Eyfel minorasi haqida 10 ta ma’lumot
Eyfel minorasi haqida 10 ta ma’lumot
128 yil avval 1889 yil 31 martda Parijda Eyfel minorasining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tgan. Shu kuni minora konstruktori Gustav Eyfel uning uchiga Fransiya bayrog’ini o’rnatgan.

Quyida Fransiya belgisi hisoblangan va Parijning eng diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblangan Eyfel minorasi haqida ma’lumotlarni keltiramiz.

1. 1889 yilda tantanali ravishda ochilgan Eyfel minorasi o’sha davrda dunyoning eng baland qurilmasi hisoblangan. Biroq 1930 yilga kelib Nyu-Yorkdagi “Kraysler” kompaniyasining balandligi 320 metrlik osmono’par binosi Eyfel minorasidan o’zib ketdi. Bugungi kunda esa minora Fransiyadagi baland qurilmalar ichida bor-yo’g’i beshinchi o’rinni egallaydi.

2.Bir qarashda Eyfel minorasi bir xil rangda ko’rinadi. Aslida qurilma 3 xil tusga bo’yalgan. Minora asosi to’q rangda bo’lib, cho’qqisi eng och rangda bo’yalgan. Har yetti yilda minorani bo’yash uchun 60 tonna bo’yoq sarflanadi.

3. Minoraning ikkinchi qavatida mashhur bosh-oshpaz Alen Dukass xo’randalar uchun restoran ochgan.

4. 1912 yilda palto-parashyut ixtirochisi o’z  ixtirosini Eyfel minorasida sinab ko’rmoqchi bo’lib, minoraning uchinchi qavatidan sakrab, halok bo’ldi.

5.Ikkinchi jahon urushi davrida fransuzlar nemislarga taslim bo’lishdan avval sabotaj uyushtirdilar. Ular dushman minoraga chiqib, shahar manzarasini tomosha qila olmasligi uchun liftni ishdan chiqardilar. Biroq Gitler minoraga piyoda chiqishdan erinmadi. 1944 yilda lift tuzatildi va barcha ittifoqchi askarlarga bepul kirishga ruxsat berildi.

6.Eyfel minorasining kichik nusxalari dunyoning turli burchaklarida bor: Amerikaning Las-Vegasida, Xitoyning Guanjou va Shenchjena, Ruminiyaning Slobozi shaharlarida, shuningdek Kopengagen (Daniya), Varna (Bolgariya), Aktau (Qozog’iston) va hokazo.

7.Gustav Eyfel minoraga o’sha davrning mashhur 72 nafar faransuz muhandislari, olimlar va matematiklarning ismini o’yib yozgan.

8. 1925-34 yillarda Citroen avtomobil kompaniyasi minoraning to’rt tomoniga reklamasini joylashtirgan. Bu o’sha davrning eng katta reklamasi bo’lgan.

9.Minoraning montaj ishlari bajarilayotganda bir odam baxtsiz hodisa tufayli halok bo’lgan.

10. Tomas Edison Eyfel minorasini borib ko’rganda hayratda qolgan. Mehmonlar uchun taassurotlar kitobida shunday so’zlarni yozib qoldirgan: “Buyuk Yaratuvchi – Xudoga tahsin o’qiganday, zamonamizning muhandislik san’atining yirik va hayrotomuz ijodining asoschisi janob Eyfelga tasannolar aytaman. Tomas Edison.”

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook