просмотров
Los-Andjelesdagi eng ishtahani ochadigan va yoqimli muzqaymoq muzeyi
Dunyoda g’ayritabiiy, maxsuslashtirilgan va hatto antiqa muzeylar kam emas. Va ularning qatoriga yanabir muzeyni qo’shib qo’yishimiz mumkin: Los-Andjelesdagi muzqaymoq muzeyi. Joy rostdan ham ekzotik. Boshqa muzeylardagidek, bu yerda siz unchalik ko’p ma’lumot oloymaysiz, albatta. Ammo xursandchilik va yaxshi kayfiyatni – birnecha kilogramlab olishingiz aniq.
Muzqaymoq muzeyi o’z ichida 10 ta turli xil san’at-qurilmalarini birlashtirdi. Hammasining umumiy tomoni bor: ular interaktiv, sevimli sovuq shirinlikka bag’ishlangan, va juda yoqimtoy. Butun muzqaymoq yo’lakchasi bo’ylab yurganda esa, tashrif buyurganlarga ba’zi “eksponat” lardan bepul ta’tib ko’rishga ruxsat berilgan. Hayratlanarli emas, hatto amerikaning o’lchovi bilan ham chipta narxi ancha baland (29 dollar kattalar uchun va 18 dollar bolalar uchun) bo’lishiga qaramasdan, ular butun may oyi uchun bir necha soatda sotib bo’lindi.
Qurilmalar ko’zni xushnud etadi va oshqazonni sabrsizlik bilan kuttirib, hayajonlantiradi. Barcha xonalar yorqin konfet ranglariga bo’yalgan. Bu yerda tramplinda sakrash, ulkan eskimoda o’tirish, shokoladli yerga qazib qo’yilgan yalpiz o’simliklarini “sug’orish” va hatto haqiqiy konditer kukuni bilan to’ldirilgan basseynga sho’ng’ish mumkin. Kuratorlarning aytishlaricha, oxirgi obyektga 100 millionga (!) yaqin rang-barang shakar pufaklari sarf qilingan. Hayratlanarli emaski,muzey allaqachon, qirg’oq bo’yi yoki mashhur Hollywood yozuvi qatorida, “Instagramga rasm tushish uchun asosiy joy” deb atalgan.
Kuratorlarning aytishlaricha, muzqaymoq muzeyining asosiy vazifasi – kayfiyatni ko’tarish va zerikishdan qutulish. Va muzey bu ishni yaxshi bajaryapti. Axir bu kabi shirin va yoqrin joyda o’ksik yura olishning umuman iloji yo’q.
Сообщения из Facebook