6,561
просмотров
просмотров
Tabiat turli xil ajablanarli hollarga juda boy. Bunga isbot tariqasida, Angliyalik 18-yoshar opa-singillar voqeasini keltirishimiz mumkin. Lyusi va Mariya Eylmer bizning ekizaklar qanday bo’lishi kerakligi haqidagi tasavvurimizni yoppasiga o’zgartirdi. Biz adashmayapmiz, yoxud hazil ham qilmayapmiz – bu go’zal, lekin umuman har xil qizlar chinakamiga ekizaklar! Tasavvur qiling, ularning ota-onasi qanchalik hayratlanganliklarini…
Tanishing, Lyusi va Mariya – xar hil irqga mansub opa-singil ekizaklar
Ishonasizmi yo’qmi, ular tashqi ko’rinishida deyarli bironta o’xshash tomoni bo’lmagan, biologik ekizaklardir.
“Bizni ekizak ekanligimizga hech kim va hech qachon ishonmaydi, chunki ko’pchilik ekizaklar bir-biriga ikki tomchi suvdek o’xshash bo’ladi. Biz harakat qilganimizda, bir-birimizga o’xshash bo’lardik. Bizning ota-onamiz haqiqatdan ham bir xil va biz bir xil vaqtda tug’ilganmiz.”
Ularning ota-onasi rostdan him bir, ammo tashqi ko’rinishi umuman xar hil.
Mariyaning terisi qoracharoq, sochlari qora va ko’zlari ham tim qora bo’lsa, Lyusining esa terisi oq, ko’zlari ko’k va sochlari sarg’ish.
Bunday holat ularning ota-onasi irqlari qo’shilishi natijasida sodir bo’ldi.
Qizlarning onasining ismi Donna va u yamaykalik ildizlarga ega, otasining ismi esa Vins va u o’zini yevropaliklarga mansub deb biladi.
Yana ikki aka va bir opali bo’la turib, besh bola ichida Mariya va Lyusi eng qora va eng oq qizlardir.
Bizning akalarimiz va opamizning teri ranglari, mening va Mariyaning teri rangi orasidagi ranglardir. Biz xuddiki spektrning har xil uchlarida turgandek”, - deydi Lyusi.
Chapdan o’ngga: Mariya (18),Djordj (23), Chinna (22), Donna (onasi), Djordan (21), Lyusi (18)
Сообщения из Facebook