Haddan tashqari qimmatligi bilan ajralib turuvchi 10 ta noyob xo’l meva
Suvli shaftoli yoki karsillagan olmani yeyishni hamma yaxshi ko’radi. Biroq shunday mevalar ham bor ekanki, ularning qimmat narxi odamni cho’chitib yuboradi.

Yubari qovuni

Yubari qovuni

Yubari qovuni Yaponiyaning Xokkaydo oroli issiqxonalarida yetishtiriladi. Bu dumaloq shakldagi qovunning ta’mi juda shirin. Uning o’rtacha narxi $ 300, biroq 2 ta eng qimmati auktsionda $27 000 ga sotilgan.

Densuke qora tarvuzi

Densuke qora tarvuzi

O’zgacha shirin ta’mi bilan ajralib turuvchi bu tarvuz Yaponiyaning Xokkaydo orolida yetishtiriladi. Bu tarvuzning po’stlog’i to’q yashil rangda bo’lgani uchun qora tarvuz deb ataladi. Bu tarvuzning o’rtacha narxi $ 250 turadi, biroq eng kattasi auktsionda $ 6 100 ga sotilgan.

Ruby Roman navli uzum

Ruby Roman navli uzum

Yapon selektsiochilari tomonidan yetishtirilgan bu qizil uzum navi dunyodagi eng qimmat uzumdir. Har bir donachasining kattaligi ping-pong kopto’giga teng, mazasi esa o’zgacha shirin. Bir bosh uzum narxi $ 65 turadi, biroq 2016 yilda 700 grammga teng bo’lgan bir bosh uzum $ 10 900 ga sotilgan.

“Quyosh tuxumi” nomli mango

“Quyosh tuxumi” nomli mango

Mangoning bu turi 350 grammga teng va mazasi juda shirin. Bu mangoning bir jufti Yaponiyada $ 3 000 ga sotilgan.

Kvadrat shaklidagi tarvuz

Kvadrat shaklidagi tarvuz

Bu tarvuzni Sikoku yapon orolining fermerlari yetishtirganlar. Bunday shaklga keltirish uchun ularni maxsus kub-konteynerlarga joylashtiradilar. Unday tarvuzlarni parvarishlash juda qiyin. Ular oxirigacha pishib yetilmasliklari mumkin. Shuning uchun kvadrat shaklidagi tarvuzlarni asosan dekoratsiya maqsadida sotib oladilar. Masalan vitrinalarni bezatish uchun. Ularning narxi $ 200 dan $ 800 gacha.

Mevali butik qulupnayi

Mevali butik qulupnayi

Bir qarashda oddiy ko’ringan bu qulupnay navi yuzlab boshqa navlar ichidan tanlab olingan. U ideal formasi bilan ajralib turadi. Bu qulupnay Tokioning hashamatli meva salonida sotiladi. 12 dona qulubnay qadoqlangan idish $ 69 turadi.

Sekai Ichi olmasi

Sekai Ichi olmasi

Bu olma navi yapon selektsiochilarining faxridir. Bir olmaning og’irligi 2 kg gacha yetishi mumkin. Yaponlar bunday olmalarni noyob ozuqa deb hisoblaydilar va asosan bayram kunlari iste’mol qiladilar. Har bir olma $ 21 turadi.

Dekopon

Dekopon

Dekopon ham Yaponiyada yetishtirilgan bo’lib, mandarin va apelsin gibrididir. Ta’kidlashlaricha, bu dunyodagi eng mazali sitrus – shirin, ozgina nordon va juda suvli. U $ 13 turadi.

Budda shaklidagi noklar

Budda shaklidagi noklar

Kichik budda shaklidagi noklarni yetishtirishni Xitoy fermerlari o’ylab topdilar. Ular mevalarga plastik formalarni biriktirib chiqadilar va noklar yetilganda kichik skulptura shakliga kiradilar. Bunday noklarning har biri $ 9 turadi.

Gokusen banani

Gokusen banani

Gokusen banani dengiz sathidan 500 metr balandlikda bo’lgan Filipinlarning toza hududida o’sadi. Bu banan navi yuzlab navlardan yetishtirilgan bo’lib, oddiy bananlardan shirinligi, yoqimli hidi va mayinligi bilan ajralib turadi. Shunday 1 ta banan 200 gramm og’irlikka ega bo’lib, $ 6 turadi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations