Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi hayratlanarli faktlar (4-qism).
Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi hayratlanarli faktlar (4-qism).
Dunyodagi eng qiziqarli faktlar va ma'lumotlardan habardor bo'lishni istasangiz ushbu ma'umotlar aynan siz uchun.

Ilk “Mikroto’lqinli pech” 1945 yil 6-dekabr kuni kashf qilingan.

Inson organizmi judayam ko’p issiqlik ajratib chiqaradi, bir kun davomida ajralib chiqqan issiqlik energiyasi o’ttiz litr suvni qaynatishga yetarkan.

Norvegiyada jamoat transportlarida yoshi katta kishilarga joy berish odat tusiga kirmagan. Buni ular “odobdan emas” deb hisoblashadi. Hisoblanishicha, ushbu harakat orqali siz o’zingizning jismoniy kuchingiz bilan maqtanayotgan bo’lar emishsiz.

Inson tanasi har-xil kimyoviy unsurlardan tashkil topgan bo’ladi. Umr davomida tanamizdan ajralib chiqqan xlor moddasi katta hajmdagi oltita suv havzasini zararsizlantirishga yetadi. Tanamizdan ajralib chiqadigan fosfor esa, 200 qut gugurt yasashga yetar ekan.

Santa –Klaus bug’ularining ko’piga erkakcha ismlar qo’yilgan. Lekin erkak bug’ular Rojdestvo bayramiga shoxlarini tashlaydi, shuning uchun ham chanalarni urg’ochi bug’ular tortadilar.

Eng tez uchadigan qush burgut bo’lib, u 290 km/soat tezlik bilan ucha oladi.

Hokimiyat tepasida eng uzoq muddat turganligi bo’yicha rekordchi – Fidel Kastro. Kuba inqilobi yetakchisi 49 yil 10 oy 3 kun hukmdorlik qilgan. Monarxlargina bu muddatdan o’tganlar. Eng ko’p sonli muvaffaqiyatsiz suyiqasdlar ham aynan Fidel Kastroga nisbatan amalga oshirilgan. Uni o’ldirish maqsadida 638 ta fitna uyishtirilgan.

Giperion –Saturn yo’ldoshlaridan biri bo’lib, o’lchami 250 km. Unda kraterlar shunchalik ko’pki, hajmining 40 foizi g’ovak ( bo’shliq) dan iborat.

Dunyodagi eng keng ko’prik- “harbor bridge”. Ko’prikda 16 qator mashina yo’llari mavjud.

Birinchi kosmik turist – 2001 yil 28 aprel sanasida Rossiyaning Soyuz TM-32 kosmik kemasida ikkita kosmonavt bilan birga kosmosga uchgan amerikalik millioner Dennis Titodir.

Dunyo bo’yicha eng badavlat hukmdor Tailand qiroli Pumipon Adulyadet (Rama IX)dir. Forbes ma’lumotlariga ko’ra, uning shaxsiy boyligi 30 milliard dollar deb aytilgan.

Saturn halqasi – bir necha millimetrdan o’nglab kilometrgacha bo’lgan milliardlab bo’laklardan iborat. Ular asosan, muz bo’laklaridir.

Aslida Araxis yong’oq hisoblanmaydi, u yerda o’sgani bois loviya oilasiga kiradi.

Derek Amanto basseyn tubiga boshini urib oladi va uyg’ongach esa o’zida ajoyib iqtidorni sezadi. Unda sindrom savanta – bu bosh miyada ba’zida paydo bo’ladigan hodisa. Uni yana “ajoyib orol” deb ham nomlashadi. Shundan so’ng u hech qanday musiqiy darslarsiz  mashxur pianist bo’lib ketdi.

To’ti va quyon o’grilmasdan ham orqada nima borligini aniq ko’ra oladi.

Oqqushlar yovvoyi tabiatda 20-25 yil umr ko’radi. Ular qizil kitobga kiritilgan.

1952 yil Albert Enshteynga Isroil prrezidenti bo’lish taklifi bildirilgan, ammo u rozi bo’lmagan.

Dunyodagi eng xavosi ifloslangan davlat – Xitoy hisoblanadi.

Mimas –Saturnning tabiiy yo’ldoshi sanaladi. Uning o’lchami 400 kilometr bo’lib, tashqi ko’rinishidan katta golf to’pini yodga soladi.

Begemot suti pushti rangga ega.

Olimlarning hisobiga ko’ra, okean tubida jami 20 million tonna sof oltin bor. Yer yuzi aholisi esa shu kungacha 161 tonna oltinni qazib olishga ulgurishgan holos.

Afrikada 40tadan 1 ta kishida uyali telefon mavjud.

Dunyo bo'yicha 88 foiz odamlar o’zlarini chap tomondan rasmga olar ekanlar.

Londonning taniqli “qora keb” taksisining haydovchisi bo’lish uchun, kaida 25 mingta yo’llarni va ellik mingtadan ortiq taniqli joylarni bilish shart. Yana “thrKnowledge” mahsus testidan o’tish kerak. Imtihondan o’tish uchun nomzodlardan odatda 12 ta urinish va 34 oylik tayyorgarlik talab qilinadi.

Qizil rang dunyo bayroqlarida eng ko’p tasvirlanadigan rangdir.

22 aprel –xalqaro Ona Yer kuni sifatida nishonlanadi. BMT tomonidan 2009 yil joriy etilgan va 50 dan ortiq davlat ma’qullagan.

Havo harorati qanchalik issiq bo’lmasin, qushlar sira ham terlamaydilar.

Shvetsiyada tishlarni davolatish 20 yoshgacha bepul amalga oshiriladi.

Shilliqurt, pashsha, dengiz yulduzi kabi jonzotlarning qulog’i eshitmaydi.

Yirtqich hayvonlar ichida sherning yuragi eng kichkinasi hisoblanadi.

21 aprel kuni Astronomiya kuni sifatida nishonlanadi. Bu kun ilk bor Kolifotniyada nishonlangan.

Yangi Zelandiyada qo’ylar soni odamlardan 15 barobar ko’proq.

“Barselona” futbol komandasiga 1899 –yil 29 noyabr kuni asos solingan.

Happy Face krateri ilk bor 1999 yil aniqlangan. U mars sirtida bo’lib, ko’pchillikka tanish smaylikni eslatadi.

“Chekishni tashlashning oson yo’llari” asari muallifi - Allen Karr o’pka rakidan o’lamdan o’tgan.

Ayollar tanasida erkaklardan ko’ra ko’proq oltin bor.

Yomg’ir chuvalchangining beshta yuragi bor.

Agarda akula chalqanchasiga yotsa o’sha zahoti koma holatiga tushadi.

Dunyodagi eng havfli avtomobil Dodge Charger hisoblanadi. Sotuvga chiqqanining birinchi kunidayoq 8 ta mashina avariyaga uchragan.

Yer yuzidagi eng qadimiy daraxt – Baobabdir. U 2000 yoshda.

Coca-Cola, koka barglari va kola yong’oqlaridan tashkil topgan. Farmasevt Jon Pemberton tomonidan asab kasalliklari uchun dori sifatida patentlangan va dorixonalarda sotilgan.

Yer va oy orasidagi masofa o’rtacha 384000 kilometr bo’lib, bu masofaga quyosh sistemasidagi sayyoralarning barchasini joylash mumkin.

Dunyo bo’yicha eng ko’p muloqot tili – xitoy tili hisoblanadi. Undan keyin esa ispan tili, 3- o’rinda ingliz tili.

Dunyodagi birinchi president ayol - Mariya Estela Martines de Peron hisoblanadi. U 1974-yil 1-iyulda turmush o’rtog’i president Xuan Peron olamdan ko’z yumgach, hokimiyat tepasiga keldi. Lekin u bor yo’g’i 2 yil hukmdorlik qiladi holos.1976-yili 24-martda harbiy to’ntaruv paytida Peron prezidentlikdan olib tashlanadi.

Restoranlarda sotiladigan vinoning 55 foizini qizil vino tashkil qiladi.

Inson o’limi och yurganidan ko’ra, uhlamaganida tezroq sodir bo’ladi.

Mashxur rassom Leonardo da Vinchi Mona Lizaning lablarini deyarli 12 yil davomida chizib tugatgan.

Bo’rsiq 10 sm qalinlikdagi yo’g’on daraxtni ikki daqiqa ichida g’ajib, uzib tashlashi mumkin.

Kalibri qushi orqaga ucha oladi.

Yaponiyada kiyiklar uy hayvoni hisoblanadi.

Inson ko’zi 10 million rangni farqlay oladi.

Napoleon mushuklardan juda ham qo’rqqan.

Inson aksa urayotgan vaqtida deyarli tanadagi barcha organizmlar ishlashdan to’xtab qoladi.

Inson yutib yuborgan saqich odam tanasida yeti yilgacha saqlanib turishi mumkin.

Yashil- eng kamyob ko’z rangidir. Bunday ko’zli kishilar juda kam uchraydilar.

Shvetsiyada it egalari uning bo’yiga qarab, Norvegiyada esa uzunligiga qarab soliq to’laydilar.

O’z avtomobillariga chegirma taklif qilgan birinchi avtomobil kompaniyasi – Ford.

Dunyoda birinchi bo’lib 1882-yilda Germaniyada Troleybuslar qatnovi yo’lga qo’yildi.

Odamda ikki million ter bezlari bor. Har bir litr ter uchun 540 kaloriya sarflanadi. Erkaklar ayollarga nisbatan qirq foiz ko’proq terlaydilar.

Dunyodagi eng mo’ylovi uzun inson Muhammed Rashid hisoblanadi, uning mo’ylovi 1.6m ekan.

Tarvuzning sariq turi ham bor. U Tailand va Ispaniyada yetishtiriladi.

Niagara sharsharasi shovqini 2 km uzoqlikda eshitiladi, tunda esa 7 kmgacha masofadan eshitish mumkin.

Xelsinki-dunyodagi eng sovuq shaxar hisoblanadi. Ushbu shaharda har yili o’rtacha 51 kun quyosh deyarli porlamaydi. Yillik o’rtacha harorat esa  0 gardusda oshmaydi.

Mushuklar 5-7 daqiqagacha ko’zini yopmay tura olishadi.

Pluton sayyorasi Rossiyadan kichik.

Bil Geytsni yoshligida “CON” degan laqab bilan chaqirishgani uchun Windows dasturida ushbu nom bilan fayl saqlab bo’lmaydi.

Birlashgan Arab Amirligida tug’ilgan o’g’il farzandga uning oilasi uchun davlat 50000 dollar arjatadi.

Jeyms Madison AQShning eng bo’yi kichkina prezidenti bo’lib, uning uzunligi 163 sm.

Birinchi avtomobil poygasi 1895 yilda AQSHda o’tkazildi. Masofa Chikagodan Evanstongacha bo’lgan. Tanlov g’olibi Frank Duroy edi, uning o’rtacha tezligi 12 km/soat bo’lgan.

Maykl Jekson 50 yil davomida ko’rinishi 50 marta o’zgargan va Ginnesning rekordlar kitobiga ham kirgan.

Antarktida qit’asida yashaydigan baliqlarning qon harorati -1.7C bo’ladi.

Ambideksterlar– ikkala qo’llarining ham imkoniyatlaridan bir hil foydalana oladigan insonlardir. Masalan ular ikki qo’lda ham yoza oladilar.

Tarkibida 25 foiz havodan tashkil yopgan meva bu olmadir.

Oyda 3 dona golf koptokchasi bor.

Eng katta ilon – Anakonda. Uning og’irligi 230 kg.

Uganda davlatida bir ayolga o’rtacha hisobda yettita farzand to’g’ri keladi.

Bir yil davomida inson organizmi o’zidan 4 litr ko’z yosh ishlab chiqaradi.

Maldiv orolida suv osti mehmonxonasi bor. Ushbu mo’jizaviy mehmonxonada tunash uchun, 4000 dollardan voz kechishga to’g’ri keladi.

Marsda inson vazni Yerdagi vaznidan 2.5 marta kam bo’ladi.

Olimp –quyosh sistemasidagi eng baland tog’. Uning balandligi 21.2 km.

1988 yilda Yaponiyada eng uzun Seto-Ohashi ko’prigi ochildi. Uning uzunligi 13 kilometrdan ortiq. Uni bosib o’tish uchun taxminan 20 daqiqa kerak bo’ladi.

Odamlar organizmi judayam ko’p issiqlik ishlab chiqaradi, bir kunda ajralib chiqqan issiqlik energiyasi 30 litr suvni qaynatishga yetarkan.

Saqichning katta bo’lib ishishiga uning tarkibidagi kauchuk javob beradi.

Deyarli ruldagi barcha ayol haydovchilar bir o’zlari bo’lgan paytda ham o’zlariga o’zlari gapirar ekanlar.

Dunyodagi eng qadimiy shahar – Suriya poytaxti Damashq. Ushbu shahar qadimgi Rim shahridan ham ilgari, miloddan avvalgi 753 yilda bunyod bo’lgan.

Bugungi kundagi uzog’imizni yengil qiluvchi taxi mashinalari uzoqdan yaxshi ko’rinishi uchun sariq rangga bo’yalgan. Ushbu g’oya birinchi marta XX asrda vujudga kelgan.

Dunyoda dengizosti sharsharasi ham mavjud. U Le Morn Brabant.

Tovuqning ko’p yoki kam tuxum berishi yorug’likka bog’liq.

Gavayi alifbosi bor yo’gi 12 harfdan iborat.

DVD-diskning ma’lumot yoziladigan chizig’i 12 kmni tashkil qiladi.

Italyanchada deyarli barcha so’zlar unli harflar bilan tugaydi.

Yurak urishidagi bir zarbasining kuchi 200 gr yukni 1 metr balandlikka ko’tarishga yetadi. Bu degani bir oyda o’rta vaznlik bir odamni Jomolungma cho’qqisiga olib chiqish demakdir.

1950-yillarda dollar ham qadrsizlangan. O’sha paytdagi 1 dollarning qiymati 12 sentga teng bo’lgan.

Birinchi marta kuchuk-kosmonavt kosmosga 1957 yilda parvoz qilgan.

1636-yil 28-oktyabr kuni Garvard universitetiga asos solingan.

Bethovenning yaratgan “Fur Elis” musiqasi inson yuragini yumshatishga yordam berar ekan.

Olimlarning aniqlashicha chilim sigaretga qaraganda 200 barobar zararliroq ekan.

Aniqlanishicha, inson so’lagida opiorfin tinchlantiruvchi bor va ushbu tinchlantiruvchi morfindan olti barobar ko’proq.

 Artur Konan Doylning – mashxur obrazi “Sherlok Xolms” ni prototipi aslida muallifning o’zi bo’lganini zamondoshlari ko’p bora ta’kidlagan. Chunki, yozuvchi o’z qahramoni kabi sinchkov, topqir va o’tkir zehnli bo’lgan. Ko’p davlat arboblari undan jumboqli masalalarni yechishda yordam so’rashganida, Konan Doyl – Xolms uslubida ularga ko’p bor ko’maklashgan.

Agar Xitoyliklar bir birlarining ustiga chiqishsa unda yerdan oygacha uch marta borib kelsa bo’lar ekan. Agar ular bir birlarini qo’llarini ushlab turishsa yer yuzini to’rt marta o’rashga yetar ekan.

Bitta odamning tanasida butun yer yuzidagi odamlardan ko’proq tirik organizm yashaydi.

Betelgeyze yulduzining diametri Yerning Quyosh atrofidagi orbitasidan kattaroq.

Angliyada XVIII asrda oqsuyak oliftalar o’ta tor pantalon kiyishgan. Unga sig’ish uchun kiyilayotganda mahsus moslama yordamida cho’zib turganlar.

Har yili 24 yoshdagi amerikaliklardan 5000 kishi o’z joniga qast qilar ekan. Yana 1000 ming amerikalik har yili o’z joniga qasd qilishga urinishar ekanlar.

Internetdagi birinchi vebsayt bundan 25 yil oldin yaratilgan va hozir ham ishlamoqda.

Barringer krateri – dunyodagi eng katta krater bo’lib u yerga meteorid tushishidan hosil bo’lgan.

Quyoshda 1 million kilometrlik yorug’lik bor.

1982 – yil Sukol Fulman internetda suhbatlashganda his tuyg’ularini ifodalash uchun emotsionlarni (smayliklarni) qo’llashni taklif qilgan.

Tug’ilajak bolaning yurak urishi, homilaning 6-haftasida sezila boshlaydi.

Ma’lumotlarga qaraganda inson hurrak otayotganda tush ko’rmas ekan.

Vulqonlar suv ostida quruqlikdagiga nisbatan 5 barobar ko’proq otiladi.

Qora mamba-Afrika kontinentining zaharli iloni. U dunyodagi eng tezkor ilon.

Dunyoda 900 millionga yaqin odam o’qish va yozishni bilmaydi.

Faqatgina Rossiya davlatidan o’tgan gaz quvurlari Ekvatorni yetti marta aylanib chiqishga yetadi.

Agar oy bo’lmaganida yerdagi fasllar navbati buzilgan, 1 sutka sakkiz soat, bir yil esa 1000 kundan iborat bo’lgan bo’lar edi.

Dunyo bo’yicha eng ko’p sotilgan uyali telefon bu Nokia 1100. U 250000000 dona sotilgan.

Aslida Saturn sayyorasi juda yengil. Uning o’rtacha zichligi suvning zichligidan ikki marta kichikroq. Agar uni suvga tushurib bo’lganda u cho’kmasdan suv yuzasida suzib yurgan bo’lardi.

Dinozavrlar paytida yashagan eng katta ilon – Titanoboa.

Gipertenziya– inson har daqiqada o’z umri davomida bo’lgan voqealarni eslab turishidir. Bu esa kam uchraydigan holat.

Inson bir kunlik vaqtidan 10 foizini ko’z yumib ochishga sarflaydi.

Eng sezgir va ta’sirchan barmoq – ko’rsatgich barmoqdir.

Lablarini qizil pomadalar bilan bo’yab yuradigan qizlar ko’proq jilmayishadi.

Baqalar suv ichishmaydi. Ular suvni terilari orqali shimib olishadi.

Coca-colaning reklamaga sarflaydigan puli Microsoft va Apple kompaniyalarining birgalikda reklama uchun sarflaydigan pulidan ko’proq.

Dunyodagi eng qimmat ruchka Fulgor Nocturnus Tibaldi ruchkasi, u 18-karat oltindan yasalgan va 2197 ta qimmatbaho kichik toshlar bilan bezatilgan bo’lib, uning narxi 9000000 dollar.

Qishda quyosh yerga yozdagiga nisbatan besh million kilometr yaqinda bo’ladi.

“Masha va maymoq” multseriali uning egalariga yiliga 225.000 dollar foyda keltiradi.

Xavosi eng toza davlat bu – Shvetsariyadir.

Dunyo bo’yicha birinchi marta 1882 yilda Germaniyada trollebuslar qatnovi yo’lga qo’yilgan.

Shvedsiyada bolalarga maktabga borganlari uchun davlat 187 dollar to’laydi.

Avstriyada uyingizda issiq suvni uzib qo’yishsa siz ishga bormaslikka haqqingiz bor hisoblanar ekan.

Dunyodagi eng katta azart o’yinlar markazi Las-Vegasda emas, Xitoyda joylashgan.

Coca-Cola 1886 yil ilk marta sotuvga chiqarilgan va o’sha yili atigi 25 dona mahsulot sotgan.

Amorfofalus gulining uzunligi 3 metr , og’irligi 75 kg.

20 – asr o’rtalarida Samsung kichik savdo kompaniyasi bo’lgan va lag’mon, baliq savdosi bilan shug’ullangan.

Bulutlar 500 tonnagacha bo’lishi mumkin.

Tinch okeanining  shunday nuqtasi borki, u yerdan tunel qazib, yer sharining narigi tomoniga o’tilsa yana shu okeanga chiqish mumkin.

Tennessi shtatining Dayyersberg shahrida qiz bola o’g’il bolaga qo’ng’iroq qilib, uni uchrashuvga taklif qilishi qonunbuzarlik hisoblanar ekan.

Oddiy suvdan tayyorlangan muz bo’larlari oq rangda bo’ladi. Qaynagan suvdan tayyorlangani esa shaffof rangda bo’ladi.

Adolf Gitler o’z askarlariga malla sochli ayollarga uylanishni taqiqlagan.

Dunyoga mashxur aktyor va sportchi Bruce Lee Xitoyda emas, 1940-yil 27-noyabrda AQShning San Fransisko shahrida tug’ilgan.

Ninachi bor yo’g’i 24 soat umr ko’radi.

Cho’chqalar osmonga qaray olishmaydi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook