просмотров
1. Changi, Singapur
Singapurning Changi aeroporti - haqiqiy ko'ngil ochar markazdir. Agar reyslar oralig'ida bir juft soatlar bor bo'lsa, bu yerda jonli tabiat olamiga sho'ng'ib ketish mumkin. Terminal T1 tomida ajoyib bog' yaratilgan bo'lib, yuzlab Afrika va Amerikadan keltirilgan karkus va sukkulentlar turlari bor. T2 terminalida kungaboqarlar va orxideyalar gullab turadi, T3 da esa, kapalaklar yashaydi.
"Kinetik yomg'ir" instalyasiyasi: 1216 ta bronza tomchilari asta sekinlik bilan 16 ta figura va naqshlarga transformasiya bo'ladi, ular orasida samolet, havo shari va hattoki, varrak ham bor.
Changining restoranlarida osiyo oshxonasi shedevrlari bilan mehmon qiladilar va choy marosimlari o'tkazadilar. Kinoteatrlar, o'yin avtomatlari, basseyn, spa-markaz, art-zonalar - bu yerda zerikish o'rniga navbardagi reys haqida unitish mumkin. Lekin eng yaxshi ko'ngil ocharliklarlik - 5,5 soatdan ortiq kesishuvli passajirlar uchun Singapur bo'ylab bepul turlardir. Kuniga bir necha marotaba T2 va T3 terminallaridan gidlar bilan avtobuslar yo'lga otlanadilar. Ular shaharning eng go'zal nuqtalarida to'xtaydilar: Kichik Hindiston kvartalida, Chayna-taun, Merlion bog'i va hakazo. Singapur aeroporti 27 yil davomida ketma-ket dunyodagi eng zo'r aeroport nomini britaniyaning Business Traveler jurnali tomonidan olgan.
2. Inchxon, Seul
Janubiy Koreyaning asosiy aviaxabi - Inchxon aeroporti - Seuldan 70 kilometr masofada, bir vaqtlar tarqoq bo'lgan orollarda qad ko'tarib turibdi. Bu yerda vaqtni chog' o'tkazish mumkin: passajirlar uchun shisha va beton orasida hishmanzara bog'lar, go'zallik salomlari, butiklar, kinoteatrlar va muz katoki tuzilgan. Koreya madaniyati bo'yicha turdan o'tish mumkin. U hunarmandchilik galereyasiga tashrif etishdan boshlanadi, milliy koloritli ta'sirchan shou bilan yakunlanadi.
Eng tinimsizlar uchun davomiyligi bir soatdan besh soatgacha bo'lgan shaharga chiqishli ekskursiyalar ishlab chiqilgan: budda ibodatxonalarini, sirlin g'orlar va poytaxtning diqqatga sazovor joylarini ko'rish mumkin.
3. Narita, Tokio
Narita - Tokioning ikki aeroportidan biri bo'lib, aksariyat xalqaro reyslarga xizmat ko'rsatadi. Bu san'at shunavandalari uchun jannat: bu yerda to'laqonli tasviriy galereya va salon-do'kon kabuki ochilgan, ko'p sonli haykallar, vitrajlar, rasmlar va instalyasiyalar terminallarning interyeriga monandlik bilan joylashtirilgan. Aeroportni bog'lar, muzey, ibodatxonalar, autletlar va ko'ngil ochar markazlar o'rab turadi, lekin sakkiz soat bo'sh vaqt bor bo'lsa, uzoqroqqa otlanish mumkin - yapon poytaxtining asosiy hazinalari tomon.
4. Otaturk, Istanbul
Otaturk - Turkiyaning eng katta, qulay va zamonaviy aeroporti bo'lib, komfortabel launj-zonali, o'z mehmonxonasi, do'konlari va restoranlari bor. Barqaror talabga Istanbulning diqqatga sazovor joylari va ko'rinishlari, Bosfor bo'ylab kruizlar va Shaxzodalar oriliga sayrlar egadirlar. Bundan tashqari, Otaturkda tasviriy galereyalar, vizantiy ibodatxonalari, Grand-Bozor yoki koloritli qaxvaxonalarga tashrif etish bilan mavzuviy dasturlar taklif qiladi.
5. Xamad, Doxa
Doxaning stilli va texnologik aeroporti 2014 yili ochilgan edi. Bu yerda lyuks brendlarining butiklari, restoranlar, o'yin maydonlari, trenajer zali va bahaybat basseyni bor fitnes-markaz bor. Xamadning tashqarisiga esa boshqa sir sinoatlar chorlaydi: "Qatar durdonasi" elit rayoni, Islom san'at muzeyi, Suk-Vakif bozori, Madaniy qishloq - bularning barchasi tranzit passajirlari uchun bepul qatarlik viza bilan uch soatlik ekskursiya ichida.
Сообщения из Facebook