasi haqida boradi. Ularni uy emas “g’ildirakli qasr”deb atasak ham bo’ladi. 

1. Country Coach Prevost

1.	Country Coach Prevost

Ayni vaqtda bu dunyodagi eng qimmat g’ildirakli uylardan biridir. Uning narxi taxminan 1million AQSh dollariga barobar. Sayohatchilar uchun shinam mebel, ko’ngilochar markaz, keng yotoqxona va xatto ishchi kabinet muntazirdir. Hammom va oshxona kabi boshqa qulayliklar ham unda albatta bor.

2. Foretravel IH-45

2.	Foretravel IH-45

Yana bir avtobus-saroy, 1967 yildan beri lyuks sifatli g’ildirakli uylar ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan yaratilgan! Shunga o’xshash qolgan treylerdan farqi, unda shovqin o’tkazmaslik darajasi juda baland va vibratsiya so’ndiri shxususiyatiga ega. Ichida bo’lsangiz transport harakatlanayotganini sezishingiz qiyin bo’ladi.

Ushbu g’ildirakli uyning yana bir ajralib turuvchi xususiyati, bu uning suriluvchan devorlaridir. Transport to’xtaganda devorlar tashqariga surilib, ichini yanada kengaytiradi. Ushbu treyler o’ziga o’xshashlar orasida eng balandi hamdir. Bu go’zallik 1.3 million dollarda baholangan.

3. Prevost H3-45 VIP

3.	Prevost H3-45 VIP

Oshxona, yotoqxona, hammom, xojatxona, dam olish va ko’ngilochar zona, ishchi stol, kichik omborxona – bu hammasi 1.6 million dollar turuvchi Prevost H3-45 VIP. Ushbu g’ildirakli uy – uzoq masofali safarga ayni muddao. Balandligi bo’yicha ham top-5 treylerlar qatoriga kiradi. Sayohatchini unda isitiluvchi yog’och pol, shinam mebel va zamonaviy servis kutadi. 

4. Featherlite Vantare Platinum Plus

4.	Featherlite Vantare Platinum Plus

2.5 million dollarga hozirgi kunda mavjud bo’lgan g’ildirakli uylarning eng hashamatlisini sotib olish mumkin. Uning har bir elementida hashamat bor. Uyda shift kristalli. Mebel Italiya marvarid terisi (dunyodagi eng qimmat) va ipakdan qilingan. Devor va pol marmardan yasalgan! Uyda 5 ta katta televizor va sport xonasi mavjud. Lekin hech narsa ushbu uyning sportkar uchun maxsus alohida garaji bilan tenglasha olmaydi.

5. Marchi Mobile Element Plazzo

5. Marchi Mobile Element Plazzo

Avstriyada loyihalashtirilgan va lyuks klasga tegishli eng hashamatli g’ildirakli uy. Eng katta, eng balandlardan biri va eng muhimi – eng funksiyalari ko’p g’ildirakli uy. Sayohatchi istaydigan deyarli hamma narsa unda bor. Tog’risini aytganda, ushbu treyler xatto ko’p qimmat kvartiralardan ham yaxshiroqdir. Issiq pol, dinamik klimat boshqaruvi, eksklyuziv interyer – bu hali furgonning eng kichik qismi. Bu avtomobil – 3 million dollar turadi.  

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook