просмотров
10. Seyshel rupiyasi
Seyshel orollari hech ikkilanishsiz biz ko’rgan joylarning eng chiroylilaridan biri. Shunga yarasha uning puli ham chiroyli ekan. Seyshel rupiyasi baliq va gullar bilan bezatilib, mamlakatning ekzotikasini bildirib turadi.
9. Gon-Kong dollari
Gon-Kong 1997 yildan beri Xitoyning bir bo’lagi bo’lishiga qaramasdan, maxsus boshqaruv regioni o’zining alohida pul birligiga ega. Gon-Kong qog’oz pullarni ishlatishni davom etmoqda. Biroq 2007 yil ular maxsus 10$ lik polimerdan yasalgan pul ishlab chiqarishgan. Bu chegaralangan bo’lgan, chunki faqat sinov uchun chiqarilgan edi. Ammo hozirda ham ushbu pullarni uchratishingiz mumkin.
8. Misr funti
Misr funtining eng qiziqarli tomoni ularning aylanishidir. 7 funt 1 AQSh dollariga teng va 1 funt hech narsaga arzimaydi. Misrliklar qog’oz pul ishlatishadi shu sababdan 1 funt yoqolib yomon bo’lib ketmaguncha aylanaveradi.
7. Isroil shekeli (sheqel)
Shekelning tarixi Isroilning tarixiga o’xshab qiziq. 1948 yildan 1980 yilga qadar Isroilning milliy valyutasi lira bo’lgan. 1980 yilda Isroil shekelim (shekelning ko’pligi) ga o’tgan, biroq 1986 yildagi AQSh dollariga nisbatan devalvatsaga uchragani uchun u “Eski Shekel” deb atalgan va Isroil “Yangi shekel”ga o’tgan. Yangisi eskisining 1000 tasiga teng bo’lgan. Hozirgi shekel plastikdan tayyorlangan, suv o’tqazmaydi va chap burchagida David yulduzi bor.
6. Mog’uliston Tögrögi
Bu valyuta nega bunday nom olganidan xabarim yo’q. To’g’risini aytganda undagi ikkita O harfini qanday talaffuz qilishni ham bilmayman. Lekin fakt shundaki bu kupyurada yigirma to’rtta sigir, g’ildirakda bahaybat o’tov va qo’rqinchili kishining surati bor.
5. Xatta daryosi dollari
Siz valyuta almashtiradigan bankingizga kirib Xatta daryosi dollarini topa olmaysiz. Bu maxsus pulni menga Xatta daryosi knyazlik malikasi bergan. Bu valyuta Avstraliya dollariga bog’langan va uni siz faqatgina Nain poytaxti Xatta daryosiga kirishga pul to’laganingizda olishingiz mumkin.
4. G’arbiy Afrika CFA Franki
Avvallari Afrikaning turli joylarida har xil valyuta ishlatilishini bilmas edim. Endi bilsam Afrika CFA franki faqat Senegal, Benin, Burkina Faso, Ivoriya, Gvineya-Bisau, Mali, Nigeriya va Togoda o’tar ekan. Kamerun, Markaziy Afrika Respublikasi, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvador Gvineya va Gabonda esa Markaziy Afrika franki ishlatilar ekan. Eng qizig’i shundaki ushbu pullar o’zaro o’zgarmas narxda Yevro kursiga qarab va Fransuz kafolati bilan almashinishi mumkin ekan.
3. Yangi Zelandiya dollari
Ushbu pul ustida pingvinlarning rasmi bor. Pingvin-a! Ularning pullari ham pingvinlarga o’xshab suv o’tqazmaydi.
2. Kuba konvertatsiyali pesosi
Kuba valyuta nuqtai nazaridan qaraganda dunyoning eng qiziq mamlakatlaridan biri. Ushbu millat 2 ta alohida bir biriga umuman teng bo’lmagan pul valyutasidan foydalanadi. Mahalliy aholi Kuba pesosidan foydalansa, mehmonlar esa Kuba konvertatsiya pesosidan foydalanadi. Bu 25 Kuba pesosiga teng.
1. Iroq dinori
Men Iroqda bo’lmaganman, lekin ushbu banknotani kolleksiyaga kiritishga qaror qildim. Bu albatta Iroqning hozirgi zamonaviy valyutasi emas. Bu Saddam Hussein yoshlik davridagi pul birligi bo’lgan.
Сообщения из Facebook