Eyfel minorasi haqida bilasizmi?
Eyfel minorasi haqida bilasizmi?
Minora 1889-yilgi Umumjahon ko‘rgazmasi uchun qurilgan. Moris Koshlen va Emiel Nuge tomonidan namoyish etilgan chizmalar ko‘rgazmaga tayyorgarlik e’lon qilingan musobaqada birinchi sovrinni qo‘lga kiritgan.

Parij ramzi hisoblanadigan Eyfel minorasi 1887-yilning yanvar oyida qurila boshlagan bo‘lsa, 1889-yil 30-martida yakunlangan. Minora  qurilishiga ko‘plab fransuzlar qarshilik ko‘rsatishgan. Ular 300 metrlik "temir majruh" shahar ko‘rkini buzib turadi deb hisoblashgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra 300 yozuvchi va rassomlar munitsipalitet nomiga konstruktsiyani  "foydasiz va ko‘rimsiz" ta’riflab raddiyalar yozganlar.

 Ulkanbunyodkorlik ishlarida 300 nafar ishchi kuchidan foydalanilgan.

Shakllarning har biri aniq, xavfsiz va chidamli bo‘lishi uchun 12 mingta metall detallar ishlatildi.

 Inshoatni tiklash va boshqa xizmatlar uchun 7,8 million frank sarflangan.

 Minora mashhur arxitektor Gustavo Eyfelning nomiga shunday nomlangan.

Eyfel yon  ko‘prigi qarshisidagi Mars maydonida qad tiklagan.

 Minoraga o‘rnatilgan dastlabki ikki lift gidravik nasoslar yordamida ishlatilgandi. Ammo ulardan qish faslida foydalanib bo‘lmas edi.

Liftga chiqishdan qo‘rqadiganlar 1792 ta zinadan hatlab minoraga chiqishlari mumkin.

 

Eyfelning xavfsizligidan xavotirlanmasa ham bo‘ladi. U eng kuchli bo‘ron (180 km/soat)turgan taqdirda ham 18 santimetrgacha tebranishi mumkin xolos. 

Bino foydalanish uchun topshirilgandan boshlab 6 oy ichida 2 million tomoshabinni o‘ziga jalb qilgan.

Dastlab Eyfel bilan tuzilgan shartnomada minora 20 yil qad rostlab turishi, keyin esa buzib tashlanishi ko‘zda tutilgan edi.

Binoning balandligi 324 metr, og‘irligi esa 10100 tonnani tashkil qiladi.

Minora kunduz kuni o‘z rangida: uzoqdan qop-qora, yaqinlashgan saringiz, shunchaki eskirgan temirlar majmuasi.

Tunda oltindek sap-sariq yonadi. Vaqti-vaqti bilan chiroqlar butun minora bo‘ylab raqsga tushadi. Lift birinchi, ikkinchi qavatlar va minora uchigacha ko‘tariladi. Chipta narxi ham  shunga qarab belgilanadi. Parijni Eyfelning yuqorisidan tomosha qilmoqchi bo‘lsangiz 16 evro to‘laysiz.

Liftga 30kishi sig‘adi. Minoraga navbatsiz kirish faqat internet orqali oldindan buking qilganlarga nasib etadi. Birinchi qavatda restoranlar joylashgan. Minora "toji"da aylanma zinapoyalar bilan yuqoriga ko‘tarilsangiz, arxitektor Eyfelning maxsus kabinetini ko‘rasiz. Eyfel sharafiga minoraning chap oyog‘i ostida haykal o‘rnatilgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook