Harakat qilmang! Tarixdagi tinkani qurituvchi 6 tirbandlik
Harakat qilmang! Tarixdagi tinkani qurituvchi 6 tirbandlik
Shunday psixologik usul mavjud, oddiy lekin, juda foydali: agar sizni nimadir ranjitsa, hammasi bundan-da yomonroq bo'lishi mumkinligi haqida o'ylang.

Biz bu postni har kungi yo'l tirbandligida o'z asab tolalarini yeb bitiradiganlar uchun joyladik. Biz buni xotiraga saqlab qo'yishni va trotuar bo'ylab yurmoqchi bo'lganingizda ochib o'qishingizni maslahat beramiz. Demak, tarixdagi eng hayratga soladigan 6 ta tirbandlik.

Nyu-York shtati, AQSH 1969-yil

Nyu-York shtati, AQSH 1969-yil

1969-yilning avgust oyida Nyu-York shtatidagi Betel shaharchasida "Vudstok" deb nomlangan birinchi rok-festival bo'lib o'tadi. Tashkilotchilar konsertlga 25 ming odamning kelishini rejalashtirgan. Lekin biroz yanglishishgan.  "Vudstok" sharqning 500 ming rokerlarini to'plagan. Natijada 17B shosseda 32 kmlik tirbandlik vujudga kelgan. Politsiyachilar vaziyatni qo'lga olmoqchi bo'lishgan, lekin bekorga. Ko'pchilik o'z mashinalarini chetda qoldirib, piyoda yurishgan. Musiqachilarni tomosha joyiga vertolyotda olib borishga majbur bo'lishgan. 

Boston, AQSH 1978-yil

Boston, AQSH 1978-yil

Kuchli bo'ron Qo'shma Shtatlarning shimoli sharqiy qismini 1978-yilning yanvar oyida egallab olgan. Bir kun ichida shunchalik ko'p qor yog'diki, Konnektikut shtatidagi  "Xardford-sivik markazi" sport arenasi tomini o'pirib tushirdi. Massachusetsadagi qor qoplamining balandligi 60 sm ga yetdi. Mahalliy aholi bunday ob-havoda mashinani garajda qoldirish fikriga borishmagan bo'lsa kerak. Hech narsa bo'lmagandek, millionlab odamlar ishga o'z avtotransoportlarida borishga qaror qiladi va birinchi kunning o'zidayoq bo'ron butun Bostonni katta bir tirbandlikka aylantirib qo'yadi. 

Lion-Parij, Fransiya 1980-yil

Lion-Parij, Fransiya 1980-yil

Fransuz haydovchilari 175 km uzunlikdagi  XX asrning eng uzun tirbandligi bilan Ginnes rekordlari kitobiga kirishgan. Hisob-kitoblarga ko'ra, 5 million avtomobil Lion va Parij orasidagi yo'lda qolib ketgan. Shimoliy regionlarda yashaydigan aholi uyga Alpdagi bayramlardan so'ng qaytishgan. Qalin tuman tushishi- ko'plab avtohalokatlarning sababchisi bo'lgan. 

Berlin, Germaniya 1989-yil

Berlin, Germaniya 1989-yil

Mashhur Berlin devori 1989-yilning noyabr oyida chegaraning g'arbiy va sharqiy qismlari ochilmaguncha turgan. Oxirgi 3 kun ichida Sharqga 3 million kishi tashrif buyurgan. 22-dekabrda Brandenburg eshiklari ochilganda ikki taraflama ham nemis poytaxti tarixidagi eng uzun tirbandlik yuzaga kelgan. 

San-Paulu, Braziliya 2008-yil

San-Paulu, Braziliya 2008-yil

Tirbandlik bo'yicha rekordni San-Paulu egalladi. 2008-yil yozda  Braziliya ulkan megapolisining 3-qimi chiqdi, halqa yo'llar yo'qligi bilan aziyat chekadi. Harakat deyarli  265 km uzunlikdagi yo'lda to'xtab qolgan. 

Pekin, Xitoy 2010-yil

Pekin, Xitoy 2010-yil

Millionlab xitoyliklar 2010-yilning 14-avgust kuni yuz kilometrlik tirbandlik mahbusiga aylangan. Tirbandlik 11 kundan keyingina oxirigacha tarqalgan. Mopedlarda suv va yeguliklar bilan savdo qiluvchilar narxlarni osmonga chiqarib yuborishgan. Haydovchilarning esa mashinada tunab qolishdan boshqa choralari qolmagan. Keyinroq ba'zilar sentabrdan oldin ozodlikka erishishni hisobga olishmaganini aytishgan. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook