просмотров
Sheyxa Moza bint Naser al-Misned – Qatar uchinchi emiri sheyxi Hamad ben Kalifa-al-Tanini uchta hotinidan ikkinchisi, yetti nafar farzandlarini onasi, sayyorani eng stilli ayollaidan biri, va qanchalik g’alati eshitilsa ham siyosiy va jamoat arbobi.
Sheyxi Hamad ben Kalifa-al-Tani va sheyxa Moza.
Uning hayotini tarixi sharq ertaklari kabidir, agar kimdir Mozani biografiyasi bo’yicha serial olmoqchi bo’lsa, “Muhtasham asr” serailiga o’xshab chiqar edi. Faqat sulton Sulaymon o’rniga – Qatarni voris shaxzodasi, Xurrem o’rniga esa – Moza, ko’zga ko’ringan qatarlik biznessmen qizi.
Sheyx va sheyxa rasmiy tadbirlarda.
18 yoshida Mozaga “omadli bilet” tushgan – u bo’lajak voris shaxzodasi bilan tanishdi, lekin unga turmushga chiqishga shoshmagan. Avval Qatar universitetini psixologiya fakultetiga kirdi, so’ngra amerikalik nufuzli universitetlarda stajirovka qildi. Va keyin turmushga chiqdi.
Ko’p emas kam emas Fors ko’rfazini kulrang kardinali nomini olgan ayol, olaviy hayotini birinchi yillarini o’z bollariga bag’ishladi. Va Qatar ham usha paytda hozirdek arab dunyosida nufuzli davlat bo’lmagan.
Vaziyat 1995 yilda o’zgardi. Ushanda Moza turmush o’rtog’i qonsiz to’ntarilish qilgan va davlatdagi hukmronlikni o’z qo’liga olgan, o’z otasini tahtdan tushirib. To’ntarilishni anglo-sakson dunyosi qo’llab quvvatladi, Qatar haqida neft-gaz majmuasi tufayli gapirisha boshlashdi, yangi emir dunyoga o’zini ikkinchi hotinini namoyish qildi – chiroyli va o’qimishli Mozani.
Sheyxa Moza ijtimoiy va hayriya dasturlarni nazorat qilishni boshladi va jamoatda ko’proq paydo bo’lishni boshladi, dunyoni etakchi moda uylarini hayratlanarli liboslarida.
Sheyxa shim ham, ko’ylaklarni ham qomatga yarasha kiymoqda.
Mozani zamonaviy qiyofalarida, ekspertlarni aytishicha, Qatardagi asl “modali holat”ga shama ham yo’q, u erda ayollar abaylarda (polgacha qora liboslar), ro’mollarda yoki niqoblarda (qora rangli bosh kiyimi, butun yuzni berkitadigan, ko’zlar uchun ochiq joy bilan) yurishgan, - umuman olganda hamma arab davlatlariday. Moza faqat tyurbanni taqadi, bo’sh vaqtida esa shimda ham yurishi mumkin.
Mozani Qatar agressiv iqtisodiy siyosati tufayli ham tanqid qilishmoqda – Fors ko’rfazidagi davlatni gaz narhlarini arzonlashtirish va butun dunyo bo’ylab gaz bozorini maksimal segmentini egallab olishga urinishda ayblashmoqda. Bundan tashqari, Qatar butun dunyo bo’ylab radikal guruhlariga homiylik qiladi, va bu albatta sheyxani latofatli qiyofasiga to’g’ri kelmaydi.
Sheyxa Moza va knyaz Monako Alber II.
Moza sheyxi Djordj Bush-katta va rafiqasi Barbaranikilarda, mehmonda.
Moza Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II va shaxzoda Filip bilan.
Karla Bruni-Sarkozi va sheyxa Moza.
Sheyxa Moza, Fors ko’rfazini boshqa davlatlari hukmdorlari rafiqalari uchun noyoblik bo’lmish, qator davlat va halqaro lavozimlarga ega, shular qatorida: u Qatar ta’lim, fan va ijtimoiy rivojlanish fondi boshqaruvchisi, oilaviy savollar bo’yicha Oliy Kengash prezidenti, ta’lim bo’yicha Oliy Kengash vitse-prezidenti, YUNESKOni maxsus elchisi. Moza Arab demokratik fondini yaratgan, unga turmush o’rtog’i birinchi to’lov qildi 10 million dollar miqdorida. Fondni asosiy maqsadi – erkin OAV va fuqarolik jamiyat rivojlanishiga yordam.
Shuningdek sheyxa Moza – Qatar ilm va texnologiyalar bog’i yaratilishini asoschisi, uning ochilishi 2008 yilni ohirida bo’lgan. Bog’ 225 million investitsiyalarni jalb qilgan, shu qatorda dunyoni yetakchi kompaniyalari Microsoft, Shell va General Electric.
Moza Qatarni poytaxti, Doxa shaxarchasi oldida “Ta’lim shaxri”ni qurgan – universitet shaxarcha, u yerda ma’ruzalarni talabalarga amerikalik yetakchi professorlari o’qiydi.
Sheyxa Mozani o’zi Virdjin Hamkorlik universiteti, A&M Tehas universiteti, Karnegi-Mellon Universiteti, London Imperlik kolledji va Djordjtaun universitetlarini faxrli doctor unvonlariga ega. 2010 yildan boshlab Britaniya imperiya Ordeni komandor-ayoli.
Ayol-komandor Buyuk Britaniya qirolichasi bilan.
Moza 54 yoshda. Ko’rinishi ajabtovur. Bazilarni hisob-kitobi bo’yicha 12ta plastik operatsiyalarga 2 million dollar atrofida sarflagan. Sheyxa fondiga aloqador odamlar, uning mehnat qobiliyatiga va maqsadga intilishiga qoyil qolishadi, uning qatiyatliligini, hukmini yurgizishini va tasavvur qiling! – feminizmini ta’kidlab o’tishadi.
Moza o’z sheyxini, barcha birinchi ledini bor bo’lishi kerak bo’lgan, rasmiy safarlarida kuzatgan
Aynan Moza Tamim beshta og’illaridan biri sheyx Hamad vorisi bo’ldi, Moza turmush o’rtog’i. Va bu uni portretiga muhim chiziq, ahir Hamadda Mozadan tashqari yana ikkita hotini bor, umumiy vorislarini soni esa – 27 odam. Lekin aynan Tamim o’tgan yilni iyunida Qatarni to’rtinchi hukmdori bo’ldi, o’z otasini siljitib. Aniqrog’I otasini o’zi, to’ntarishlar va hayajonsiz, davlat boshqarish jilovlarini Moza o’g’lini qo’llariga topshirdi.
Bundan so’ng, Mozani turmush o’rtog’iga va davlat ishlariga ta’siri haqida afsonalar yurmoqda.
Va nafaqat Qatarda. Moza “Forbes” jurnali versiyasi bo’yicha dunyoni eng qudratli ayollar 100 taligiga kirdi. Aytishlaricha, sheyx Hamad uchinchi marotaba ishq, sevgi yoki foyda tufayli uylanmagan, balki Mozaga qasddan, uning hukmronligi cheksiz emasligini ko’rsatish uchun. Lekin baribir hech qaysi ayol mozani o’rnini bosa olmadi, u diplomatik protokol va xalqaro etiket bilimdoni bo’ldi, va balkim sheyxni yuragiga va tafakkuriga yo’l topgandur, uning hukmdorligi vaqtida kichkina Qatar gullab yashnashni boshlagan.
Sheyx aytadi: “Bu bollar qanday yashayotganini o’z ko’zingiz bilan ko’rish, - bu ular haqida o’qish va eshitish bilan barobar emas. Bu bollar oddiy odam huquqlari uchun kurashishga majbur, masalan normal sharoitlarda o’qish va yashamoq. Meni tahminim bo’yicha bu maktablar o’qituvchilar yoki jihozlarda yetishmovchilik his etishar edi. Lekin bularni o’quv hona deb ham atab bo’lmas edi! Biz nima desak ham, nima qilsak ham, bu kam bo’ladi, lekin men hech bo’lmasam bitta maktab yaratmoqchimanki, u namuna, standart bo’lsa. Bolalar shunga loyiq!”
Сообщения из Facebook